Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
«Muomala harajatlari statistikasi» mavzusi bo‘yicha
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Muomala harajatlari statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar
- Mavzu XXI. KORXONALARDA MOLIYAVIY NATIJALAR STATISTIKASI Reja
- 1. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar statistikasi ahamiyati va vazifalari
- «Korxonalarda moliyaviy natijalar statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar
- «Korxonalarda moliyaviy natijalar statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama savollari
- Mavzu XXII. KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI STATISTIKASI Reja
- 1. Buxgalteriya hisobotlari korxonalar moliyaviy holatini o‘rganishning asosiy ma’lumotlar manbaidir
- Demak, buxgalteriya balansi bir tomondan xo‘jalik (korxona, tashkilot) mablag‘larini turlari va
- Buxgalteriya balansining umumiy sxemasi AKTIV PASSIV
«Muomala harajatlari statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Muomala harajatlari, takror ishlab chiqarish jarayonlari, tovarlarni ayirboshlash, ulgurji tovar aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, muomala harajatlar darajasi, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) harajatlar, tejalgan (iqtisod qilingan) harajatlar summasi, harajatlar darajasi dinamikasi. Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar. «Muomala harajatlari statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 1. Muomala harajatlari mohiyati. 2. Muomala harajatlari statistikasining vazifalari. 3. Muomala harajatlari turlari. 4. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas muomala harajatlari. 5. Muomala harajatlari darajasi. 6. Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar. 7. Tovar aylanmasi hajmiga va tarkibiga bog‘liq omillar. 8. Tovar aylanishi tezligi va tovar narxlari bilan bog‘liq omillar 9. Bir so‘m tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan tannarx summasi. 135 Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Camarqand SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U. X. Matlubot kooperatsiyasi savdo korxonalarida muomala harajatlari hisobi. Samarqand. 1996. 11. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 136 Mavzu XXI. KORXONALARDA MOLIYAVIY NATIJALAR STATISTIKASI Reja: 1. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar statistikasi ahamiyati va vazifalari. 2. Korxonalar asosiy faoliyat moliyaviy natijalari 3. Korxonalar moliyaviy faoliyati natijalari statistikasi 4. Korxonalarda rentabillik ko‘rsatkichlari statistikasi 1. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy natijalar statistikasi ahamiyati va vazifalari Bozor munosabatlari sharoitida turli mulk shakliga asoslangan xo‘jalik yurituvchi korxonalar ko‘paydi. Ayniqsa kichik va o‘rta biznes bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar juda ko‘p tashkil bo‘ldi. Ikkinchi tomondan bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qonunda taqiqlanmagan turli faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Keyingi yillarda turli qimmatbaho qog‘ozlar muomalaga chiqarildi. Ularning bozori tashkil qilindi. Natijada barcha xo‘jalik yurituvchi korxonalar raqobatli sharoitda bankrot bo‘lmaslik uchun faoliyat harajatlarini korxonalar olayotgan barcha daromad va harajatlarni statistik hisobot 5S shakli «Korxona sarf-harajatlari to‘g‘risidagi hisobot» hamda buxgalteriya hisobotining № 2 shakli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» va boshqa operativ axborotlarda ko‘rsatadi. Korxonalar qonunda ta’qiqlanmagan, ustavida ko‘rsatilgan turli faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Hisobotlarda korxonalarning asosiy faoliyatidan olingan daromadlari, umumxo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlari, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlari va favquloddagi foyda va favquloddagi zararlari alohida ko‘rsatiladi. Daromadlari bilan harajatlarini qoplash va ma’lum darajada faoliyatlarini rivojlantirishi uchun foyda olishlari lozim. Hozirgi sharoitda barcha korxonalar foyda olmasa bankrotlikka uchraydi va faoliyatini tugatadi. Shuning uchun ham korxona rahbarlari moliyaviy natijalar shakllanishi tartibini yaxshi bilishlari, ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini tahlil qila bilishlari lozim. 2. Korxonalar asosiy faoliyat moliyaviy natijalari Korxonalar hozirgi paytda asosiy faoliyat, moliyaviy faoliyat va boshqa faoliyatlardan olingan daromad va harajatlarini to‘g‘ri hisobga olib borishlari lozim. Korxonalar moliyaviy natijalarining shakllanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 5 fevral №54 son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlarining tarkibi, hamda moliyaviy 137 natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan korxonalarning asosiy faoliyatidan ko‘rgan natijalari (AFN) quyidagicha aniqlanadi. 1) Korxona tayyor mahsulotini sotishdan tushgan yalpi tushumdan (YAT) aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i summalari chiqarib tashlanadi. Qolgan summa korxonanining mahsulot sotishdan sof tushumi (ST) hisoblanadi: ST = YAT – AS – QQS 2) Sof tushum summasidan sotilgan tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarishning harajatlari ya’ni tannarxi ayirib tashlansa, asosiy faoliyat moliyaviy natijalari ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotishdan olingan yalpi foyda kelib chiqadi: YAF = ST – IT (IT – ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi). Hozirgi paytda korxonalarga o‘ziga tegishli bo‘lgan mulklarni: asosiy vositalar, inventorlar va shu kabilarni sotish, tugatish huquqlari berilgan. Demak, korxonalar joriy davrda mulklarni sotishdan, buzishdan daromad olishlari mumkin yoki zarar ko‘rishlari mumkin. Shunday qilib, korxonalarning asosiy faoliyatidan ko‘rgan foydalari – yalpi foydaga boshqa operatsiyalardan olingan daromadlar qo‘shilib, boshqa operatsiyalardan olingan zararlar ayirilib, davr harajatlari ayirilib tashlanganiga teng. Asosiy faoliyatidan foyda- AFF AFF = YAF – DX + BD – BZ DX – davr harajatlari, BD – boshqa daromalar. BZ – boshqa zararlar 3. Korxonalar moliyaviy faoliyat natijalari statistikasi Hozirgi bozor sharoitida juda ko‘p korxonalar qimmat baho qog‘ozlar operatsiyalarida (investitsiya tarzida, oldi-sotdi bozorida va boshqa operatsiyalarda) hamda bank operatsiyalarida qatnashadi. Korxonalar bunday faoliyatlardan daromad olishlari yoki zarar ko‘rishlari mumkin. Moliyaviy faoliyat daromadlariga olingan foizlar, dividentlar, chegirmalar, chet el valyutasi kursi ko‘tarilishidan olingan daromadlar, bank faoliyatidan olingan foizlar va shu kabilar kiradi. Moliyaviy zararlarga to‘langan dividentlar, foizlar, valyuta kursining pasayishidan ko‘rilgan zararlar hamda aksiyalarni chiqarish , saqlashdagi harajatlar kiradi. Shunday qilib, korxonananing umum xo‘jalik faoliyat foydasi (UmFF) AFF ga moliyaviy faoliyatdan olingan (MD) foydani qo‘shib, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararni (MZ) ayrilganiga teng. UmFF = AFF + MD – MZ Ayrim paytda korxonalarda favqulodda daromad (foyda) yoki zararlar ham bo‘lishi mumkin. Bunday favqulodda foyda va zararlar juda katta tabiiy ofatlar, urushlar, davlat to‘ntarish natijasida bo‘lishi mumkin. Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevralda tasdiqlagan Nizomda favquloddagi foyda va zararlar ko‘rsatilgan. Korxonaning UmFF ga favquloddagi 138 foyda qo‘shilib, favqullodagi zarar ayrilib tashlansa, korxonananing soliq to‘laguncha bo‘lgan foydasi kelib chiqadi. UmFF + FF = FZ = STF STF – soliq to‘laguncha foyda. FF – favqulodda foyda FZ – favqulodda zarar Korxonalar regulirovka qilingan bu foydasidan daromad solig‘i va boshqa soliqlar to‘lanadi. Qolgan summa korxonaning sof foydasi yoki zarari bo‘ladi. Bu summani korxona qanday mulk shakli bo‘lishiga qarab taqsimlaydi. 4. Korxonalarda rentabellik ko‘rsatkichlari statistikasi Korxonalarning faoliyat turlaridan olgan foydalari yoki ko‘rgan zararlari mutloq summalarda, miqdorlarda bo‘ladi va ular asosida korxonalar o‘z foliyatida mavjud resurslardan samarali foydalanishning to‘liq ifodalamaydi. Korxonalarning mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishini turli usullar bilan hisoblanadigan rentabillik ko‘rsatkichlari (nisbiy miqdorlar) yaxshi ifodalaydi 1. Mahsulot rentabilligi (MR) sotilgan mahsulotdan olingan foydani 100 ko‘paytirib, sotilgan mahsulot qiymati hajmiga bo‘lamiz. SMF·100 MR = ----------------- SMQ SMF – sotilgan mahsulot foydasi SMQ – sotilgan mahsulot qiymati 2. Barcha aktivlar rentabilligi korxonaning sof foydasini 100 ga ko‘paytirib, korxonaning barcha aktivlar summasiga bo‘lamiz. SF·100 BAR = ----------------- BA 3. Xususiy kapital rentabilligi (XKR) sof foydani 100 ga ko‘paytirib, xususiy kapital qiymatiga bo‘lamiz. Barcha aktivlar qiymati, xususiy kapital qiymatlari qanday ma’lumotlar bo‘lishiga qarab o‘rtachalarni hisoblash usullaridan foydalanib aniqlanadi. SF x 100 XKR = ------------ XKQ XKR – xususiy kapital rentabilligi XKQ – xususiy kapital qiymati 5. Korxona rentabilligi (KR) sof foydani 100 ga ko‘paytirib, mahsulot sotishdan olingan tushum ya’ni realizatsiya hajmiga bo‘lamiz. SF · 100 139 KR = ------------- RH KR – korxona rentabilligi RH – realizatsiya hajmi yoki mahsulot sotishdan olingan tushum. Rentabillik ko‘rsatkichlari juda ko‘p bo‘lib, ularning qo‘llanilishi statistikaning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga bog‘liq. «Korxonalarda moliyaviy natijalar statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Yalpi tushum, sof tushum, yalpi foyda, asosiy faoliyat foydasi, tannarx, umumxo‘jalik faoliyati, favqulodda ko‘rilgan zarar, soliq to‘laguncha foyda (zarar) sof foyda, davr harajatlari, mahsulot rentabilligi, aktivlar rentabilligi, korxona rentabilligi, bir aksiya rentabilligi. «Korxonalarda moliyaviy natijalar statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama savollari 1. Korxonalarda moliyaviy natijalar mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida ular statistikasining vazifalari. 2. Korxonalarda tayyor mahsulotlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olinadigan foyda. 3. Korxonalarda asosiy faoliyat foydasi qanday topiladi? 4. Korxonalarda boshqa operatsiyalardan olingan daromadlar va qilingan harajatlar deganda nimalarni tushunamiz? 5. Korxonalarda moliyaviy faoliyat daromadlari va harajatlariga nimalar kiradi? 6. Korxonalarda umum xo‘jalik faoliyati foydasi qanday aniqlanadi? 7. Korxonalarda favquloddagi olingan daromad va ko‘rilgan zararlar deganda nimani tushunamiz? 8. Korxonalarda soliq to‘laguncha foyda qanday topiladi? 9. Korxonaning sof foydasi qanday topiladi? 10. Korxonalarning rentabillik ko‘rsatkichlari. 140 Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Samarqand SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 141 Mavzu XXII. KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI STATISTIKASI Reja: 1. Buxgalteriya hisobotlari korxonalar moliyaviy holatini o‘rganishning asosiy ma’lumotlar manbaidir. 2. Korxonalar moliyaviy holaitni ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi 1. Buxgalteriya hisobotlari korxonalar moliyaviy holatini o‘rganishning asosiy ma’lumotlar manbaidir Korxonalarning moliyaviy holati murakkab ko‘rsatkich bo‘lib, mavjud barcha mablag‘lardan foydalanish samarasiga hamda faoliyatlarining umumiy natijalariga bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy holatini o‘rganish uchun ma’lumotlar manbai bo‘lib, asosan buxgalteriya hisobotlari shakllari hisoblanadi: Shakl № 1. «Buxgalteriya balansi» Shakl № 2. «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» Shakl № 3. «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot» Shakl № 4. «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot» Shakl № 5. «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» Shakl № 2 a . «Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma» Ayniqsa buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida korxonalarning moliyaviy holatiga dastlabki baho berish mumkin. Korxonalar mablag‘lari xo‘jalik faoliyati jarayonida doimo harakatda bo‘lib, miqdor va qiymat jihatidan o‘zgarib turadi. Lekin xo‘jalikka rahbarlikni to‘g‘ri olib borish uchun qanday va qancha miqdordagi mablag‘lar bor ekanligi, ular qaysi manbalardan tashkil topganligi, bu manbalardan faoliyat davomida qanday foydalanilganligi haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya balansidan olish mumkin. Balans termini lotincha bis - ikki marta, tarozi pallasi degan ma’noni anglatadi, bislank - so‘zi tarozining ikki pallasi, tenglik demakdir. Buxgalteriya balansi ikki tomonlama jadvaldan iborat. Jadvalning chap tomoni aktiv deyiladi, unga xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi va ishlatilishi ko‘rsatiladi. Balansining o‘ng tomoni - passiv deb ataladi. Unda xo‘jalik mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari va ularning qanday maqsadda ishlatilishi ifodalanadi. Balansning aktiv va passiv tomonlarining jami summalari doimo bir - biriga teng bo‘lishi shart. Boshqa fanlarda balans usuli bilan biron - bir noma’lum ko‘rsatkichni aniqlaydilar. Buxgalteriya balansi boshqa fanlarda qo‘llanadigan balans usulidan tubdan farq qiladi. Buxgalteriya balansida biron ko‘rsatkich aniqlanmaydi, bu balansda hamma narsa aniq, bundan tashqari hamma ko‘rsatkichlar zarur hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Biz bilamizki, korxona (tashkilot) lardagi hamma operatsiyalar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va bu operatsiyalar miqdor va qiymat jihatidan ikki tomonlama yozuv usuliga asosan schyotlarga o‘tkaziladi. Joriy oy tamom bo‘lgandan keyin buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar jamlanib oxirgi qoldiq chiqariladi. Schyotlar ma’lumotlariga asosan oborot 142 vedomosti tuziladi: boshlang‘ich saldo (debet, kredit); debet va kredit oborot va oxirgi saldo (debet, kredit). Schyotlarning oborot vedomostida ko‘rsatilgan oxirgi saldosi (qoldig‘i) ga asosan buxgalteriya balansi tuziladi. Demak, buxgalteriya balansi bir tomondan xo‘jalik (korxona, tashkilot) mablag‘larini turlari va joylanishiga ikkinchi tomondan esa tashkil topish manbaiga qarab ma’lum vaqtga pul ifodasida umumlashtirib aks ettirish usulidir. Buxgalteriya balansining umumiy sxemasi AKTIV PASSIV Xo‘jalik mablag‘larining turlari, joylanishi va ulardan foydalanish Xo‘jalik mablag‘larining tashkil bo‘lish manbalari va qaysi maqsadga mo‘ljallanganligi Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomonlarining ayrim ko‘rsatkichlari balans moddalari deb ataladi. Aktiv va passiv tomonlarining iqtisodiy mazmuni yoki ishlatilish maqsadlariga bir - biriga yaqin bo‘lgan ko‘rsatkichlari (moddalari) guruhlarga birlashtirilgan. Guruhlar birlashtirilib bo‘limlarni tashkil qiladi. Hozir qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansi 2 bo‘limdan iborat. Balansining aktiv tomonida xo‘jalik mablag‘larining turlari bo‘yicha qoldig‘i ko‘rsatiladi: asosiy vositalar, materiallar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, tovarlar, kassadagi va bankdagi pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha haridorlardagi va debitor qarzlardagi mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar va shu kabilar. Balansning passiv tomonida quyidagi moddalar ko‘rsatiladi: ustav fondi, rezerv fondi, tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar, bank ssudasi, mehnat haqi bo‘yicha ishchi - xizmatchilar bilan hisob - kitoblar, foyda va shu kabilar. Buxgalteriya balanslari sub’ektning mulkchilik shakliga, tuzilgan vaqtga, axborot hajmiga va boshqa belgilariga qarab guruhlanishi mumkin. Sub’ektning mulkchilik shakliga ko‘ra balanslar davlat, aksioner jamiyatlari, shirkat, qo‘shma, xususiy korxonalar balansi bo‘lishi mumkin. Tuzilish vaqtiga qarab, buxgalteriya balanslari kirish (boshlang‘ich), joriy, birlashtirish va ajratish (bo‘lish) hamda tugatish balanslari bo‘lishi mumkin. Korxonaning xo‘jalik faoliyati boshlanishida tuzilgan balans, kirish yoki boshlang‘ich balans deyiladi. Unda faoliyat boshlanmasdan korxona qancha mablag‘ga ega bo‘lib, ular qaysi manbalardan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Korxonalar me’yoriy hujjatlar asosida ko‘rsatilgan muddatlarda doimiy tuzadigan balanslari joriy balanslar hisoblanadi. Korxona o‘z faoliyatlarini tugatayotganda tuziladigan balanslar tugatish balanslari deyiladi. Korxonalarning bir nechtasi birlashganda tuzilgan balans birlashtirish balansi deyiladi. Korxona bir nechta mayda korxonalarga bo‘linganda tuzilgan balans bo‘lish balansi, agarda biror qismi boshqa korxonaga berilayotganda tuzilgan balans berish balansi deyiladi. 143 Buxgalteriya balanslari axborot hajmi bo‘yicha dastlabki va yig‘ma (jamlama) balanslarga guruhlanadi. Korxona buxgalteriya hisobi asosida tuzilgan balans dastlabki (birlamchi) balans hisoblanadi. Yuqori tashkilotlarda (uyushma, birlashma, jamiyatlar, vazirliklar kabi yuqori idoralarda) korxonalarning dastlabki balanslari asosida tuzilgan balanslar yig‘ma (jamlama) balans deyiladi. Korxonalar uchun balans tuzish va uning moddalarini baholanishi qonunlashtirilgan tartibi o‘rnatilgan. Buxgalteriya balanslarida asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatda, boshqa mablag‘lar esa haqiqiy tannarxda ko‘rsatilishi kerak. Balansda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiy (real) bo‘lishi kerak. Buning uchun balans moddalarining ko‘rsatikchlari ma’lum davrlarda inventarizatsiya qilinib turilishi zarur. Buxgalteriya balanslari har bir xo‘jalik hisobidagi korxona a tashkilotlarda joriy oy tamom bo‘ladigandan keyin, chorakda va yilda tuziladi. Buxgalteriya balansining shakli Respublika Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tashkilotlarning (korxonalari) buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi bo‘limlar: 1 - bo‘lim: Uzoq mudatli aktivlar; 2 - bo‘lim: Joriy aktivlar; Passiv tomoni bo‘limlari: 1 - bo‘lim: O‘z mablag‘lari manbalari; 2 - bo‘lim: Majburiyatlar. Demak, korxona mablag‘larining barchasi foydalanish muddatiga qarab 2 guruhga (uzoq muddatli va joriy (aylanma) mablag‘larga bo‘linar ekan. Korxonaning barcha mablag‘lari 2 manbadan: o‘z mablag‘lari manbai va chetdan jalb qilingan (majburiyatlar) mablag‘lar manbaidan tashkil topar ekan. Buxgalteriya balansida ko‘rsatilgan summalarga qarab umumiy dastlabki xulosalar qilish mumkin. Albatta avtotransport korxonasida, GESlarda va shu kabi korxonalar balansida asosiy vositalar, ya’ni uzoq muddatli aktivlar juda katta summani va balans summasining katta qismini tashkil etadi. Faqat ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda xom ashyo va materiallar moddasida katta summa bo‘lib, tovarlar qatorida summa bo‘lmaydi. Faqat savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda uning teskarisi, xom ashyo va materiallar bo‘lmaydi, tovarlar esa katta summani tashkil etadi. Buxgalteriya balansi moddalari summalariga qarab, korxona faoliyati natijalari qanday ekanligi, moliyaviy holatini (mustahkamligini) baholash mumkin. Moliyaviy mustahkam korxonalarda mablag‘larining asosiy qismi, o‘z mablag‘laridan tashkil topgan, joriy aktivlari (aktiv II bo‘lim), majburiyatlardan (balans passivi, II bo‘lim) ko‘p bo‘lishi lozim. Masalan, ikki korxona balanslarining jami summalari 26 mln so‘mdan, lekin ularning mablag‘larining joylanishi va tashkil topish manbalari quyidagicha: Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling