Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XII bob. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI 
Reja. 


157 
 
12.1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. 
12.2. Mehnat resurslari va harakat ko‘rsatkichlari 
12.3. Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi 
12.4. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari. 
12.5. Xodimlar ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi. 
12.6. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari. 
12.1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari 
 
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari 
Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga 
majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan
favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish kuchiga 
ehtiyoj kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish xususiyatlariga 
qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq. 
Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik, ishsizlik, mehnat 
resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan foydalanish 
ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab 
va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha 
ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir. 
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini xalqaro 
miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash asosiy vazifalardan biri 
hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining asosiy vazifalariga yana quyidagilar kiradi: 
- aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish
- ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish; 
- ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va 
ularning o‘zgarishlarini o‘rganish; 
- ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning o‘zgarishini 
tahlil qilish. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling