Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Indekslar o‘rtasida qanday bog‘lanish mavjud?


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
10. Indekslar o‘rtasida qanday bog‘lanish mavjud? 
A. Zanjirsimon indekslarning o‘zaro nisbati bazis indekslarni hosil qiladi. 
B. Zanjirsimon indekslarning o‘zaro ko‘paytmasi bazis indekslarini hosil qiladi. 
C. Bazis indekslarinio‘zaro ko‘paytmasi zanjir indekslarini hosil qiladi. 
D. Barcha javoblar to‘g‘ri . 


124 
 
II BO’LIM.
IQTISODIY STATISTIKA 
 
 
Х bob. O‘ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI – 
IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI
1
 
 
Reja: 
 
10.1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati. 
10.2. Asosiy hisoblamalar tizimi. 
10.3. Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari 
10.4. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi. 
10.5. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichining mohiyati va ahamoyati. 
10.6. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash 
10.7. Yalpi ichki mahsulotni daromadlarni taqsimlash usulida hisoblash. 
10.8. Yalpi ichki mahsulotni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida 
hisoblash. 
 
10.1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati 
 
O‘zbekiston mustaqillikga erishgach, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar 
tez suratlar bilan rivojlandi. Xalqaro aloqalar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
taqqoslanish zaruriyatini tug‘dirdi. Sobiq SSSR davrida xalq xo‘jaligining asosiy 
ko‘rsatkichlari xalq xo‘jaligi balanslarida (XXB) ifodalanar edi. Ma’muriy 
buyruqbozlik tizimida XXB lari faqat moddiy ishlab chiqarish soha tarmoqlarida 
yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olar edi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining asosini 
davlat korxonalari tashkil etgan, nima ishlab chiqarish va kimga sotish oldindan reja – 
buyruq bilan kafolatlangan iqtisodiyotda XXBlar xizmat qildi. Lekin bozor 
munosabatlariga o‘tish jarayonida turli mulkga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi 
hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi hisob va statistika ishlarini xalqaro 
amaliyotda qo‘llanilayotgan hisoblar tizimiga o‘tish zaruriyatini taqazo etdi. 
O‘zbekistonda 1994 yilda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika 
tizimiga o‘tishning Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturning asosiy vazifalariga 
quyidagilar kiradi. 
1
Bu mavzuda Nabiev H., Sayfullaev S.N. IQTISODIY STATISTIKA darslik Toshkent-2011 foydalanildi


125 
 Davlat statistika va hisobning uslubiy asoslarini qayta ko’rib chiqish, ularni 
xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish
 Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini taqqoslash 
darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar tizimini yaratish; 
 Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan 
me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha 
MHT hisoblamalarini ishlab chiqish; 
 Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya, moliyaviy va bank tizimi 
hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish; 
 Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga 
moslashtirish; 
 Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish 
tizimini yaratish; 
 Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat registrini 
tashkil etish; 
 Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va berilish 
tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat. 
Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro 
andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta – sekinlik bilan 
o‘tkazila boshlandi. 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi 
ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda xalq 
xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi. 
«Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van 
Kliff 1941 yilda “Gollandiyaning milliy hisoblamalari (schyotlari)” nomli ilmiy 
maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini 
o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji 
sabab bo‘ldi.50 yillarda BMTning statistika byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh 
ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. 
Natijada Angliya va AQSH hamda bir qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay 
boshladilar. BMTning statistika byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy 
jihatdan takomillashtirdilar va nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi. 
1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navbatdagi 
sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida 
«O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan 
hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab chiqarildi va asta-
sekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirildi. 
MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir 
tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning 
iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans 
ko‘rinishini oladi. 
Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard 
mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini 
xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. 


126 
Milliy hisoblar nizimi makrodarajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonlarini (mahsulot ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
jarayonlarini) o’zaro bog’liqlikda ifodalaydigan iqtisodiy ko’rsatlichlar jadvallaridan 
iborat. 
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari 
ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu operatsiyalar 
tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki xarajat (chiqim) 
sifatida ko‘rsatiladi. 
MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi. 
Bular:
 tovar va xizmat operatsiyalari; 
 ayirboshlash operatsiyalari; 
 moliyaviy operatsiyalar. 
Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, 
bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar o‘zgarishi, 
tovar va xizmatlar eksporti kiradi. 
Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqqi, soliqlar, olingan 
daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi 
daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi. 
Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, kredit 
va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy aktivlar va passivlar, hamda fondlarning 
o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. 
Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish tarmoqlari 
ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal 
xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi. 
MHT - makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini 
o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo‘lib, davlatni 
boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 
qo’llanadi. Dastlab MHT faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan 
bo‘lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. 
Milliy hisoblar tizimidagi hisoblamalarga (schyotlarga) buxgalteriya 
hisobidagidek har bir operatsiyalar hajmi (miqdori, summasi) emas, balki sodir 
bo’lgan operatsiyalar tizimli ravishda tarmoqlar, iqtisodiy sektorlar va boshqa 
tasniflashlar bo’yicha guruhlanib (yalpi ishlab chiqarish, iste’mol, eksport va shu 
kabilar), jamlanib umumlashgan holda yozib boriladi. Bundan tashqari ayrim iqtisodiy 
ko’rsatkichlar (yalpi qo’shilgan qiymat, birlamchi daromadlar, jamg’arma kabi) 
iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda balans usulini qo’llash natijasida jami resurlar (bir 
tomonda) va ularning ishlatilishi (ikkinchi tomonida) orasidagi farq sifatida 
aniqlanadi. Ayrim hisoblamalarda (schyotlarda) balans usulidan foydalanib, biror 
makroiqtisodiy ko’rsatkichning to’g’riligi (tengligi) aniqlanadi (bu to’g’risida 
keyinroq hisoblamalarda yana tushuntiramiz). Lekin buxgalteriya hisobidagi 
ma’lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun 
foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish 
uchun foydalaniladi.


127 
MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro 
bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va 
uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va 
bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab 
olishda foydalanilgan. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: 
korxonalar xom ashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab 
chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar 
oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va 
h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta 
kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy xo‘jaliklari, xar xil notijorat 
tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. 
Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar 
bilan xar xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida 
tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan 
hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan 
operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqqidagi ma’lumotlarni tartibga solish 
lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar 
asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati 
va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, 
oxirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, ixtiyordagi daromad va h.k. orasidagi 
bog‘lanishlarni bilish va h.k.
MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» 
chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada 
amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi. 
MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini 
hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta’limotiga ko‘ra 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling