Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
Davlat byudjeti harajatlari statistikasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti harajatlari (YAIM ga nisbatan foiz hisobida) YAIM ga nisbatan, % Jamiga nisbatan, % №
- 4. Davlat byudjeti defitsitini qoplash manbalari
- YAIM% nisb.%
- “Davlat byudjeti statistikasi” mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar
- Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar
- 2. Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari
- 3. Kredit mohiyati, manbalari va turlari
3. Davlat byudjeti harajatlari statistikasi Davlat byudjeti harajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish maqsadida mamlakatni boshqarish, mudofaa qilish, xalq xo‘jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy sohani yanada yaxshilash bo‘yicha davlat byudjetidan qilgan sarflari yig‘indisiga aytiladi. Respublika Davlat byudjetining 2005 yilgi harajatlari 3420,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Davlat mamlakatni boshqarish uchun xokimiyat apparatini saqlashi, tartibni saqlash va qonunni himoya qilish uchun sud, prokuratura, ichki ishlarni tuzadi, hamda barcha harajatlarini byudjetdan qoplaydi. Davlat mamlakatni himoya qilish (tashqi va ichki qarshi kuchlardan) uchun mudafaa – qurolli kuchlarni tashkil etadi va barcha harajatlarni byudjetdan sarflaydi. Davlat madaniy sohasidagi barcha asosiy harajatlarini byudjetdan moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti harajatlarini ikki xil guruhlash mumkin: a) yo‘nalishi ya’ni qaysi funksiyani bajarish uchun sarflangani bo‘yicha; b) sarflarning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha. 85 Respublika Prizidenti I.A.Karimov 2005 yilni “Sixat-salomatlik yili” deb e’lon qildi. Yuqorida yozilganlardan ma’lumki, davlat byudjeti ijtimoiy sohani (sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, fan, madaniyat va shu kabi) hamda mamlakatni boshqarish va mudafaa qilishga sarflanadi. Bunday sarflarni quyidagicha tasniflash mumkin. Davlat byudjeti harajatlari (YAIM ga nisbatan foiz hisobida) YAIM ga nisbatan, % Jamiga nisbatan, % № Ko‘rsatkichlar 1999 2000 1999 2000 1. Jami harajatlar 31,0 29,5 100,0 100,0 Ijtimoiy soha: 11,5 10,4 37,0 35,4 - ta’lim-tarbiya 7,5 7,0 24,2 23,6 - sog‘liqni saqlash 2,9 2,6 9,2 8,7 - madaniyat 0,7 0,4 2,1 1,5 - ilm-fan 0,2 0,1 0,7 0,5 2. - ijtimoiy ta’minot 0,2 0,3 0,7 1,0 Ijtimoiy muhofaza: 2,9 2,3 9,3 7,7 - kommunal xizmatlardan foydalanish uchun subsidiyalar 0,8 0,6 2,7 2,0 - yosh bolali oilalar uchun nafaqalar 1,8 1,6 5,8 54 3. - kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqalar 0,2 0,1 0,8 0,3 «Davlat byudjeti harajatlarining iqtisodiy klassifikatsiyasi» O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 1999 yil 9 denkabrdagi № 230 – son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Davlat byudjeti harajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: I. Joriy sarflar – davlat byudjeti sarflarining katta qismini tashkil etadi. Bu guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy harajatlari kiradi. II. Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy kapital, nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib olish va shu kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi. III. Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga tegishli muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni sotib olishga sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan aksiyalar qiymati chiqarib tashlanganidan keyin) harajatlar kiritiladi. Davlat byudjetining asosiy parametr ko‘rsatkichlari har yili Respublika Oliy Majlisida ko‘rib chiqiladi. Yil davomida davlat byudjeti ijrosini Respublika Moliya vazirligi va uning joylardagi hududiy (viloyat, shahar, tuman) moliya organlari 86 amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi boshqa soliq to‘lovchilardan soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini va o‘z muddatida byudjetga o‘tkazilganligini Davlat Soliq Qo‘mitasi va joylardagi uning boshqarmalari nazorat qilib boradi. Davlat byudjetiga tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlarda (Respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar) saqlanadi va Moliya vazirligi ko‘rsatmasi bilan sarflanadi. Shuning uchun ham soliq, bojxona organlari, banklar davlat byudjetiga tushumlar (daromadlar) hamda byudjet mablag‘larini ishlatuvchilar olingan mablag‘larni maqsadli, reja (smeta) asosida foydalanganliklari bo‘yicha hisobot topshiradilar. Umuman davlat byudjetini o‘rganishda statistik usullardan keng foydalaniladi. Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari rejasining bajarilishi (hududlar bo‘yicha, daromad turlari bo‘yicha), daromadlarning bir necha yillarda umumiy hajmining va turlari bo‘yicha o‘zgarishini dinamika qatorlaridan foydalanib aniqlanadi. Daromadlar tushumini tahlil qilganda indeks usulidan foydalanib, soliq solinadigan baza (B), soliq stavkasi (SS) va soliqning yig‘ilish darajasiga (d) deb olinib, ularning o‘zgarishi soliqning umumiy hajmiga ta’sirini (∆st – soliq tushimi hajmining farqi) aniqlash mumkin. O‘tgan davrdagi soliq hajmi: ST 0 =B 0 · SS 0 · d 0 ; Joriy yildagi soliq tushumi: ST 1 = B 1 · SS 1 · d 1 ; Joriy yilda soliq tushumining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi (farqi) ∆ST = St 1 -ST 0 . Bu farqga yuqoridagi uchta omilning ta’sirini qo‘yidagicha aniqlash mumkin: a) Soliq solish bazasining o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri: ∆STa = (B 1 -B 0 )· SS 0 · d 0 ; b) Soliq stavkasining o‘zgarishining soliq tushumi umumiy hajmiga ta’siri. ∆ STb = (SS 1 – SS 0 ) · d 0 B 1 . v) Soliq yig‘ilishi darajasi o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri ∆STv = B 1 · SS 1 (· d 1 -d 0 ) 4. Davlat byudjeti defitsitini qoplash manbalari Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi) deganda byudjet daromadlaridan harajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham byudjet defitsiti kuzatiladi. XVF ning ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda 126 davlatdan 98 tasi byudjeti defitsit bo‘lgan. 2004 yil O‘zbekiston Davlat byudjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 0,4 % tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining defitsit bo‘lishiga bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining kuchli ijtimoiy himoya qilinishi natijasida ijtimoiy sohaga yildan-yilga ko‘proq mablag‘ ajratilishi hamda xodimlarning minimal ish haqining miqdorini har yili oshirib kelinishi asosiy sabablardan biridir. 2004 yil ijtimoiy sohani rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Natijada aholi jon boshiga 87 yalpi ichki mahsulot 6,5 %, aholining ish bilan bandligi – 3,4%, real pul daromadlar 16 % ko‘paygan, davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan yordam va nafaqalar ko‘paygan. Faqat «Mehr va muruvvat yili» dasturi doirasida aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga yordam va boshqa tadbirlarga 377, 5 milliard so‘m sarflangan. Faqat keyingi yillarda Respublika Prezidenti farmoniga asosan 2002 yilda minimal ish haqi 2 marta (2002 yil 1 apreldan, 2002 yil 1 avgustdan), 2003 yilda 1,2 barovar va 2004 yilda 1 avgustdan 1,3 baravar oshirildi. 2002 yil aprel oyida minimal ish haqi miqdori 3945 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2004 yil avgust oyidan 6530 so‘mni tashkil etadi, ya’ni ushbu davr ichida 165,5 % o‘sgan. Davlat byudjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Byudjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Tashqi manbalar ham mamlakat byudjet defitsitini qoplash uchun xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir. Demak davlat byudjetining difitsitini qoplash davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi. Lekin yuqoridagi davlat byudjeti defitsitini qoplash manbalari iqtisodiyotni rivojlantirishga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, yangi pul massasini muomalaga (pul emissiyasi) chiqarish, tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan muomaladagi pulning ko‘payishiga olib keladi, natijada narxlar oshib, inflyatsiya darajasi ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari jadval Daromad Harajat Sal’do Yillar Mlrd. so‘m YAIMga nisb.% Mlrd. so‘m YAIM% nisb.% Mlrd. so‘m YAIM% nisb.% 1996 192,9 34,5 203,3 36,4 10,7 -1,9 1997 294,0 29,8 317,8 32,2 23,8 -2,4 1998 438,7 32,3 467,0 34,4 28,3 -2,1 1999 621,8 29,2 658,7 30,9 36,9 -1,7 2000 911,8 28,5 944,6 29,6 32,8 -1,0 2001 1265,8 26,0 1329,8 27,0 64,0 -1,0 2002 1882,3 25,2 1949,5 27,1 67,2 -0,9 2003 2342,0 24,2 2376,9 24,6 34,9 -0,4 2004 2749,3 22,5 2743,2 22,9 211,9 -0,4 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. 88 “Davlat byudjeti statistikasi” mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Davlat byudjeti, byudjet daromadlari, soliq tushumlari, soliqsiz tushumlar, fiskal siyosat, byudjet harajatlari, joriy harajatlar, byudjetning kapital sarflari, byudjet kamomadi (taqchilligi), byudjetidan moliyalashtirish, byudjet taqchilligi manbalari. “Davlat byudjeti statistikasi” mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyati. 2. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. 3. Davlat byudjeti daromadlari va uning manbalari. 4. Davlat byudjeti daromadlari soliq tushumlari. 5. Davlat byudjeti daromadlari soliqsiz tushumlari. 6. Davlat byudjeti harajatlari tasnifi. 7. Byudjetning ijtimoiy sohaga harajatlari. 8. Byudjetning iqtisodiyotni (tarmoqlarni) rivojlantirishga qilgan sarflari. 9. Davlat byudjeti defitsiti va uni qoplash manbalari. Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 10. Shodiyev X., Hamroyev M. Moliya statistikasi.T.: A. Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti., 2002. 11. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 89 Mavzu XIII. PUL MUOMALASI VA KREDIT STATISTIKASI Reja: 1. Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari. 2. Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari. 3. Kredit mohiyati, manbalari va turlari. 1. Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari. Iqtisodiy nazariya fanida pulning paydo bo‘lish tarixi va uning funksiyalari: qiymat o‘lchov, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi vazifalari o‘rganilgan. Pul muomalasi statistikasi ob’ekti bo‘lib pul muomalasi bilan bog‘liq ko‘plab hodisalarning miqdori jihatlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash va ularning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir. Ma’lumki, pulning yuqoridagi o‘z vazifalarini bajarishdagi to‘xtovsiz harkati pul muomalasini tashkil etadi. Pul muomalasi naqd va naqdsiz mablag‘lari harakatida nomoyon bo‘ladi. Demak, tayyor mahsulotlar, tovarlar sotish, xizmat ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlaridagi pullarning naqd va naqd pulsiz hisoblar orqali bo‘ladigan harakatlari pul muomalasini tashkil etadi. Statistikada pul massasi, uning darajasi, davr mobaynida dinamik o‘zgarish, tarkibi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida pul muomalasi o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarni ifodalovchi miqdorlar o‘rganilib, pul muomalasini tavsiflovchi sifat o‘zgarishlarni aniqlaymiz. Pul muomalasi bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib, uning barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning kengayishi aholining bandligini ta’minlovchi, narxning keskin tebranishga yo‘l qo‘ymaydigan quroldir. Shuning uchun ham pul muomalasi statistikasining asosiy vazifasi muomaladagi pul massasining miqdorini va uning o‘zgarishini o‘rganishdir. Pul muomalasi va kredit statistikasining asosiy vazifalari: • pul massasi miqdori va uning tarkibini o‘rganish; • pulning aylanishini izohlash va pulning qadrsizlanishga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish; • kredit siyosati va kredit turlarini o‘rganish; • Ssuda foizini va ssudalarning qaytarilishini o‘rganish; 2. Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi tovarlarni sotish, xizmatlar ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (bundan keyin korxonalar) faoliyatlarini yuritish uchun kerakli mehnat predmetlarini sotib olishi; xodimlarni ishlatib, ularga ish haqi to‘lashlari, byudjetga soliqlarni o‘tkazishlari va 90 shu kabi to‘lovlarni amalga oshirish lozim. Aholi o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini sotib olishi; transport, kommunal xizmatlar uchun (gaz, svet, suv va shu kabilar) to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Bu operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun korxonalarga ham, aholiga ham yetarli miqdorda pul mablag‘lari kerak. Xalqaro valyuta fondi (XVF) tasdiqlangan standartlarga asoslangan holda umumiy pul miqdori quyidagicha aniqlanadi. M 0 – naqd pullar; M 1 M 0 + talab qilib olinguncha depozitdagi pullar: ya’ni byudjet mablag‘lari, jamoa va boshqa tashkilotlarning hisob-kitob schetlaridagi pul mablag‘larining qoldig‘i; M 2 M 1 + banklardagi muddatli va jamg‘armali omonatlar (depozitlar). M 3 M 2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + zayom obligatsiyalari + hazina majburiyatlari. O‘zbekisitonda ham bu pul massasi agregatlaridan foydalanilmoqda va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: M 0 – naqd pullar; M 1 – M 0 + hisob varaqlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari; M 3 – M 2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + Xazina majburiyatlari. Ma’lum davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagicha aniqlanadi. Pm = . . . Т А P Х МКТ КТ ТХ ⋅ ∑ + ∑ − ∑ Bu yerda Pm = muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori; Σ TX – sotilish lozim tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi; Σ KT – Kreditga sotilgan tovarlar summasi. Σ MKTX – to‘lov muddati kelgan, qarzga sotilgan tovarlar va xizmatlar. P.A.T. – pulning aylanish tezligi. Agarda keditga sotiladigan tovarlarning hozirgi paytda yo‘qligini yoki (- KT va ΣMKTX) o‘zaro teng bo‘lishini inobatga olsak, asosan Pm = . . . Т А P ТХ ∑ ; Bu yerda PMx P.A.T. = ΣTX yoki Σqp: Amerikalik iqtisodchi olim I. Fisher pulning miqdoriy nazariyasini quyidagi «almashuv tengligi» bilan ifodalagan: MU = QP Bu yerda: M – muomaladagi pullar miqdori; U – pulning aylanish tezligi; Q - tovarlar fizik hajmi; P – narxlarning o‘rtacha darajasi. Demak yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, baho (narx) darajasi pul massasi va uning aylanish tezligiga to‘g‘ri, tovar hajmi bilan esa teskari bog‘lanishda. P = ТХ PММхPА yoki Q U М . ; 91 Shuning uchun ham narxning (bahoning) ko‘paytirilib ketmasligi ishlab chiqarilayotgan tovar-mahsulot hajmiga bog‘liq ekan. O‘zbekistonda 1995 yilda nominal pul massasi M 2 bo‘yicha pul massasining 1994 yildagi o‘sish darajasidan 1,5 baravar (marta) kam bo‘lgan. Respublika Markaziy banki tomonidan inflyatsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlari qisqarib bormoqda. 3. Kredit mohiyati, manbalari va turlari Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni ma’lum maqsad uchun pulga muhtojlarga ma’lum muddatga foizi bilan qaytarish sharti bilan qarzga berishdir. Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib,turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati katta. Kredit resurslarining asosiy manbalari: • korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari; • takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari; • korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari; • aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari; • Byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya jamg‘armalari, davlat, firmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin. Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti,sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar. Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi kreditlar bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi garantiyalangan bo‘ladi. Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi ma’lum davrga berilgan kredit summalaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytarilgan kredit summasini ayirib tashlanganiga teng. Kreditlar qo‘yilmalari hajmi banklar, mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniqlanib o‘rganiladi. 92 Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (t i ) ko‘paytirilib, kredit muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi. i i i t t P P Σ Σ = − ; bu yerda − P = kreditning o‘rtacha hajmi. Kreditdan foydalanish o‘rtacha muddati – bu barcha kreditlarning o‘rtacha necha kunda bir marta qaytarilganligini bildiradi. Bu quyidagicha aniqlanadi: = − t i i i P P t Σ Σ Kredit summasining bir yilda o‘rtacha marta aylanganligini bilish uchun har bir ssuda bo‘yicha kredit hajmi va aylanishini kredit hajmlari yig‘indisiga bo‘lib tashladi. i i i P P n n Σ Σ = − yoki − − = t D n ; Bu yerda − n - kreditning bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligi D – bir yildagi yoki ma’lum davrdagi kunlar soni. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling