Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

13.3.1. Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 
 
Korxonalar asosiy vositalarining holati va foydalanish samaradorligini 
o‘rganishda ko‘pgina ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar tizimini 
3 guruhga : 
- asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
- asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
- asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga 
bo‘lish mumkin. 
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. 
- asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi; 
- asosiy vositalar faol qismining asosiy vositalarning umumiy summasidagi 
ulushi; 
- asosiy vositalar eskirish koeffitsienti; 
- asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti
- asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti; 
- asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti. 
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar 
bilan ifodalash mumkin: 
- korxonaning fond bilan qurollanganlik darajasi; 


173 
- faoliyat natijalarining fondlardagi sig‘imi; 
- korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan
ta’minlanganligi; 
- korxona xodimlarining (ishchilarning) texnika bilan
ta’minlanganligi va boshqa ko‘rsatkichlar. 
Korxonaning asosiy vositalardan samarali foydalanishni quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. 
- asosiy vositalarning qaytimi ya’ni har bir so‘m asosiy
vositalarga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligi; 
- asosiy vositalarning daromadliligi; 
- asosiy vositalarning rentabelligi (foydaliligi). 
Korxonaning asosiy vositalarini o‘rganishda buxgalteriya hisobi va hisoboti, 
biznes- reja, statistik hisobot ma’lumotlari, hamda audit, soliq idoralari, tekshiruv 
ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalaridan foydalaniladi. Ayniqsa buxgalteriya 
hisoboti ma’lumotlaridan: shakl № 1 “Buxgalteriya balansi”, shakl № 2 “Moliyaviy 
natijalar to‘g‘risida hisobot”, juda zarur hisoblanadi. 
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni 
hisoblashda analitik hisob ma’lumotlaridan ham foydalanish lozim. 
Korxona asosiy vositalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini qo‘yidagi 
sxemada berilgan. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling