Samarqand iqtisodiyot va servis instituti oliy matematika kafedrasi ekonometrika asoslari
Download 0.81 Mb.
|
lab 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi bo’yicha hisobotni bajarish va rasmiylashtirish tartibi
Topshiriq:
Har bir qatorning vaqtliasi grafigini chizing. Turli shakldagi trendlar parametrlarini hisoblang. Har bir trend sifatini approksimatsiyaning o’rtacha hatoligi, chetlanishning chiziqli avtokorrelyatsiya koeffitsienti orqali baholang. Trendlarning statistik ahamiyatliligini Fisherning F- kriterysi orqali, trend parametrlari axamiyatliligini Styudentning t-kriteriysi orqali baholang. Trendning eng yaxshi shaklini tanlang va u bo’yicha 2018 yilga prognoz qiling. Prognoz hatoligini baholang va muhimlik darajasi 0,05 uchun prognozning ishonch oralig’ini tuzing. 6-masala. Mamlakatning 5 yillik chakana savdo aylanmasining choraklar bo’yicha ma’lumotlari berilgan. 4.5‑jadval
Topshiriq: Vaqtli qatorning grafigini tuzing. Vaqtli qatorning multiplikativ modelini tuzing. O’rtacha mutloq hatolik va o’rtacha nisbiy chetlanish ko’rsatkichlari orqali model sifatini baholang. 7-masala. Regionning ohirgi uch yillik elektrenergiya ist’emoli haqidagi oylik ma’lumotlar (mln.kVt/soat) asosida vaqtli qatorning additiv modeli tuzilgan. Mos oylar uchun mavsumiy komponentalarning tuzatilgan qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 4.6‑jadval
Trend teglamasi quyidagi ko’rinishga ega: Topshiriq: Dekabr oyi uchun davriy komponenta qiymatini toping. Tuzilgan model asosida keyingi yilning birinchi choragi davomida kutilayotgan elektroenergiya ist’moli miqdorini prognoz qiling. 8-masala. 2012-2017 yillar uchun choraklar bo’yicha eksport hajmi haqida ma’umotlar berilgan. 4.7‑jadval
Topshiriq: Vaqtli qatorning grafigini tuzing. Vaqtli qatorning additiv va multiplikativ modellarini tuzing. Har bir modelning o’rtacha mutloq hatolik va o’rtacha nisbiy chetlanish ko’rsatkichlari orqali sifatini baholang. Eng yaxshi modelni tanlang. 9-masala. Sotilgan benzin hajmi (yt) ni iste’mol bahosi (xt) vaqtliasiga bog’liqligi o’rganilgan. Jadvalda ohirgi 6 chorakda olingan ma’lumotlar keltirilgan: 4.8‑jadval
Yana quyidagilar ma’lum: Topshiriq: Sotilgan benzin hajmini iste’mol bahosi indeksiga bog’liqligi modelini vaqt omilini kiritib tuzing. Tuzilgan modelni parametrlarini izohlab bering. 10-masala. 2009 – 2017 yillar davomida go’sht mahsulotlarining yillik iste’moli hajmi va aholi jon boshiga daromadlari haqidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda berilgan: 4.9‑jadval
Topshiriq: lar ma’lum bo’lsa, vaqt omilini kiritib, regressiya tenglamasini tuzing. Olingan natijalarni izohlab bering. 11-masala. Kompaniyaning oxirgi 10 yillikda oddiy aktsiyalar bo’yicha to’langan dividentlar darajasi va asosiy fondlarini o’rtacha yillik narxi haqidagi ma’lumotlar jadvalda berilgan.4.10‑jadval
Topshiriq: Regressiya tenglamasi parametrlarini birinchi tartibli ayirmalar usulida aniqlang va ularni izohlab bering. Bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi sifatida oddiy aktsiyalar bo’yicha dividenlarni oling. Nima sababdan regressiya tenglamasini ikkinchi tartibli ayirmalar usuli bilan emas, birinchi tartibli ayirmalar usuli bilan tuzildi? 12-masala. Viloyatning sanoat korxonasida mehnat unumdorligi va mehnatni elektr bilan qurollanganligi haqida 10 yillik (2008‑2017yy.) ma’lumotlar berilgan. 4.11‑jadval
Analitik tekislash natijasida har bir qator uchun quyidagi trendlar tenglamalari olingan: a) mehnat unumdorligi davriy qatori uchun: (t=-9, -7, -5, -3, -1, 1, 3, 5, 7, 9); b) elektr bilan qurollanganlik vaqtli qatori uchun: (t=-9, -7, -5, -3, -1, 1, 3, 5, 7, 9). Topshiriq: Qatorning berilgan darajalarini, elektr bilan qurollanganlik darajasi uchun birinchi tartibli ayirmani va mehnat unumdorligi uchun ikkinchi tartibli ayirmani, asosiy tendensidan chetlanishni qo’llab vaqtli qatorlar orasidagi korrelyatsiya koeffitsientini aniqlang. Olingan natijalarning farqlarini tushuntirib bering. Har bir davriy qatorda avtokorrelyatsiyani hisoblang. 13-masala. Savdo firmasi administratsiyasi savdo hajmi bilan kompaniya ishchilari orasidagi ayollarning ulushi orasida bog’lanish bor – yo’qligini bilish maqsadida oxirgi yigirma yilda yig’ilgan ma’lumotlar jadvalda keltirilgan. 4.12‑jadval
Yana quyidagilar ma’lum: Har bir qator uchun trendlar tenglamasi quyidagilardan iborat: a) xt qator uchun b) yt qator uchun Topshiriq: O’rganilayotgan qatorlar orsidagi korrelyatsion bog’lanishni ularning darajalari bo’yicha aniqlang. O’rganilayotgan qatorlar orsidagi korrelyatsion bog’lanishni mos ravishda yuqorida berilgan chiziqli va parabolik trendlardan chetlanishi bo’yicha aniqlang. 1-va 2-punktda olingan korrelyatsion bog’lanishlaridan birini tanlab savdo hajmi va kompaniya ishchilari orasidagi ayollar salmog’ini ifodalovchi davriy qatorlar orasidagi bog’lanish zichligini tavsiflang. Tanlovingizni asoslab bering. 14-masala. Jadvalda Brazilyadan keltirilgan kakaoning o’rtacha yillik narhi (ming so’m) haqidagi gipotetik ma’lumotlar keltirilgan: 4.13-jadval
Topshiriq: Turli darajadagi avtokorrelyatsiya koeffitsientlarini hisoblang va eng yahshi lagni tanlang. Avtoregressiya funktsiyasini tuzing. Uch yilga prognoz qiymatini aniqlang. 15-masala. Jadvalda hudud aholisining 2014-2017 yillar choraklari bo’yicha pullik hizmatlar hajmi vaqtliasini tavsiflovchi ma’lumotlar kelitrilgan: 4.14‑jadval
Topshiriq: Vaqtli qator avtokorrelyatsiya funktsiyasini tuzing. Avtokorrelyatsiya funktsiyasining korrellogrammasini tuzing. Berilgan qatorni tarkibini tavsiflab bering. Laboratoriya ishi bo’yicha hisobotni bajarish va rasmiylashtirish tartibi Laboratoriya ishi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi va hisobot tuziladi. 1. Talaba topshiriq variantlari ichidan o’zining guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos kelgan variantni tanlaydi. 2. Yuqorida ko’rsatilgan namuna kabi tegishli iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlagan va iqtisodiy xulosalar qilgan holda laboratoriya ishini rasmiylashtiradi. 3. Talaba o’zi bajargan laboratoriya ishini o’qituvchi oldida himoya qiladi. 4. O’qituvchi laboratoriya ishi bo’yicha hisobotni rasmiylashtirish sifatini va ishni himoya qilish darajasini inobatga olib talabaning ishini baholaydi. Adabiyotlar Абдуллаев О.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика. Учебник. –Т.: ”Fan va texnologiya”. 2007. – 612 с. Абдуллаев О.М., Жамалов М.С. Эконометрическое моделирование. Учебник. –Т.: Fan va texnologiya. 2010. – 612 с. Айвазян С.А. Прикладная статистика и основы эконометрики. Учебник. – М. ЮНИТИ, 2007. – 345 с. 4. Валентинов В.А. Эконометрика: Учебник. –М.: ИТК «Дашков и К˚», 2009. – 367 с. 5. Greene W.H. Econometric Analysis. Prentice Hall. 7th edition, 2011.–1232 p. 6. Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Press, 2011. – 573 p. Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5th edition, 2009. – 922 p. 8. Кремер Н.Ш. Эконометрика: Учебник.–М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008. –562с. 9. Nasritdinov G. Ekonometrika. O’quv qo’llanma. Toshkent: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. 252 b. 10. Практикум по эконометрике. Учебное пособие/И.И. Елисеева и др. М.: “Финансы и статистика”, 2003. -192. 11. Эконометрика: Учебник/ Под редакцией И.И.Елисеевой. - М.: Финансы и статистика, 2003. – 344 с. 12Shodiev T.Sh. va boshqalar. Ekonometrika. –T.: TDIU, 2007. – 270 b. 13. Habibullayev I. Iqtisodiy matematik usullar va modellar: o‘quv qo‘llanma / O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. -Toshkent: “Tafakkur-Bo’stoni”, 2012. 112 b. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling