Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi
Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari; - moliyaviy hisoblama; - aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari; a) aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari; b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari. Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - davr boshidagi aktiv va passivlar balansi; - davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi. Joriy hisoblamalar quyidagi korinishda bo’ladi. Umuman olganda BMT tomonidan qabul qilingan milliy hisoblar tizimining yangi standarti (MHT-93) 700 sahifadan iborat bo’lib, 21bob va 600 ga yaqin bir- biriga bog’liq hisoblamalarni o’z ichiga oladi. 2 10.3. Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun mo‘ljallangan. Keng ma’noda ishlab chiqarish - ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymatini aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o‘zida sarflangan tovar va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish tarkibida takrolanishlar mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish hisoblamasi Foydalanish Resurslar 2. Oraliq iste’mol 3. YAlpi qo‘shilgan qiymat (1-2) 1. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati Jami foydalanilgan Resurslar jami 2 Soatov N.M. Statistika. Darslik T:. “Abu Aliy Ibin Sino” nashriyoti , 2003y 663 bet 130 Bu hisoblamadan ko’rinib turibdiki, balans usulidan foydalanib makrodarajada yalpi qo’shilgan qiymat hajmi aniqlanmoqda. Demak hisoblamani qo’llashdan asosiy maqsad yalpi qo’shilgan qiymat hajmini toppish ekan. - = Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: YaIM=SMX-TMZ; Bunda YaIM - yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati; CMX - sotilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmi; TMZ - ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahiralarining va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i o’zgarishi. Ma’lumki tijorat banklari sub’yektlarning bo’sh pul mablag’larini saqlash va ularga foiz to’laydi. Banklar bu jamg’armalarni mijozlarga kreditga berib, yuqori foiz oladi. Shuning uchun ham bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: ICHX=F 1 -F 0 Bunda ICHX - banklarning ishlab chiqarish hajmi F 1 - mablag‘larni jalb qilgani va kredit olgani uchun mijozlarning banklarga to‘lagan foizlari F 0 - banklar tomonidan bo’sh mablag’larni depozitlarga jalb etgani uchun banklarning xaridorlarga to‘lagan foizlari. Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga xaridorlarning quyidagi xizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, investitsiyalash bo‘yicha berilgan maslahatlar, valyuta almashtirish va h.k. ham qo‘shiladi. Moliyaviy muassasalar sektoriga kiruvchi sug‘urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi: ICHX=SM-SQ+F-TR Bunda, SM - sug‘urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mablag’lari Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati (joriy yida sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi dehqon va fermer xo‘jaliklari, qurilish tashkilotlari va barcha xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar) va ko'rsatilgan xizmatlar qiymatidir) Oraliq iste’moli (bu joriy yilda yangi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun homashyo sifatida ishlatilgan (sarflangan) mahsulotlar qiymatidir) Yalpi qo’shilgan qiymat (bu mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonlarida yangidan yaratilgan qiymatdir. Bu qiymat ishchi xodimlarga mehnat haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratma, davlat byudjetiga soliqlar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar foydalari kabilarga taqsimlanadi) 131 SQ - sug‘urta kompaniyalari to‘lagan sug‘urta qoplamalari F - sug‘urta kompaniyalari tomonidan qimmatbaho qog‘ozlarni va boshqa moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashdan olingan foizlari MP - sug‘urtalangan texnik zahiralar hajmining o’zgarishi. Oraliq iste’mol joriy yilda yangi tovar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tayor mahsulotlar va xizmatlar qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob-uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to‘lovlar va h.k. Misol: non tayorlash uchun non zavodida homashyo sifatida ishlatilgan un qiymati. Asosiy vositalar eskirishi (iste’moli) oraliq iste’mol hisoblanmaydi. Oraliq iste’mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va unga barcha savdo- transport ustamalari ham qo‘shiladi. Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) - iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi va ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Agar ishlab chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar qo‘shilib, soliqlar ayrilgan holda) baholangan bo‘lsa, YaQQ ham shu baholarda baholanadi, agar u ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa (mahsulotlarga soliqlar qo‘shilib, lekin qo‘shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga olmagan holda) YaQQ xam shu baholarda baholanadi. Keng ma’noda barcha sektor va tarmoqlar YaQQ yig‘indisi Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YaIM va YaQQni baholashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olib ular orasidagi bog‘lanishni quyidagicha izohlash mumkin: YAIM=YQQ+N-S Bunda YAIM - yalpi ichki mahsulot YQQ - asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlarning yalpi qo‘shilgan qiymati N - mahsulotlarga bo‘lgan barcha soliqlar summasi S - mahsulotlarga bo‘lgan subsidiyalar Yalpi qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichiga asosiy kapital iste’moli xarajatlari ham qo‘shilgani uchun uni yalpi ko‘rsatkich deyiladi. Asli uni qo‘shilmaslik kerak edi, ammo uning hajmini MHT talabi darajsida yoki tiklashdagi qiymati bo‘yicha doim ham aniqlab bo‘lmaydi. Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi YaQQni qanday elementlarga ajralishini ko‘rsatadi. YaQQning asosiy elementlari hisoblamasining chap qismida keltiriladi. I. Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi Foydalanish Resurslar 132 2. Ish haqqi 3. Ishlab chiqarishga boshqa soliqar 4. Asosiy kapital istemoli 5. Foyda (aralash daromad) 1-2-3-4 1. Yalpi qo‘shilgan qiymat Jami foydalanilgan Jami resurslar Ish haqqi ko’rsatkichiga hisoblangan barcha ish haqqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar kiradi. Ish xaqqi YaQQni yaratishda qatnashgan rezidentlar va norezidentlarga ustamalar bilan to‘langan ish haqqini bildiradi. Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar - ishlab chiqarishning ayrim omillariga soliqlar: er, imorat, transport vositalari, ish xaqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd etiladi, ya’ni ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalar ayriladi. Asosiy kapital iste’moli - asosiy vositalarning qayta tiklashdagi bahosi bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi. Yalpi foyda - bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini hosil bo‘lishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Yalpi foyda yalpi qo’shilgan qiymatdan barcha hisoblangan mehnat xaqi, ishlabchiqarish va importga qo’yilgan soliqlar sumasini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Yalpi foyda sumasidan asosiy vositalar amartizatsiya sumasini ayirib tashlasak sof foyda qoladi. Aralash daromad - nokorporativ korxonalar uchun balanslashtiruvchi modda bo‘lib, u uy xo‘jaligi sektorining daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi tarkibida nokorporativ korxonalar (kichik fermarlar, kichik ustaxonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari xizmat qiladilar) ham bo‘ladi. III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash. Foydalanish Resurslar 5. Mulkdan olingan daromadlar (to‘langan) 6. Birlamchi daromadlar qoldig‘i (1+2+3+4-5) 1. Foyda (aralash daromad) 2. Mulkdan olingan daromad 3. Ishlab chiqarish va import soliqlari 4. Ish haqi Jami foydalanilgan Jami resurslar Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi sektorlarda olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi sektorlarga o‘tkazilish jarayonini ko‘rsatishdan iborat. Uning o‘ng tomonida olingan birlamchi daromadlar chap tomonida esa - mulkdan olingan daromadlarning to‘lanishi va balanslashtiruvchi mldda - birlamchi daromadlar qoldig‘i keltiriladi. Mulkdan olingan daromadlar - iqtisodiyotning barcha sektorlarida olingan birlamchi daromadlar: foizlar, devidentlar, renta, bevosita xorij investitsiyalaridan olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan binolar uchun ijara xaqqi mulkdan olingan daromad emas, balki xizmatlar uchun to‘lovlar sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat tomonidan olingan (budjetga ) 133 birlamchi daromadlardir . Ish haqqi - o‘z mamlakati va xorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok etgani uchun mamlakat rezidentlariga to‘langan ish xaqqi. SHunday qilib, hisoblamadagi ish xaqqi, daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasidagi ish xaqqiga teng kelmaydi, chunki unda shu mamlakat YAIMni yaratishda qatnashganlar rezident va norezidentlarga to‘langan to‘lovlar kiradi. Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar yig‘indisini beradi. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda aniqlanishi mumkin (asosiy kapital istemolini hisobga olgan va olmagan holda). Yalpi asosda hisoblangan YAlpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa sof milliy daromad deb ataladi. Yuqorida qayd qilinganidek, YaIM bilan YaMD ko‘rsatkichlari orasidagi farq, shu mamlakat rezidentlarining xorijdan olgan daromadlari qoldig‘idan tashkil topadi. Odatga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda YaMD YaIMdan ko‘p, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning aksi YaMD YaIMdan kam. Bunga sabab, rivojlangan mamlakatlar, xorijga qo‘yilgan investitsiyalardan ko‘proq daromad oladilar. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling