Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Asosiy hisoblamalar tizimi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

10.2. Asosiy hisoblamalar tizimi 
 
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional 
birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo‘jaliklari va h.k.lar amalga 
oshirgan iqtisodiy operatsiyalar yig’indisi qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu 
mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan 
bo‘lishi mumkin. 
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli 
bo‘lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo‘ladi, masalan, iste’mol, 
jamg‘arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmagan, 
balki ekstraordinar hodisalar (yong‘in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar 
hajmining o‘zgarishini aks ettirishi mumkin. 
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo‘ladi: resurslar 
va resurslardan foydalanish. Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi 
yozuvlar yig‘indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi 
shart. 
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini 
bir-biridan ajratish lozim: 

iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar; 

iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar; 

ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar; 

butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig‘ma hisoblamalar) 
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o‘z navbatida quyidagi 


129 
guruhlarga ajratiladi: 

joriy hisoblamalar; 

jamg‘arish hisoblamalar; 

aktivlar va passivlar balanslari; 
joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

ishlab chiqarish hisoblamasi; 

daromadlarni hosil bo‘lishi; 

daromadlarni birlamchi taqsimlash; 

daromadlarni pul formada qayta taqsimlash

ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish; 

daromadlarni natural formada qayta taqsimlash; 

tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling