Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
174 Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi Asosiy vositalar (AV) AV holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar AV bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar AV samaradorligi- ni ifodalovchi ko‘rsatkichlar Av.ning umumiy mablag‘laridagi hissasi Fond bilan qurollanganlik darajasi Av. rentabelligi Av. faol qismi- ning umumiy Av.lardagi ulushi Natijaning(mahsu- lot, tovar oboroti va h.k.) fond-lardagi sig‘imi Av.ning qaytimi Av. ning eskirish koeffitsienti O‘z mablag‘larining Av.lar bilan ta’minlanganligi Av.ning daromadliligi Av.ning yangilanish koeffitsienti Av.ning yaroqlilik koeffitsienti Av.ning chiqarilish koeffitsienti 175 13.3.2 Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi Korxonalarda asosiy vositalarning miqdorining yetarli bo‘lishi va holati faoliyat natijalariga juda katta ta’sir qiladi. Asosiy vositalar holatini aniqlaganda ularning korxonaning umumiy mablag‘lardagi hissasi, asosiy vositalar tarkibi, yaroqliylik va eskirish ko‘rsatkichlarini hisoblash lozim. Korxona asosiy vositalarning umumiy mablag‘laridagi hissasi (AV.u) asosiy vositalar dastlabki qiymatini balansning jami summasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar korxonalarning xalq xo‘jaligi tarmoqlariga bog‘liq. Asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi ulushi (Av.u) quyidagicha ifodalanadi: B Av 100 Av.u Korxonalar asosiy vositalari ikki guruhga bo‘linadi. Asosiy vositalarning mashina, asbob - uskunalar kabi turlari ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Shuning uchun bunday asosiy vositalarni faol asosiy vositalar deyiladi. Asosiy vositalar faol qismining umumiy (Avf) asosiy vositalardagi hissasini asosiy vositalar faol qismini (Avf) asosiy vositalar umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti asosiy vositalar eskirish summasini (Av.Es) barcha asosiy vositalar dastlabki qiymatiga nisbatan topiladi va bu ko‘rsatkich korxonaning asosiy vositalari qanchalik eskirganligini ifodalaydi. Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti (Av.Yar) asosiy vositalar qoldiq qiymatining ularning dastlabki(qayta tiklash) qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi bu ko‘rsatkich, asosiy vositalar eskirish koeffitsienti ko‘rsatkichiga teskaridir. Asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti ushbu korxona asosiy vositalarining qanchasi yangilanganligini bildiradi. Bu ko‘rsatkich yil davomida qabul qilingan asosiy vositalar summasining asosiy vositalarning yil oxiridagi umumiy summasining nisbati bilan aniqlanadi. oxiriga yil Av. n tushirilga ishga Av. Av.yang Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti vositalarning bir yil davomida hisobdan chiqarilgan summasining asosiy vositalar yil boshidagi qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxonada hisobot davrida asosiy vositalarning qancha qismi hisobdan chiqarilganligini bildiradi. Bu ko‘rsatkichlarning birqancha tahlil qilinayotgan ob’ektda bir necha yillar bo‘yicha aniqlansa, korxonada asosiy vositalar holatini ifodalash va xulosalar chiqarish mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarni asosiy vositalarning ayrim turlari bo‘yicha ham chiqarish mumkin. Bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri-ikkinchisini to‘ldiradi va asosiy vositalar holatini to‘liq tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling