Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
 
 


135 
10.5. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati
va ahamiyati 
 
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
(yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad 
va shu kabilar) ifodalaydi. 
Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot (bundan keyin 
YaIM) ko‘rsatkichidir. YaIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha bir yil) 
pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning 
qiymatlarining yig‘indisidir. YaIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: 
birinchidan barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar) 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi tarmoqlarda ishlab 
chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining shaxsiy yordamchi 
xo‘jaligi va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar 
faoliyatlari ham kiradi. 
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi 
xizmat turlari kiradi. 
Ikkinchidan, YaIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan 
mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom 
ashyo, materiallar, elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar 
qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymatlar 
YaIMga qo‘shilmaydi. Demak YaIM da qaytadan – ya’ni takroriy sarflar 
hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar 
faqat bir marta hisobga olinadi. 
2016 yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti 199325,1 mlrd. 
so'mni tashkil qildi. YaIM ning 1991-2016 yillarda o’rtacha yillik o’sish sur’ati 4,5 
foizni tashkil qildi. Sobiq SSSR tugatilib, Respublikalar mustaqillik maqomiga ega 
bo’lishgach, o’z pul birliklarini muomalaga chiqarishdi. Avvalgi o’zaro bog’liq 
bo’lgan iqtisodiy aloqalar yo’q bo’ldi. O’zbekiston sobiq SSSRning asosiy homashyo 
bazasi edi. Mamlakat Rossiyaning Ivanova shahrida joylashgan to’qimachilik 
korxonalariga paxta homashyosi yetkazib berar edi. O’zbekistonda joylashgan ishlab 
chiqarish korxonalari yo homashyoni (ehtiyot qismlarni) boshqa respublikalardan olar 
yoki tayyor mahsulotlarini ularga jo’natar edi. Iqtisodiy aloqalar to’xtatilganligi 
sababli, barcha mustaqil davlat bo’lgan sobiq respublikalarda iqtisodiy tanazzul 
boshlanib, korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamaytirdilar (ayrimlari 
umuman yopildi). Natijada mustaqil mamlakatlar yalpi ichki mahsulotlar hajmida 
pasayish tendensiyasi boshlandi. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining 
pasayishi 1995 yilgacha davom etdi. Eng yuqori foiz pasayishi 1992 yil 11,1 foiz 
kuzatildi. 1995 yilda esa 5,2 foiz pasayish bo’ldi (1-rasmga qarang). Umuman olganda 
O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining pasayishi MDH davlatlari o’rtasida eng 


136 
kam ko’rsatkichni – 18,8 foizni tashkil etdi. Holbuki, bu ko’rsatkich Rossiyada – 53 
foiz, Ukrainada – 52 foiz, Belorussiyada – 54,6 foizga teng bo’ldi
3
.
10.1- rasm
Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish jarayonlari natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan 
boshlab yillik 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini namoyish qila 
boshladi. 
Mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini iqtisodiyotning real tarmoqlari: sanoat, 
qishloq xo’jaligi, qurilish va barcha xizmatlar sohasi tashkil etadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling