Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
12.5. Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi 
 
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakatini statistik o‘rganish bilan 
birga, xodimlarning ish vaqtidan foydalanishini ham har tomonlama o‘rganadi. Bunda 
quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
Kalendar ish vaqti fondi – bir yil (oy, chorak) – 365 kelendar kun hisoblanib, 
korxonadagi xodimlar soniga ko‘paytirib topiladi.Misol: Korxonada 100 kishi ishlaydi. 
Demak,bir yilik kalendar ish vaqti fondi 100x365= 36500 kishi-kunlardan iborat. 


164 
Tabel ish vaqti fondi – bu kalendar ish vaqtidan dam olish va bayram kunlarini 
chiqarib tashlanganiga teng. Demak 365 kundan dam olish kunlarini (taxminan – 52 
kun) va bayram kunlarini (9 kun) ayirib tashlasak 304 kunga teng 
bo‘ladi.Misolimizdagi bo’yicha korxonaning bir yilik tabel ish vaqti 
fondi=100x304=30400 kishi-kun bo’ladi. 
Albatta korxona xodimlari ta’til olish huquqiga ega. Demak tabel ish vaqtidan 
xodimlarning o‘rtacha ta’til kunlarini chiqarib tashlasak maksimal imkoniyatli ish 
vaqti kelib, uni xodimlar soniga ko‘paytirsak maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi 
kelib chiqadi.Xodimlar bir yilda o’rtacha 279 kun ishlasa, misolimizdagi korxona 
xodimlarining maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi= 100kishi x 279kun = 27900 kishi 
kun bo’ladi. 
Xodimlarning ish vaqti mehnat qilishning me’yori bo‘lib, ishlagan kishi-soat 
yoki ishlangan kishi-kunlarda ifodalanadi. Ishlangan kishi-soatlar vaqtni aniqroq 
belgilab, unda soatlab bo‘sh turishlar (turli sabablarga ko‘ra-xomashyo yetishmasligi, 
elektr energiya yo‘qligi va shu kabilar), ishga kech kelish yoki erta ketish soatlari 
kiritilmaydi. 
Korxonadagi mavjud ma’lumotlardan foydalanib, yuqoridagi ish vaqti 
fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin. 
Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti (KIVF) ishlangan kishi 
kunlarni kalendar ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. 
Tabel ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (TIVF) ishlangan kishi kunlarni 
tabel ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. 
Maksimal imkoniyatli ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (MIVF) xaqiqiy 
ishlangan kishi/kunlarni maksimal imkoniyatli ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. Bu 
ko‘rsatkichlar ichida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti 
muhimroqdir. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling