139
10.3-rasm. YaIM ni ishlab chiqarishning mulkchilik shakllari bo’yicha tarkibi
10.6. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usuli bilan
hisoblash
YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblanganda mamlakat miqyosida barcha
rezidentlari tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar
summasini tarmoqlar va
sektorlarda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatidan
ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilingan mahsulotlar va xizmatlar ya’ni
oraliq iste’mol (OI) qiymatini ayirib tashlab topiladi. Ja’mi
ishlab chiqarilgan
mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ya’ni ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (JIM)
tarkibiga:
o‘z iste’moli yoki boshqa rezidentlarga sotilgan mahsulotlar;
boshqa rezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar;
davlat boshqaruv idoralari va notijorat
nodavlat tashkilotlariga
ko‘rsatilgan xizmatlar;
uy xo‘jaligiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va shu kabilar kiradi.
Haq to‘lamaydigan uy xo‘jaligi xizmatlari ya’ni o‘z uyidagi ovqat tayyorlash,
Kir yuvish va shu kabilar MHT tasnifi bo‘yicha JIM tarkibiga kiritilmaydi.
140
YaIM ishlab chiqarish usulida barcha yaratilgan mahsulotlar (m) va
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: