Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish
Download 0,83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Korxonalarda mahsulot tannarxi statistikasi
- «Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar
- «Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar
- Mavzu XX. MUOMALA HARAJATLARI STATISTIKASI Reja
- 1. Muomila harajatlari mohiyati va turlari
- Takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanish jarayonlari
- 2. Muomala harajatlari ko‘rsatkichlari statistikasi
- 3. Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar
2. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish harajatlari va ularning turlari Mahsulot ishlab chiqarish uchun uchta element: mehnat qurollari, mehnat predmeti va jonli (inson) mehnat ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi zarur. Shuning uchun ham korxonalar mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) uchun asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar sotib oladi, ishchi kuchi yollaydi. Korxonaning ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarga sarflari ishlab chiqarish harajatlari deyiladi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan barcha moddiy (asosiy vositalar yemirilish, xom ashyo, materiallar va shu kabilar) harajatlar va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlarga hisoblangan mehnat haqi mahsulot tannarxini tashkil etadi. Korxona buxgalteriyasida mahsulot tannarxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi № 54-son qarori bilan tasdiqlangan. «Mahsulot (ishlar xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida hisobga olib boriladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Lekin barcha tarmoq korxonalarida ishlab chiqarishda xalq xo‘jaligi tarmoqlari harajatlarining iqtisodiy elementlariga asosan quyidagicha guruhlanadi. 1. Xom ashyo va asosiy materiallar; 2. Yordamchi materiallar; 3. Yoqilg‘i va energiya; 4. Asosiy va qo‘shimcha ish haqi 5. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 6. Asosiy vositalar amartizatsiyasi (eskirish) 7. Boshqa harajatlar 127 Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish uchun bo‘ladigan barcha harajatlar. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan: Mahsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar quyidagicha guruhlanadi a) Ishlab chiqarish moddiy harajatlari (xom ashyo, material); b) Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to‘lash harajatlari; v) Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug‘urtaga ajratma harajatlari g) Asosiy vositalar va ishlab chiqarishga oid nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi d) Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar. II. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan harajatlar: a) sotish harajatlari b) ma’muriy-boshqaruv harajatlari v) boshqa operatsiya harajatlariga guruhlanadi. Mahsulotning ayrim turlari tannarxiga olib borilishiga qarab harajatlar bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) guruhlariga bo‘linadi. Mahsulot hajmi bilan bog‘liqligiga qarab, harajatlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) harajatlarga bo‘linadi. Demak korxonaning umumiy harajatlari (UX) doimiy harajatlari (DX) va o‘zgaruvchan harajatlar (UX) yig‘indisiga teng masalan: xodim ishbay haq olsa, bu o‘zgaruvchan harajat. Bir oylik maosh belgilangan bo‘lsa, bu shakli doimiy harajatga olib boriladi. Mahsulot ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha hisobga olib boriladi. 3. Korxonalarda mahsulot tannarxi statistikasi Mahsulot tannarxi deb shu mahsulotni ishlab chiqarishda uning tayyor bo‘lgunicha ketgan barcha harajatlarning yig‘indisiga aytiladi. Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish jarayonining xarakteriga qarab bir necha usullar bilan aniqlanadi. 1) Oddiy usul. (Asosan 1 xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi yoki kichik korxonalar) 2) Tannarxni aniqlashning bo‘linmali usuli 3) Tannarxni aniqlashning normativ usuli 4) Tannarxni aniqlashning buyurtmali usuli. Indeks usulidan foydalanib korxonanining mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, o‘tgan yillar bilan o‘zgarishini aniqlashimiz mumkin. Bunda mahsulot ishlab chiqarish miqdorlari va har bir tannarxni ko‘pincha korxonalar qanchalik kamaytirishni rejalashtiradi. a) Plan topshirig‘i indeksi i nl = 0 1 Ζ Ζ n b) Tannarx dinamikasi indeksi i g = 0 1 Ζ Ζ 128 v) Tannarx plan bajarilishi indeksi i x = 0 1 Ζ Ζ n Z – konkret mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan tannarxlar: Korxona bo‘yicha umumiy indekslar: a) Plan topshirig‘i indeksi Jnl = dn n dn Σ Ζ Σ 1 / b) Tannarx dinamikasi indeksi: Jg = 1 0 1 1 q q ΣΖ ΣΖ v) Planning bajarilishi darajasi indeksi: Jznl/ baj. = 1 0 1 1 q q ΣΖ ΣΖ Bir xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar uchun umumiy indeks. Jz = 0 1 Ζ Ζ = q q Σ Ζ Σ 1 1 0 0 0 Σ Ζ Σ q Doimiy tarkibli (tarkibi o‘zgarmaydigan) ishlab chiqarish korxonalarida tannarx umumiy indeksi: . Jz = q q Σ Ζ Σ 1 1 : 0 0 0 q q Σ Ζ Σ Mahsulot birligining tannarxining o‘zgarishini umumiy ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga qanday ta’sir qilganligini bilishimiz mumkin. «Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulot, tovar mahsulot, ishlab chiqarish harajatlari, moddiy harajatlari, o‘zgaruvchan harajatlar, o‘zgarmas (doimiy) harajatlar. «Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 1. Tugallanmagan ishlab chiqarishga nimalar kiradi? 2. Yarim tayyor mahsulotlar mohiyati nima? 3. Tayyor mahsulotlar degani nimani bildiradi? 4. Sotilgan mahsulot va yalpi mahsulot mohiyati nima? 5. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar nima? 6. Mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan moddiy harajatlar? 7. Mahsulot tannarxiga kirtiladigan mehnat harajatlar 8. Mahsulot tannarxini hisoblash usullar 9. Bir so‘m tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan tannarx summasi. 129 Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Camarqand SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 130 Mavzu XX. MUOMALA HARAJATLARI STATISTIKASI Reja: 1. Muomala harajatlari mohiyati va turlari. 2. Muomila harajatlari ko‘rsatkichlari statistikasi. 3. Muomila harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar. 1. Muomila harajatlari mohiyati va turlari Jamiyat yashashi uchun tovarlar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Ishlab chiqarish va iste’mol doimiy ravishda takrorlanaveradi va bu takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanishi deyiladi. Takror ishlab chiqarish kengaytirilgan hajmda bo‘ladi. Takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanishi to‘rt jarayondan tashkil topadi. Birinchisi tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqarish, ikkinchisi – ularga taqsimlash (iste’molchi joylariga yetkazish), uchinchisi – tovarlarni ayirboshlash (asosan pul vositasida), to‘rtinchisi – iste’mol jarayonlardir. Takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanish jarayonlari Tovarlarni ishlab chiqarish tovarlarni taqsimlash tovarlarni ayirboshlash tovarlarni iste’mol qilish Demak tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqargandan keyin ularni istemolchilar joylariga taqsimlab, yetkazish lozim bo‘ladi. Ayrim tovarlar (non va mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari va shu kabilar) ishlab chiqarilgan joylarning o‘zida yoki unga yaqin joylarda iste’mol qilinadi. Ayrim tovarlarni iste’molchilarga yetkazish uchun juda uzoq masofaga tashish lozim bo‘ladi (masalan, sitrus o‘simliklari mahsulotlari). Demak har qanday sharoitda ham ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqsimlanib, kerakli joylarga yetkazilar ekan. Buning uchun turli transport vositalaridan (temir yo‘l, suv va havo transporti, avtotransport, truba provod va shu kabilar) foydalaniladi. Tovarlarni transportlarda tashish va saqlash jarayonlarida turli xil harajatlar bo‘ladi. Tovarlarni tashib berish (ortish, tushirish, yetkazib berish) xizmatini ko‘rsatganligi uchun transport tashkilotlari transport haqi oladilar. Ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga sotish bo‘yicha asosan ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va firmalar shug‘ullanadilar. Savdo tashkilotlarning saqlash uchun ombor, dukonlari bo‘ladi. Ular tovarlarni saqalaganda tovarlar sepiladi, to‘kiladi va boshqa tabiiy kamayishlar bo‘ladi. Bunday bino va boshqa asbob-uskunalar bo‘lib, ular bo‘yicha eskirish (amortizatsiya) hisoblanadi. Asosiy vositalarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha harajatlar bo‘ladi. Savdo tashkilotlarida sotuvchilar va boshqa xodimlar ishlaydi. Ularga to‘lanadigan mehnat haqi va turli jamg‘armalarga ajratmalar (belgilangan tartibda) savdo tashkilotlarining harajatlari hisoblanadi. Savdo tashkilotlariga turli 131 xizmatlar ko‘rsatiladi (gaz, elektroenergiya, suv, pochta, telefon kabilar), bu xizmatlar uchun belgilangan tariflarda xizmat haqi to‘lanadi. Shunday qilib ishlab chiqarishdan tayyor bo‘lib chiqqan tovarlarni (mahsulotlarni) iste’molchilarga sotishgacha bo‘lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy harajatlari deyiladi. Muomala harajatlari turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratilishi mumkin. Harajatlar turlari bo‘yicha: transport, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ta’mirlash, asosiy vositalar eskirish, ijtimoiy sug‘urta va boshqa jamg‘armalarga ajratmalar, bankdan olingan kreditlar va qarzlar uchun to‘langan foizlar, tovarlarning tabiiy kamayishi, reklama, xodimlarning xizmat safari va boshqa harajatlarga bo‘linadi. Tovarlarning sotilish turiga qarab: ulgurji tovar aylanishi bilan bog‘liq harajatlar, chakana tovar aylanishi bilan bog‘liq harajatlar, umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq harajatlar kabilarga guruhlanishi mumkin. Sotilgan tovarlar (mahsulotlar) hajmiga qarab: tovar aylanmasi o‘zgarishga bog‘liq-o‘zgaruvchan harajatlar; tovar aylanmasi hajmi o‘zgarishga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarmas (doimiy) harajatlarga bo‘linadi. O‘zgaruvchan harajatlarga trasport, tovarlarning tabiiy kamayishi, ishbay haq to‘lanadigan xodimlar mehnat haqi va shu kabi, tovar aylanmasi hajmi ko‘paysa, harajatlar ham ko‘payadigan va uning teskarisi (kamaysa harajatlar ham kamayadigan) harajatlar kiradi. O‘zgarmas (doimiy) harajatlar tovar aylanmasi hajmi o‘zgarishi (ko‘payish yoki kamayish) bilan o‘zgarmaydi. Demak bunday harajatlar tovar aylanmasi hajmiga bog‘liq emas. O‘zgarmas harajatlarga asosiy vositalar eskirish, rahbar xodimlar mehnat haqi, reklama, ijara haqi _______va shu kabi harajatlar kiradi. 2. Muomala harajatlari ko‘rsatkichlari statistikasi Tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berilguncha bo‘lgan barcha harajatlar pul qiymatida umumlashtiriladi (yig‘iladi) va korxona muomala harajatlarining umumiy summasini tashkil etadi. Albatta tovar aylanmasi hajmi katta bo‘lgan tashkilotlarda muomala harajatlarning mutloq summasi ham ko‘p bo‘ladi va uning teskarisi tovarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi kichik firmalari, qaysikim tovar aylanmasi hajmi kichik bo‘lgan korxonalarda muomala harajatlar summasi ham kam (kichik) bo‘ladi. Shuning uchun, muomala harajatlarining mutloq summasi bilan, tashkilotning muomala harajatlari to‘g‘risida xulosa qilib, boshqa davrlar bilan taqqoslab (chunki tovar aylanmasi hajmi har xil) xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Muomala harajatlarini reja bilan, o‘tgan yillar bilan dinamik o‘rganishda uning darajasi asos qilib olinadi. Muomala harajatlari summmasining tovar aylanmasiga foizlardagi nisbati muomala harajatlarining darajasi (MXd) deyiladi. d МХ = ТА МХх 100 Bu yerda: MX – muomala harajatlarining mutloq summasi; TA – korxona tovar aylanmasi sumasi. 132 Boshqacha aytganda, savdo tashkiloti har bir 100 so‘m tovar sotish uchun (sotib) necha harajat qiladi degan savolga, muomala harajatlari darajasi javob beradi, hamda tashkilotlarning (korxonalarning firmalarning) muhim sifat ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Muomala harajatlari darajasi bo‘yicha harajatlar dinamikasi taqqoslanib o‘rganiladi. Korxonalarning (firmalarning) muomala darajasiga qarab, xo‘jalikni boshqarish uslubiga. iqtisodiy tejamkorlikga amal qilishiga, mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishiga baho beriladi. Savdo tashkiloti faqat ulgurji sotish bilan shug‘ullansa, muomala harajatlarining darajasi harajatlar summasini ulgurji tovar aylanmasiga bo‘lib topiladi. Masalan ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bir yilda 260,0 mln. so‘mlik tovar sotgan va 10920,0 ming so‘m harajat qilgan. Demak bu ulgurji savdo tashkiloti muomala harajatlari darajasi (MXd) quyidagicha topiladi. MXd = aylanmasi to urji u х МХ summasi i ха rajatlar muomala . var . lg 100 ) ( . . = % 2 , 4 260000 100 0 , 10926 = х Demak bu ulgurji savdo tashkiloti har 100 so‘m tovarni ulgurji sotish uchun 4 so‘m 20 tiyin harajat qilar ekan. Savdo tashkiloti faqat chakana savdo bilan shug‘ullansa unda muomala harajatlarining darajasi (MXd) harajatlar umumiy summasini chakana tovar aylanmasiga (TA) foizlarda bo‘lib topiladi. Masalan, savdo firmasi bir yilda 128,0 mln, so‘mlik tovar sotdi. Ushbu yildagi harajatlarining umumiy summasi esa 12.160,0 ming so‘mni tashkil etdi. MXd = aylanmasi to chakana x summasi i ха rajatlar muomala . var . 100 . . . = % 5 , 9 0 , 000 , 128 100 121600 = х Agarda savdo tashkiloti ham ulgurji, ham chakana savdo bilan shug‘ullansa, unda muomala harajatlari darajasi (MXd) umumiy harajat (savdo tashkiloti ulugurji va chakana tovar aylanmasi bo‘yicha bo‘lgan harajatlarning jami summasi) summasini (MXU) ulgurji va chakana tovar aylanmalarining yig‘indisiga foizlarda bo‘lib topiladi. MXd = aylanmasi to chakana urji u summasi jami xarajatlar . var . lg . . + ; Savdo tashikilotlari bo‘yicha muomala harajatlari darajasi ko‘pincha chakana tovar aylanmasiga nisbatan o‘rganiladi. Shuning uchun ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda muomala harajatlarining umumiy darajasi (MXd) barcha harajatlar summasini (ham ulugurji, ham chakana savdo bo‘yicha harajatlar) chakana savdo aylanmasiga bo‘lib, 100 ga ko‘paytirib aniqlanadi. ; 100 . var . . . х aylanmasi to chakana summasi xarajatlar barcha МХ d = 133 Statistikada muomala harajatlarining mutloq summalari va darajalarning reja topshiriq yoki o‘tgan yillar (dinamikada) bilan farqlari aniqlanadi. Agarda muomala harajatlari darajasini (MXd) qisqacha U bilan belgilasak, U 0 – bazis davr (reja yoki o‘tgan davr) muomala harajatlari darajasini, U 1 – esa muomala harajatlari hisobot davrdagi haqiqiy darajasini bildiradi. Ularning farqlari esa ∆U = U 1 – U 0 hisoblanadi. Bu ifoda muomala harajatlarining haqiqiy darajasini taqqoslovchi bazis davrga (rejaga yoki o‘tgan davrga) nisbatan necha punkt o‘zgardi degan savolga javob beradi. Muomala harajatlari darajasining o‘zgarish (kamayish yoki ko‘tarilish, o‘sish) sur’ati quyidagicha topiladi. 0 0 1 100 ) ( U х U U yoki ; 100 0 U Uх ∆ Muomala harajatlari darajasi pasayishidan savdo tashikiloti iqtisod (tejalgan) summani topish uchun, muomala harajatlari darajasining pasaygan (∆MXd) darajasini haqiqiy tovar aylanmasiga ko‘paytirish lozim. (- ∆MXd) x T.A.; 3. Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar Toshkent rahbarlari, mutaxassislar muomala harajatlarini o‘rganib, tahlil qilib, ular summasini kamaytirish, iqtisodiy tejamkorlikga erishish, ayniqsa savdo sifatiga ta’sir qilmaydigan unumsiz harajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini topishlari lozim. Buning uchun muomala harajatlariga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish zarur. Muomala xarajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin. Tovar aylanmasi hajmiga bog‘liq omillar. Savdo tashkilotlarining tovar aylanmasi hajmi ko‘payishi bilan, harajatlar summasi ham ko‘payadi, lekin ularning darajasi (o‘zgarmas harajatlar hisobiga) pasayadi. Shuning uchun ham savdo tashiklotlari ko‘proq tovarlarni sotishga harakat qilishlari lozim. Tovar aylanmasining tarkibiga bog‘liq omillar. Ma’lumki iste’molga juda ko‘p tovar turlari lozim. Ular savdo tashkilotlarida sotiladi. Ularning muomala harajatlari turlicha. Masalan hajmi katta tovarlarni (mebelga o‘xshash) transportda tashishga boshqa tovarlarga nisbatan ko‘p harajat qilinadi. 100 so‘mlik shakarni sotishga nisbatan bir necha baravar ko‘p harajat (tashib keltirish, saqlash, sotish) qilinadi va hokazo. Tovarlar narxlari va tovar aylanishining tezligi bilan bog‘liq omillar. Tovar aylanmasi summasi sotilgan tovarlar miqdori (q) va narxlarga (p) juda bog‘liq. Tovarlar narxlari pasaysa, muomala harajatlari darajasi ko‘trariladi, chunki transport harajatlari, asosiy vositalar eskirishi va ularni saqlash kabi harajatlar o‘zgarmasdan qoladi. Narx kamayishi bilan sotilgan tovarlar miqdori o‘zgarmasa ham tovar aylanmasi hajmi kamayadi. Natijada harajatlari darajasi ko‘tariladi. Muomala harajatlari darajasiga tovarlar aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. Tovarlar aylanish tezligi oddiy aytganda ma’lum davrda avvalgidan ko‘proq hajmdagi tovarlarning sotilishidir. Tovarlar aylanuvchanligi tezlashganda umuman 134 nisbatan barcha harajatlar, ayniqsa olingan kreditlar uchun to‘lanadigan foizlar, tovarlarni saqlash, ularning nobudgarchiligi bilan bog‘liq harajatlar kamayadi. Natijada, muomala harajatlarining darajasi pasayadi. Shuning uchun ham tovarlar ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga mos ravishda kichik hajmdagi qadoqlangan tovarlarni ko‘proq ishlab chiqarsa, tovar aylanuvchanligi tezligiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Umuman muomala harajatlari darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Ularga boshqarishning mukammalligi, ishni tashkil etish, xodimlar mutaxassisligi va tajribasi, tovarlar harakati, savdo tashkilotining moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ko‘rsatgan xizmatning sifati (transport, gaz, elektroenergiya, aloqa va shu kabilar) va boshqa shu kabi omillar. Tashkilot boshqaruv apparati (firma rahbariyati) harajatlarni muntazam nazorat qilib borishlari xo‘jasizlarcha bo‘ladigan harajatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Download 0,83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling