Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Milliy boylik mohiyati va turlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
13.1. Milliy boylik mohiyati va turlari 
Milliy boylik kishilar mehnati tufayli to‘plangan moddiy, moliyaviy va 
ma’naviy boyliklar va tabiatdan yaratilgan tabiiy boyliklar yig‘indisidir. Milliy boylik 
hajmi ma’lum sanalarga aniqlanib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qudratini 
belgilaydi. Milliy boylikni hartomonlama chuqur o`rganish uchun, uni turli belgilari 
bo`yicha guruhlarga ajratib, o`rganish lozim.
1. Milliy boyliklar yaratilish manbai jihatdan 2 katta guruhga bo‘linadi: 
a. 
Tabiiy boyliklar. 
b. 
Inson mehnati tufayli shu davrgacha yaratilgan barcha moddiy, moliyaviy va 
ma’naviy boyliklar. 
Tabiiy boyliklarga qazilma boyliklar zahiralari, gidroenergetika resurslari, 
hayvonot va o‘simlik dunyosi, o‘rmonlar va shu kabilar kiradi. Shunday qilib, milliy 
boylik, tabiiy boyliklar, hamda jami inson mehnati bilan yig‘ilgan moddiy boyliklar va 
moliyaviy boyliklarning yig‘indisidan iborat ekan.
Shunday 
qilib 
milliy 
boylik: 
MB=AF+AM+ASHM+TB 
yoki: 
MB=TB+IMTYMB+MR dan iborat. 
Bu yerda: 
IMTIMB-inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklar. MR-moliyaviy 
resurslar.


170 
MB-milliy boyliklar hajmi; 
AV – asosiy vositalar hajmi; 
AM – aylanma mablag‘lar hajmi; 
AshM – aholining shaxsiy mulki. 
Moddiy boyliklar tarkibiga turli xil asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar 
kiradi. Moliyaviy resurslarga – naqd pullar, depozitlar, oltinlar, qimmatli qog‘ozlar 
kiradi. 
Ma’lumki O‘zbekiston tabiiy boyliklarga boy mamlakat. O‘zbekiston oltin, 
rangli metallar, tabiiy gaz, uran, zahiralari va ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 
yetakchi o‘rinlarda turadi. Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarida oltin 
va rangli metallar tayyorlanadi. Farg‘ona va Qarovulbozor neftni qayta ishlash 
zavodlarida neft mahsulotlari, Sho‘rtan va Kandim gaz-kimyo majmualarida tabiiy gaz 
qayta ishlanib gaz mahsulotlari ishlab chiqariladi. O‘zbekistondagi yovvoyi o‘ 
simliklarning ko‘plari dorivor. Shuning uchun ham Respublika Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 3 maydagi farmoniga asosan mamlakatimiz hududida 
dorivor o‘simliklarni qayta ishlab dori tayyorlaydigan erkin iqtisodiy zonalar (“Nukus-
farm”, “Zomin-farm”, “Koson-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonlik-
farm”, “Parket-farm”) tashkil etildi.
Qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab Milliy boylik (MB) 2 guruhga. 
a. Ishlab chiqarish sohasidagi MB: = sanoat.Qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va 
shu kabilar kiradi.
b. Noishlab chiqarish sohasidagi M.B. = sog‘liqni saqlash, ma’orif va madaniyat
mudofaa, fizkultura va sport kabilarga guruhlanadi. 
Tabiiy resurslar: tiklanadigan: o‘rmon, yer, suv, elektroenergiya 
tiklanmaydigan: temir, ko‘mir, oltin foydali qazilmalari. 
Milliy boyliklar yaratilish manbaiga qarab quyidagicha guruhlanadi: 
Milliy boylik 
Tabiiy boyliklar 
Insoniyat tomonidan 
yaratilgan, jamg‘arilgan 
boyliklar 
Tabiiy 
qazilma 
boyliklar 
Asosiy vositalar 
Yer va o‘rmonlar 
Aylanma mablag‘lar 
Suv resurslari 
Madaniy-ma’naviy 
boyliklar 
Xayvonlar 
Aholining shahsiy mulki 
Va shu kabilar 
Davlat va fuqoralarning 
xorijdagi mulki 


171 
2. Tarmoqlar bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, sog‘liqni saqlash 
va boshqa tarmoqlaridagi boyliklar. 
3. Regionlar bo‘yicha: barcha viloyat, Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, tumanlar 
boyliklari, uy xo’jaligi boyliklariga guruhlanadi. 
4. Mulk shakli bo‘yicha: davlat mulki boyliklari, aksionerlik jamiyati boyliklari
xususiy mulk va shu kabilar.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling