Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, %
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami 100 100 100 100 100 100 Manba
- 3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
- Tavsiya etilgan adabiyotlar ruyxati
- Mavzu – X. YALPI ICHKI MAHSULOTNING HAJMINI HISOBLASH USULLARI Reja
- O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, % jadval 1995 1998 2000 2002
- Jami 100 100 100 100 100 100 Manba
- 2. YAIM ni ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash
- 4. YAIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, % jadval 1995 1998 2000 2002 2006 2007 Sanoat 17,1 14,9 14,2 14,1 22,1 24,0 Qishloq xo‘jaligi 28,0 26,8 30,1 30,6 24 21,7 Transport va aloqa 7,3 6,8 7,7 8,2 11,4 11,1 Qurilish 7,1 7,5 6,0 4,9 5,1 5,5 Savdo va umumiy ovqatlanish 5,2 8,4 9,7 9,8 9,5 9,4 Boshqa sohalar 22,2 21,2 19,8 20,7 18,6 18,8 Tovarlarga va eksport import muammolariga sof soliqlar 13,1 14,4 12,5 11,7 9,2 9,5 Jami 100 100 100 100 100 100 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. SIM – YAIM qiymatidan asosiy kapital iste’moli chiqarib tashlanadi. Yalpi milliy daromad – mamlakat rezidentlarining ma’lum davr (vaqt) davomida olgan birlamchi daromadlari yig‘indisidir. YAMD – YAIMdan sifat jihatdan ham, miqdor jihatidan ham farq qiladi. YAMDning YAIM dan farqi shundaki, YAIM pirovard iste’mol uchun bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bo‘lsa (ya’ni yaratilgan qo‘shilgan qiymatni ifodalasa) YAMD mamlakat rezedentlari shu mamlakatda va chetda tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishdan oladigan birlamchi daromadlarining yig‘indisidir. 68 Miqdor jihatdan YAMD bilan YAIM ning farqi chet davlatlardan olingan va chet davlatlarga to‘langan birlamchi daromadlar saldosidan iboratdir. MHT da birlamchi daromadlarga mehnat haqi, sub’ektlar foydasi, xususiy mulkdan oladigan daromad, hamda soliqlar kiradi. Sof milliy daromad (SMD) yangidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar qiymatining yig‘indisidir. SMD = YAMD – A. Asosiy vositalar iste’moli SMD = SIM + ∆ 1 D. Sof milliy daromad daromadlarning shaklanishi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi: SMD = MX+ICHS+ YAF. MX – mehnat haqi: ICHS - ishlab chiqarish sof soliqlari, YAF-yalpi foyda. Demak sof milliy daromad uni yaratishda ishtirok etganlar o‘rtasida: xodimlarga – ish haqi, kapital egasiga – foyda, yer egasiga – renta qimmatbaho qog‘oz egasiga – divident yoki foiz, tadbirkorga - foyda sifatida taqsimlanadi. 3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari MHT bo‘yicha YAIM uch xil uslub bilan hisoblanishi mumkin. YAIM – ishlab chiqarish usuli; - daromadlarni taqsimlash usuli; - pirovard iste’mol (foydalanish) harajatlari usullarida. YAIM ishlab chiqarish usulida barcha yaratilgan mahsulotlar (m) va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat. YAIM = MR+XR. Misol: ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor bahosidagi qiymati MR = 1092,6 birlik. Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan xom ashyo va boshqa oraliq iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4 YAIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4 YAIM daromadlarni taqsimlash usulida barcha birlamchi daromadlarni jamlash yordamida aniqlanadi. YAIM = MX+S+YAF Bu yerda MX – xodimlarga hisoblangan mehnat haqi va undan ijtimoiy sug‘urtaga ajratilgan ajratmalar. S – ishlab chiqarish va import uchun to‘lanadigan soliqlar: YAF – yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar. Bunda mehnat haqi asosan xodimlarga hisoblangan va to‘langan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni o‘z ichiga oladi. Mehnat haqiga xodimlarga to‘langan barcha ish haqi turlarini jumladan natura tarzida berilgan, bayram va ta’til vaqt uchun berilgan mehnat haqlari ham kiradi. Ishlab chiqarish va import uchun to‘lanadigan soliqlarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yerdan, mehnat resurslaridan, mulkdan foydalanganlik uchun 69 to‘lanadigan soliqlar kiradi. (soliqlar ko‘p bo‘lib, ularga qqs, aksiz, yersolig‘i, suv resurslaridan foydalanish, yer osti va boshqalar). Import va eksport solig‘i, bojxona boji va shu kabilar kiradi. Yalpi foyda va yalpi aralash daromadlarga rezidentlar olgan daromadlari: korxonalar foydasi va shu kabilar kiradi. Pirovard iste’mol-harajatlar usulida YAIM uy xo‘jaligi, davlat boshqaruv muassasalarining tovar va xizmatlarning pirovard iste’molini, yalpi jamg‘armani, tovar va xizmatlar eksporti va importi saldosini o‘z ichiga oladi. Uy xo‘jaligi tovar va xizmatlar pirovard iste’moli quyidagilarni o‘z ichiga oladi. - sotib olish uchun qilingan harajatlar; - natura shaklida mehnat haqiga olingan mahsulotlar iste’moli. Davlat boshqaruvi muassasalarining pirovard iste’moli uchun qilingan harajatlariga bu muassasalarni saqlash uchun ishlatiladigan joriy harajatlar kiradi. Yalpi jamg‘arish – asosiy kapitalning ko‘payishi, moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishidan, hamda boyliklarni sotib olishga sarflangan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy kapitalning ko‘payishi deganda asosiy vositalarni qabul qilingan summasidan – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati ayirib tashlanganiga teng. Moddiy aylanma mablag‘lar zahirasining ko‘payishi deganda, xom ashyo, materiallarning, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan harajatlarning, tayyor mahsulotlarining, tovarlarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan qiymatlarining farqi tushuniladi. «Makroiqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Xalq xo‘jalik balanslari, milliy hisoblar tizimi, makroiqtisodiy faoliyat natijalari, yalpi ichki mahsulot, yalpi daromad, sof milliy daromad, ishlab chiqarish usuli, daromadlarni taqsimlash usuli, pirovard iste’mol usuli. «Makroiqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari» mavzusi bo‘yicha o‘z- o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 1. Milliy hisoblar tizimining mohiyati. 2. Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. 3. Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulotlar ko‘rsatkichlari mohiyati. 4. Yalpi milliy daromad va sof milliy daromad ko‘rsatkichlari mohiyati. 5. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari. 6. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash. 7. Yalpi ichki mahsulotni daromadlarni taqsimlash usulida hisoblash 8. Yalpi ichki mahsulotni pirovard iste’mol (foydalanish) usulida hisoblash. 70 Tavsiya etilgan adabiyotlar ruyxati 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Maxmudov B. Milliy hisobchilik asoslari. T.: “Akademiya” nashriyoti, 2003. 6. Ivanov Yu.N.i dr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Samarqand SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 71 Mavzu – X. YALPI ICHKI MAHSULOTNING HAJMINI HISOBLASH USULLARI Reja: 1. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati. 2. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash. 3. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash usulida hisoblash. 4. Yalpi ichki mahsulotni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash. 1. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad va shu kabilar) ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot (bundan) keyin YAIM) ko‘rsatkichidir. YAIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha bir yil) pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir. YAIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: birinchidan barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaligi va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi. Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi xizmat turlari kiradi. Ikkinchidan, YAIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom ashyo, materiallar, elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymatlar YAIMga qo‘shilmaydi. Demak YAIM da qaytadan – ya’ni takroriy sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar faqat bir marta hisobga olinadi. YAIM tarkibi quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, % jadval 1995 1998 2000 2002 2006 2007 Sanoat 17,1 14,9 14,2 14,1 22,1 24,0 Qishloq xo‘jaligi 28,0 26,8 30,1 30,6 24 21,7 Transport va aloqa 7,3 6,8 7,7 8,2 11,4 11,1 Qurilish 7,1 7,5 6,0 4,9 5,1 5,5 72 Savdo va umumiy ovqatlanish 5,2 8,4 9,7 9,8 9,5 9,4 Boshqa sohalar 22,2 21,2 19,8 20,7 18,6 18,8 Tovarlarga va eksport import muammolariga sof soliqlar 13,1 14,4 12,5 11,7 9,2 9,5 Jami 100 100 100 100 100 100 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasi katta. 2. YAIM ni ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash YAIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblanganda mamlakat miqyosida barcha rezidentlari tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar summasini tarmoqlar va sektorlarda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilingan mahsulotlar va xizmatlar ya’ni oraliq iste’mol (OI) qiymatini ayirib tashlab topiladi. Ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ya’ni ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (JIM) tarkibiga: • o‘z iste’moli yoki boshqa rezidentlarga sotilgan mahsulotlar; • boshqa rezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar; • davlat boshqaruv idoralari va notijorat nodavlat tashkilotlariga ko‘rsatilgan xizmatlar; • uy xo‘jaligiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va shu kabilar kiradi. Haq to‘lanadigan uy xo‘jaligi xizmatlari ya’ni o‘z uyidagi ovqat tayyorlash, Kir yuvish va shu kabilar MHT tasnifi bo‘yicha JIM tarkibiga kiritiladi. Demak GΣ ZQQ = JIM –ON; 3. YAIM ni taqsimlash usulida hisoblash YAIM ni taqsimlash usulini hisoblashda mamlakatdagi barcha rezidentlarga taqsimlangan va ular olgan daromadlarning umumiy yig‘indisi hamda ishlab chiqarish va importga qilingan sof soliq sifatida hisoblanadi. Mamlakatdagi rezidentlar daromadlariga xodimlar (yollanma ishchilar) olgan mehnat haqi (MH), ishlab chiqarishga va importga sof soliq (s), hamda moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan olingan yalpi daromadlar (Yad) kiradi. Xodimlarga to‘langan mehnat haqiga natural va pul ifodasida berilgan vaqtbay yoki ishbay ish haqi, ish haqiga qo‘shimcha va ustamalar, turli xil mukofotlar va rag‘batlantirishlar, har yilgi ta’til uchun va malaka oshirish uchun yo‘lovchilar va shu kabilar. 73 Ijtimoiy sug‘urta ajratmalar ham mehnat haqi guruhiga kiritiladi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari rezidentlar tomonidan amalga oshiriladi va kelgusida xodimlarning nafaqa olishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar summasidan xodimlar kasal bo‘lib qolgan paytlari yoki kasal bo‘lgan oila a’zolariga qarash uchun ishga chiqmagan paytlari nafaqa to‘lash, nogironlarga nafaqa, ayollarning dekret ta’tiliga chiqqan va yosh bolalarni tarbiyalash paytida to‘lanadigan nafaqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar belgilangan stavkalarda xodimlarga hisoblangan ish haqi jami summasidan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga ajratma qiladi. Xodimlarning ishsizlik davrida himoya qilish uchun aholining bandlik jamg‘armasi tuzilgan va bu jamg‘armani mehnat birjasi boshqaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aholi bandlik jamg‘armasiga ham ajratma qiladi va bu summa ham daromadlar taqsimoti hisoblanadi. Mahsulotlar ishlab chiqarish va import solig‘iga mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat byudjetiga to‘lanadigan solig‘lar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, reklama solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar) hamda turli xil litsenziyalar olish uchun to‘lovlar kiradi. Bu soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan majburiy ravishda to‘lanadi va qaytarib berilmaydi. Umuman iqtisodiy mohiyati jihatdan yangidan yaratilgan qiymatning bir qismidir.. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlarni sotish, xizmat ko‘rsatishdan olgan sof tushumlaridan va boshqa daromadlaridan sotilgan mahsulot tannarxini (ish haqi ham birgalikda) va boshqa moliyaviy harajatlarini ayirib tashlasa, to‘langan soliqlarni ham chiqarib tashlasa yalpi foydasi qoladi. Qishloq xo‘jaligida shug‘ullanuvchi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi sub’ektlarda mahsulot sotishdan tushgan tushumdan harajatlar va soliqlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan summa yalpi aralash daromadlar deyiladi. Chunki bu daromadlar ichida o‘zining mehnatiga tegishli haq (daromad) ham bor. Shunday qilib, YAIM ni taqsimlash usulida xodimlarga hisoblangan mehnat haqi (MH), davlat byudjetiga to‘langan soliqlar (S) va sub’ektlarning yalpi foydalari (YAF) yig‘indisi ko‘rinishida ifodalasa bo‘ladi. YAIM = MH +S+YAF Agarda juda keng ma’noda yozadigan bo‘lsak, bu formulani quyidagicha yozish mumkin. YAIM = MH+ISA+ABFA+ST+YAF. Bu yerda ISA – ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; ABFA – aholining bandlik fonidiga ajratmalar; ST – soliq va to‘lovlar. 4. YAIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash YAIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan xarajatlar, (TXI) xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda tovar va xizmatlar eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi. 74 YAIM = TXI+YAJ+EIS. Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: • iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan summalar (TXX); • natura shaklida olingan (mehnat haqi yoki boshqa tarzda) iste’mol tovarlari va xizmatlar (NTX); • uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan tovarlar va xizmatlar (UITX); • davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy is’temol xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan harajatlar (DBNTJIX). Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash mumkin: TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining o‘zgarishi (AMZO‘), sof harid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi. Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli daromad keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va asbob uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, xo‘jalik investorlari kabilar kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad olish uchun asosiy vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan sarflar mablag‘larga aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda olingan (harid qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi. AVYAJ = AVS – AVX; Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati: AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi. Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Lekin bunda moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish (TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi. Demak moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralar o‘zgarishini (AMZO‘) ularning o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST; Sof harid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi. 75 «YAIM ni hisoblash usullari» mavzusi bo‘yicha tayan iboralar Yalpi ichki mahsulot (YAIM), yalpi milliy mahsulot (YAMM), sof ichki mahsulot (SIM), pirovard iste’mol, oraliq iste’mol, jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar, yaratilgan qo‘shilgan qiymat (YAQQ), yalpi daromad (YAD), yalpi foyda (YAF), «YAIM ni hisoblash usullari» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 1. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati. 2. Moliyaviy sektorda yalpi ichki mahsulot qanday hisoblanadi? 3. Nomoliyaviy sektor YAIM ga nimalar kiradi? 4. YAIM ni qanday usullarda hisoblash mumkin? 5. YAIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblash. 6. YAIM ni taqsimlash usulida hisoblash. 7. Yalpi jamg‘arma deganda nimani tushunasiz? 8. YAIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash. 9. Nominal va real YAIM mohiyatlarini va farqini tushuntiring. 10. YAIM deflyatori mohiyatini tushuntiring. Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling