Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Milliy hisoblar tizimida aktivlar va passivlar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

13.2. Milliy hisoblar tizimida aktivlar va passivlar 
Milliy hisoblar tizimida aktivlar deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulki 
hisoblanib, ularga egalik qilish va foydalanish huquqiga ega bo‘lgan boyliklarga 
aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bu aktivlardan foydalanib, daromad olishlari 
lozim. Aktivlar turli ko‘rinishdagi boyliklardir. Ulardan daromad oluvchilar ham 
turlichadir. Masalan, yer egasi dehqonchilik qilib yoki yerni ijaraga berib daromad 
oladi. Kapital egasi esa undan tadbirkorlik bilan foydalanib, daromad oladi. Qimmatli 
qog‘ozlar egasi divident yoki foizlar oladi. Aktivlar moddiy, nomoddiy va moliyaviy 
resurslardan tashkil topadi. Korxona, firmalar aktivlari balansning aktiv tomonida 
ko‘rsatiladi. 
Passivlar deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining qarzlari yoki qarzlarni 
qaytarish bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlariga aytiladi. Passivlar ham turli-tuman: 
banklardan qarzdorlik, kreditorlardan qarzdorlik, xodimlardan mehnat haqqi va 
boshqalardan qarzdorlik va hokazolar kiradi. Korxona, firmalar aktivlaridan 
majburiyatlarini ayirib tashlasak, korxona firmaning sof kapitali, ya’ni korxonaning 
o‘z ixtiyoridagi xususiy kapitali kelib chiqadi. 
Aktiv – majburiyatlar = xususiy (o‘z) kapitali. 
13.3. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi 
Korxonalar faoliyat yuritishlari uchun ma’lum miqdorda asosiy vositalarga ega 
bo‘ladilar. Asosiy vositalar deb korxonada ko‘p yil foydalanadigan mehnat qurollari: 
ya’ni binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar kabilarga aytiladi. Ular milliy 
boylikning asosiy qismini tashkil etadi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida 
eskiradi va o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, 
xizmat) tannarxiga o‘tkazadi. Shuning uchun ham asosiy vositalar dastlabki (qayta 
tiklash) va qoldiq qiymatlarda baholanadi. 
Asosiy vositalar juda turli-tuman, ular statistikada quyidagi 12 guruhga 
bo‘linadi: 
1. binolar
2. inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hakozalar). 
3. uzatuvchi qurilmalar (transportyorlar, elektr liniyalar va hakozolar). 
4. mashina va uskunalar (matorlar, dizellar va shu kabilar). 
5. transport vositalari (avtomobil, samolyot va shu kabilar). 
6. uskunalar (elektr parmalagichlar, turli kalitlar va shu kabilar) 
7. ishlab chiqarish jihozlari (ish stollari va shu kabilar) 


172 
8. xo‘jalik anjomlari (shkaflar, seyflar, muzlatgichlar va shu kabilar). 
9. hayvonlar (ishchi va mahsulot) (otlar, tuyalar, ona sigirlar va shu kabilar). 
10. ko‘p yillik daraxtlar (mevali bog‘lar, manzarali daraxtlar va shu kabilar) 
11. Yerning holatini yaxshilash va foydali qazilmalar topish uchun qilingan 
xarajatlar. 
12. Boshqa asosiy vositalar (adabiyot, san’atning nodir asarlari). 
Asosiy vositalar quyidagi baholarda ifodalanadi: 
1. dastlabki (boshlang‘ich) bahosi 
2. qayta tiklash bahosi 
3. qoldiq bahosi 
Asosiy vositalar eskiradi. Ularning yillik eskirish summasi va normasi 
hisoblanadi:
A =
Т
L
М
Кr
V
P



)
(
yillik eskirish summasi. 
Bu yerda P(V) – asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) qiymati; 
Kr – kapital ta’mirlashga sarflanadigan xarajat; 
M – modernizatsiya, 
L – likvidatsiyada olinadigan daromad 
T – asosiy vosita xizmat muddati.
N
A

)
(
100
v
p
а 
Asosiy vositalarning eskirish normasi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling