Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Yalpi ichki mahsulotni pirovard foydalanish usulida hisoblash


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

10.8. Yalpi ichki mahsulotni pirovard foydalanish usulida hisoblash 
 
YaIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. 
Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan xarajatlar, (TXI) 
xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda tovar va xizmatlar eksporti va 
importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
YaIM = TXI+YAJ+EIS. 
Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: 
 
iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan summalar 
(TXX); 
 
natura shaklida olingan (mehnat haqqi yoki boshqa tarzda) iste’mol 
tovarlari va xizmatlar (NTX); 
 
uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan tovarlar 
va xizmatlar (UITX); 
 
davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy is’temol 
xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi sohalarga jamoa 
iste’moli uchun qilingan xarajatlar (DBNTJIX). 
Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX; 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy vositalar 
yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining o‘zgarishi 
(AMZO‘), sof Xarid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi. 
Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli daromad 
keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va asbob 
uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, xo‘jalik inventarlari kabilar kiradi. Asosiy 
vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad olish uchun asosiy 
vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan sarflar mablag‘larga 
aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda olingan (Xarid qilingan
qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar 
farqi sifatida aniqlanadi. 
AVYAJ = AVS – AVX; 
Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati: 


143 
AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. 
MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini yaxshilashga, 
tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, lesenziya va shu 
kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi. 
Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab chiqarish 
zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun olingan tovarlar 
qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya balansi yil oxiridagi 
qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Lekin bunda 
moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. 
Buxgalteriya balansida moddiy aylanma mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari 
(ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish (TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar 
(ST) ko‘rinishda beriladi. Demak moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralar o‘zgarishini 
(AMZO‘) ularning o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. 
AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST;
Sof Xarid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol 
qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho 
metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi. 
Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to’g’risidagi ma’lumot 
yakuniy iste’mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o’sishi uchun 
iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YaIM ning yakuniy 
iste’mol yo’nalishlari bo’yicha asosiy proporsoyalarini tahlil qilish imkonini beradi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling