Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga haq to‘lash razryadi Tarif koeffitsienti Mehnatga haq to‘lash razryadi Tarif koeffitsienti
- «Korxonalarda xodimlar mehnati va ish haqi statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama savollari
- Mavzu XIX. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA TANNARX STATISTIKASI Reja
- 1. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.
4. Xodimlar ish haqi stastistikasi Barcha korxona, firma, tashkilot, muassasa, birlashmalarda (bundan keyin korxona deb ataladi) xodimlar ishlaydi. Xodimlar tegishli bilim va mutaxassisliklarga ega bo‘lib, korxonalarning faoliyat turlariga qarab, turli vazifalarni bajaradi. Xodimlarning bajaradigan ishlari korxonalarda kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda ularning funksional vazifalari belgilangan bo‘ladi. Korxonalar har bir xodimning vazifasi hamda xodimlar bajargan ishning miqdori va sifatiga qarab xodimlarga mehnat haqi to‘laydilar. Hozirgi paytda xodimlarga beriladigan mehnat haqining vaqtbay va ishbay shakllari mavjud. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishi (ko‘rsatgan xizmati) hajmi, sifatiga qarab hisoblanadi. Ishbay ish haqi xalq 119 xo‘jaligining juda ko‘p tarmoq korxonalarida ishchi-xodimlarga mehnat haqi to‘lashda qo‘llanadi. Vaqtbay ish haqi shaklida mehnat haqi xodimlarning ishlagan vaqtlari: kunlari va soatlariga qarab to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi shaklida asosan rahbar va idora xodimlariga mehnat haqi hisoblanadi. Chunki ularning bajargan ishlarini ko‘pincha qandaydir miqdor bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Xuddi shunday bajargan ishlarining miqdorini o‘lchab bo‘lmaydigan ishchilarga ham vaqtbay ish haqi qo‘llanib, ularga bir oylik maosh belgilanadi. Vaqtbay shaklida ish haqi olinadigan ishchilarga qaravul, farrosh va shu kabi ishchi kasblarini kiritish mumkin. Korxona xodimlari kasbiga qarab: xizmatchilar va ishchilar guruhlariga bo‘linadi. Xizmatchilar guruhi o‘z navbatida rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar guruhlariga bo‘linadi. Korxona rahbar xodimlariga: prezidentlar, direktorlar, raislar, boshliqlar, bosh mutaxassislar (bosh buxgalter, bosh muxandis va shu kabilar) va rahbarlarning o‘rinbosarlari kiradi. Mutaxassislarga: iqtisodchilar, buxgalterlar, muxandislar, agronomlar va shu kabi boshqa shu kabi maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasblar kiradi. Ishchilar guruhiga barcha korxonalarda asosiy faoliyatni bajarishda ishlaydigan: ya’ni ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida ishlayotgan xodimlar kiradi. Korxonalarda vaqtbay va ishbay ish haqining turli ko‘rinishlari qo‘llanishi mumkin: oddiy ishbay mehnat haqi, ishbay-mukofotli turi, progressiv ishbay haqi, akkord va shu kabi turlari. Vaqtbay ish haqida ham xuddi shunday turlari qo‘llanishi mumkin. Bundan tashqari xodimlarga turli qo‘shimcha haqlar berilishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: * mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan joylarda ishlagan xodimlarga. Bunday ishlarning va kasblarning ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi; * cho‘l, tog‘li va suvsiz joylarda ishlagan xodimlarga rayon koeffitsientlari sifatida ustama belgilanadi; * kechasi, me’yordan ortiqcha ishlaganligi yoki bayram kunlari ishlaganligi uchun ustama; * qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga, ishining doimiy ravishda harakatda va borish-kelish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ustama; * ishi doimo yo‘lda bo‘ladigan aloqa, temiryo‘l, suv va avtomobil transporti xodimlariga ustama; * yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqiga qo‘shib beriladigan ustama; * va shu kabilar. Bundan tashqari vaqtbay va ishbay ish haqi shakllarida xodimlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida mukofotlash usullaridan foydalanadilar. Korxonalar mukofatlash tizimini kasaba uyushmalari yoki tegishli organlar bilan kelishib oladilar. Xodimlarning ish haqini xalq xo‘jaligi tarmoqlari, mintaqalar (xududlar) bo‘yicha, ishlab chiqarish turlari, malaka talab qiladigan kasblar bo‘yicha tabaqalashtirish davlat tarif tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarif tizimi tarif-malaka ma’lumotnomasini, tarif stavkasi va setkasini hamda ish haqiga belgilanadigan tarif koeffitsientlarini o‘z ichiga oladi. Tarif-malaka 120 ma’lumotnomasida kasb va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar berilgan. Hozirgi paytda byudjet qaromog‘idagi (fan, sog‘liqni saqlash, maorif, mudafaa va shu kabilar) muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000 yil 20 iyulda qabul qilingan Yagona tarif setkasi (YATS) asosida xodimlarga mehnat haqi hisoblaydi. Xalq xo‘jaligidagi boshqa tarmoq davlat, davlat-aksiyadorlik korxonalari ham ushbu YATS asosida xodimlariga mehnat haqi belgilaydilar. Boshqa mulk shaklidagi korxonalar o‘zlarining moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashi mumkin. Lekin ish haqini belgilashda YATS asos qilib olinishi kerak. YATSda barcha ishlarga haq to‘lash 0 dan 22 razryadgacha guruhlashtirilgan bo‘lib, har bir razryadga tegishli tarif koeffitsienti belgilangan. Shu tarzda xodimlarga beriladigan ish haqi, kasbning maxsus tayyorgarlikni, malakani talab qilishiga qarab tabaqalashtirilgan ¡zbekiston Respublikasi Vazirlar Maіkamasining 2004 yil 2 iyuldagi № 309 Qaroriga binoan 2004 yil 1 avgustdan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi qo‘yidagicha: Mehnatga haq to‘lash razryadi Tarif koeffitsienti Mehnatga haq to‘lash razryadi Tarif koeffitsienti 0 1,000 12 5,386 1 2,181 13 5,727 2 2,400 14 6,071 3 2,641 15 6,423 4 2,904 16 6,779 5 3,181 17 7,140 6 3,471 18 7,505 7 3,773 19 7,877 8 4,086 20 8,253 9 4,401 21 8,635 10 4,723 22 9,019 11 5,050 Vazirliklar, uyushmalar, konsernlar o‘zlariga tegishli tarmoq korxonalarida YATSni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadilar. Eng kichik razryadlar (0-4 razryadlar) maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan kasbda ishlaydigan xodimlarga beriladi. Misol uchun: qaravul, farroshlarga. Bunday ishlarga qabul qilinayotganda, ularning mehnat staji, tajribasi hamda ushbu korxonaning moliyaviy holatiga qarab “0” dan “4” razryadgacha berish mumkin. Maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan va kichik mutaxassislik lavozimida ishlayotgan xodimlarga 5-8 razryad belgilanishi mumkin. Korxonadagi yetakchi mutaxassislarga (bosh agranom, bosh muxandis, bosh buxgalter va shu kabilarga, ular asosan oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim) 10-14 razryad berilishi mumkin. Viloyat miqyosidagi tashkilot, uyushma yetakchi mutaxassislari - 15-19 razryad berilishi mumkin. 121 Xodimlarni ishga qabul qilish korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi (t-1 shaklida). Buyruqda qaysi mansabga, lavozimga qabul qilinganligi, berilgan razryadi va shu kabi ko‘rsatkichlar qayd qilingan bo‘lishi lozim. Korxonaning kadrlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodim pasporti va boshqa tegishli hujjatlar asosida, xodimlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beruvchi-shaxsiy kartochka (t-2 shakli) to‘ldiradi. Korxona rahbarlari xodim bilan mehnat shartnomasi tuzadilar. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 115 moddasiga asosan xodimlarning bir haftalik ish vaqti me’yori 40 soat belgilangan. Lekin 16-18 yoshdagi yoshlarga, mehnat sharoiti qiyin bo‘lgan joylarda ishlaydigan xodimlarga hamda 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga haftalik ish vaqti 36 soatgacha belgilangan. Ko‘pincha, haftasiga 6 kun ishlaydigan korxonalarda bir kunlik ish vaqti - 7 soat, haftasiga 5 kun ishlaydigan korxonalarda esa 8 soat belgilanadi. Xodimlarning ishga chiqqanligi va bajargan ishlari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Xodimlarning ishga chiqqan kunlari va ishlagan soatlari tabelda ko‘rsatiladi. Ko‘pgina korxonalarda lavozim bo‘yicha xodimlarga doimiy tabel nomeri belgilanadi. Tabelni har bir bo‘limda, brigadada, jamoada xodimlarning ishga chiqqanligini hisobga olib boruvchi shaxs to‘ldiradi. Unda xodimning ismi, sharifi, lavozimi va oyning sanalari ko‘rsatilgan bo‘lib, shu oyning ish kunlarida necha soat ishlaganligi yoziladi. Tabel ko‘pincha bir oyda 2 marta to‘ldirilib buxgalteriyaga topshiriladi. Agarda xodim turli sabablar bilan (kasalligi, ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lganligi) ishga chiqmagan bo‘lsa, maxsus belgilar qo‘yib, ishga chiqmaganlik qayd qilinadi. Tabelga qayd qiluvchi bilan birga bo‘lim rahbari imzo qo‘yadi. Vaqtbay shaklda ish haqi oluvchilar uchun tabel asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Chunki unda har bir xodimning joriy oyda qaysi kunlari (necha kun) ishga chiqqanligi va necha soat ishlaganligi ko‘rsatilgan. Ishbay haq oladigan xodimlarga mehnat haqi hisoblash uchun bundan tashqari shu oyda qancha miqdorda ish bajarganligi to‘g‘risidagi ma’lumot zarur. Vaqtbay ishlaydigan xodimlarga, ko‘pincha bir oylik maosh (oklad) belgilanadi. Ilgari aytilganidek, vaqtbay ish haqi rahbar va idora xodimlarga (buxgalterlar, iqtisodchilar, agronomlar va shu kabilar), hamda bajargan ishning miqdorini aniqlab bo‘lmaydigan ishchilarga qo‘llanadi. Bunda YATSga asosan xodimning razryadiga tegishli tarif koeffitsienti amaldagi belgilangan minimum ish haqiga ko‘paytiriladi va xodimning bir oylik maoshi aniqlanadi. Misol: Korxonada buxgalter bo‘lib ishlaydigan xodimning razryadi 10 belgilangan, unga to‘g‘ri keladigan tarif koeffitsienti 4,361. Hozirgi paytda (2005 yil 1 oktyabrdan) minimal ish haqi 9400 so‘m belgilangan. Demak buxgalterning bir oylik maoshi – 40993 so‘m (4,361x9400 so‘m). Buxgalter joriy oyning ish kunlari to‘liq ishlagan bo‘lsa, maosh to‘liq hisoblanadi. (Bundan tashqari xodimga turli ustama va mukofotlar ham berilishi mumkin). Agarda buxgalter joriy oyda ish kunlarida kasalligi sababli to‘liq ishlamagan bo‘lsa, maosh faqat ishlagan kunlariga hisoblanadi. Misol: buxgalter iyun oyining 25 ish kunidan 20 kun ishga chiqdi, qolgan kunlari betob bo‘lib, ishga chiqa olmadi. Buxgalterning iyun oyiga ish haqi quyidagicha aniqlanadi: 122 1) Bir oylik maoshi 25 ish kuniga bo‘linib, o‘rtacha bir kunlik maoshi aniqlanadi. Bizning misolda, buxgalterning oylik maoshi - 40993 so‘m. O‘rtacha bir kunlik maoshi = 40993:25=1639 so‘m 72 tiyin. 2) Buxgalterning iyun oyida ishlagan kunlari ish haqi: 1639 so‘m 72 tiyin x 20 = 32794 so‘m 40 tiyin. Ishbay haq oladigan xodimlarga ish haqi hisoblash korxonada ish jarayonining qanday tashkil qilinganiga bog‘liq. Agarda korxonada ishning tashkil qilinishiga qarab, har bir ishchining bajargan ishining miqdorini va sifatini aniqlash mumkin bo‘lsa, unda xodimlarga individual ishbay haq hisoblanishi mumkin. Lekin ko‘pgina korxonalarda texnologik jarayon shundayki, tayyor mahsulot konveyer usulida ishlab chiqariladi yoki mehnat qilish jamoa bo‘yicha (bo‘lim, brigada, sex va shu kabilar) tashkil etilgan. Bunday sharoitda ishbay haq bajarilgan ishning miqdoriga belgilangan rassenka bo‘yicha butun jamoaga hisoblanadi. Individual ishbay ish haqida xodimning ish haqi u bajargan ishning miqdori va sifatiga bog‘liq. Misol: Tikuvchi yozgi xalat tikishga buyurtma oldi. Har bir xalatni tikkani uchun rassenka - 250 so‘m belgilangan. Tikuvchi may oyida 135 ta xalat tikdi. Demak tikuvchining may oyi ish haqi 135 x 250 so‘m = 33750 so‘m bo‘ladi. Savdo, ovqatlanish va shu kabi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda rassenka har bir 1000 so‘m oborotga belgilanishi mumkin. Jamoa ishbay ish haqida jamoa a’zolari bajargan ishlari uchun oladigan haq jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda xodimlarning kasbi, tajribasi, oylik yoki soatbay ish haqi stavkasi hisobga olinadi. Misol: Brigadada 4 kishi ishlaydi. Ular may oyida bajargan ish uchun 120000 so‘mlik (rassenka bo‘yicha) ish haqi to‘lanishi lozim. Brigadir va yana bir ishchi IIIrazryadli xodim bo‘lib, oylik maoshlari stavkasi 31000 so‘mga to‘g‘ri keladi. 3-nchi ishchi II razryad va oylik stavkasi 25000 so‘m va 4-nchi xodim I razryad bo‘lib oylik stavkasi 20000 so‘mdir. Xodimlarning oylik stavkalarini qo‘shib chiqsak, 107000 so‘m. (31000 + 31000 + 25000 + 20000) bo‘ldi. Demak ishbay ish haqi xodimlarning oylik stavkasining har bir so‘miga 1 so‘m 12 tiyin (120000 : 107000) to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqib xodimlarning ishbay ish haqini hisoblash mumkin. Brigadir va III razryadli xodimning ish haqi 31000 x 1,12 = 34751 so‘mdan; 3-chi xodimning ish haqi 25000 x 1,12 = 28028 so‘m; 4-chi xodimning ish haqi esa 22470 so‘m bo‘ladi. Xodimlar ish haqini jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlashning koeffitsient va boshqa usullari ham mavjud. Xodimlar kechasi dam olish va bayram kunlari ishlaganliklari uchun ustama haq oladilar. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan soat 22 00 dan ertasiga soat 6 00 ga ish kechasi ish hisoblanadi. Xomilador va yosh bolali ayollar, 18 yoshga to‘lmagan yosh ishchilar kechasi ishlashga qo‘yilmaydilar. Kechasi ishlagan ish kamida 1,5 barobar haq blian to‘lanadi. 123 Korxona faoliyatiga zarur bo‘lib qolsa xodimlarni dam olish (bozor) va bayram kunlari ham ishlatishi mumkin. Bunday hollarda o‘zaro kelishgan holda xodimga boshqa ish kuni dam olish (otgul) berishi mumkin. Bayram kunlari ishlagan xodimlarga mehnat haqi kamida 2 barobar to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan xodimlar har yili ta’tilga chiqib dam olish huquqiga egadirlar. Har yilgi asosiy ta’til 15 ish kunidan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. Amaldagi qonunchilikka asosan ishning xususiyatlariga va xarakteriga qarab, ta’til kunlari uzaytirilib va qo‘shimcha ta’tillar beriladi. Qo‘shimcha ta’til og‘ir va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan joyda ishlayotgan xodimlarga beriladi va bunday xududlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Tarmoq korxonalari kasaba uyushmasi bilan kelishib, jamoa shartnomasi tuzib, ta’til muddatini o‘zlari belgilashi mumkin. Lekin Respublika Mehnat Kodeksiga asosan ta’til muddati 48 ish kunidan oshib ketmasligi kerak. Xodimlar ta’til paytida kasal bo‘lib qolsa yoki xomiladorlik va tug‘ish davri, o‘qishga borish yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa vaqtlar to‘g‘ri kelib qolsa, xodimning ta’til kunlari o‘sha davrga uzaytiriladi yoki xodim bilan kelishgan holda, boshqa vaqtga buyruq asosida o‘tkaziladi. Xodimning ta’til paytidagi ish haqini hisoblash uchun uning ta’tilga chiqishdan oldingi 12 oylik ish haqi hisoblanib, umumiy summa 12 ga taqsimlanib o‘rtacha 1 oylik ish haqi aniqlanadi. Lekin ushbu davrda xodimning ish haqi (okladi) o‘zgargan bo‘lsa, ta’tilga chiqishdagi oxirgi ish haqi asos qilib olinadi. O‘rtacha bir oylik ish haqi 25,4 kunga bo‘linib (bir yilda o‘rtacha har oy 25,4 ish kuni bor deb qabul qilingan), o‘rtacha bir kunlik ish haqi aniqlanadi. Bu o‘rtacha bir kunlik ish haqi xodimning ta’til kunlariga ko‘paytirilib, xodimning ta’til paytidagi ish haqi aniqlanadi. Ayrim paytlarda: xodim birinchi yil ishlayotganda, oliy, o‘rta maxsus ta’lim, maktab kabi muassasalarning o‘qituvchilari (chunki yozgi ta’tilda xodimlar bir yil to‘liq ishlamasa ham ta’tilga chiqarishlari mumkin) 12 oy ishlamasdan ta’tilga chiqishlari mumkin. Bunday holda, o‘rtacha ish haqi haqiqiy ishlagan oylariga nisbatan hisoblanadi. Misol: buxgalter avgust 2003 yildan 24 ish kuniga ta’tilga chiqdi, buxgalterning 2002 yil oktyabr-dekabr va 2003 yil 1 maygacha oylik maoshi 19770 so‘m bo‘lgan. 2003 yil 1 maydan ish haqining o‘rtacha 20 % ga oshganligi sababli, buxgalterning oylik maoshi 23724 so‘m bo‘lgan. Demak, buxgalterning ta’tilga chiqish uchun asosiy ish haqi 23724 so‘m qabul qilinadi. Bundan tashqari buxgalter ushbu 12 oy davomida 68160 so‘m mukofot va turli qo‘shimchalar olgan (moddiy yordam qo‘shilmaydi). Ta’til haqi xodimning barcha ish haqlari bo‘yicha hisoblanganligi sababli qo‘shimcha ish haqining ham o‘rtacha bir oyligini hisoblab chiqamiz: 68160:12=5680 so‘m. Demak, buxgalterning o‘rtacha bir oylik ish haqi: 23724+5680=29404 so‘m. Bu so‘mmani 25,4 kunga bo‘lib, o‘rtacha bir kunlik ish haqini topamiz va bu summani 24 kunga ko‘paytirib, buxgalterning ta’til paytida ish haqi summasini topamiz. 29404:25,4= 1157 so‘m 64 tiyin. Ta’til davriga ish haqi 1157,64 x 24 = 27783 so‘m 36 tiyin hisoblandi. Bu summadan daromad solig‘i va ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga (2,5 %) va kasaba uyushmasi badali ushlab qolinadi. 124 Statistikadan korxona xodimlarining o‘rtacha ish haqi aniqlanadi. Buning uchun xodimlar ish haqining jami summasini ro‘yxatdagi o‘rtacha xodimlar soniga bo‘lib topiladi. Shuningdek, har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ish haqi ham aniqlanib, o‘rganiladi. Statistikada barcha xodimlarning shu jumladan ishchilarning o‘rtacha ish haqlarining dinamikasi ham o‘rganiladi va tahlil qilinadi. «Korxonalarda xodimlar mehnati va ish haqi statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar O‘rtacha ruyxatdagi xodimlar soni, xodimlar harakati ko‘rsatkichlari, ishga qabul qilinganlar koeffitsienti, ishdan ketganlar koeffitsienti, xodimlar turg‘unlik koeffitsienti, kalendar ish vaqti fondi, tabel ish vaqti fondi, maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi, mehnat unumdorligi, vaqtboy va ishbay ish haqi, o‘rtacha ish haqi. «Korxonalarda xodimlar mehnati va ish haqi statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama savollari Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni va o‘rtacha ishga kelgan xodimlar soni qanday aniqlanadi? Xodimlar harakati ko‘rsatkichlariga tavsif bering? Xodimlarning ish vaqt ko‘rsatkichlarini tavsiflang? Xodimlarning ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlari dinamikasi statistikasi. Xodimlarga ish haqi hisoblash tartibi qanday? Xodimlar ish haqi ko‘rsatkichlari va ular dinamikasi Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 125 Mavzu XIX. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA TANNARX STATISTIKASI Reja: 1. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari. 2. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish harajatlari va ularning turlari 3. Korxonalarda mahsulot tannarxi statistikasi 1. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari. Mahsulot ishlab chiqarishni korxonalar miqyosida o‘rganiladi. Korxonalar tegishli birlashmalarga, vazirliklarga birlashadi va mamlakat miqyosida jami ishlab chiqarilgan mahsulot aniqlanadi. Har bir korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni statistikaning ob’ekti hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar quyidagicha guruhlanadi: 1. Tugallanmagan ishlab chiqarish – bu ma’lum ishlab chiqarish jarayonidan o‘tgan, lekin ishlab chiqarishning barcha jarayoni tugamagan, shu korxonada mahsulot ishlab chiqarish davom etadigan mahsulotlarga aytiladi. Bunday mahsulotlar standart talablariga javob bermaydi. 2. Yarim tayyor mahsulotlar – korxonaning biror sexida ishlab chiqarish jarayonidan o‘tgan, lekin shu korxonada ishlab chiqarish jarayoni davom etadigan yoki chetga sotsa ham bo‘ladigan mahsulotlarga aytiladi. Yarim tayyor mahsulotlarga qo‘yilgan talabga javob berishi lozim. 3. Tayyor mahsulotlar - korxonadagi barcha ishlab chiqish jarayonidan o‘tgan, standart talabiga tayyor mahsulot sifatida javob beradigan va tayyor mahsulot sifatida qabul qilingan mahsulotlardir. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar natural (kg, metr, dona,…), shartli natural va pul qiymatlarida ko‘rsatiladi. Natural ko‘rsatkich ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichi. Ayniqsa bir xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda bu ko‘rsatkich keng qo‘llaniladi. Masalan: ko‘mir qazib olish, elektr energiya ishlab chiqarish va h.z lar. Lekin ayrim mahsulotlar turlari bo‘yicha natural ko‘rsatkich ishlab chiqarishni aniq ifodalamaydi. Konserva zavodida mahsulotlar turli hajmidagi bankalarda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, (10l, 3 l, 1, 0,5.) bunday paytlarda ishlab chiqariladigan mahsulotni to‘g‘ri ifodalash uchun natural ko‘rsatkichni o‘tkazish koeffitsenti bilan shartli natural ifodaga o‘tkazamiz. Lekin bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar juda kam. Bundan tashqari birlashmalar bo‘yicha, xududlar bo‘yicha ishlab chiqarishning rivojlanishini o‘rganishimiz lozim. Shuning uchun ham ishlab chiqarilgan mahsulotlar pul ifodasida, summasida ko‘rsatiladi. Pul ifodasida mahsulotlar yalpi chiqarilgan mahsulotlar, tovar mahsuloti va sotilgan mahsulotlar turlariga bo‘linadi. Yalpi mahsulot korxonaning barcha sexlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tashqariga sotilgan yarim tayyor mahsulotlar ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yig‘indisidir. 126 Tovar mahsuloti hisobot davrida ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotdir. Tovar mahsuloti ishlab chiqarish va aholi shaxsiy istemoli uchun sotilgan yoki sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar qiymati yig‘indisidir. Tovar mahsulotiga sotishga mo‘ljallangan yarim tayyor mahsulotlar, chetga ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati ham kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati tovar mahsuloti bo‘la olmaydi. Sotilgan mahsulot korxona tomonidan haridorga sotilgan yoki ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yig‘indisidir. Sof mahsulot – ishlab chiqarish jarayonida hisobot davrida (bir yilda) yangidan yaratilgan qiymatdir. Sof mahsulot hajmidan ishlab chiqarish vositalari qiymatini ayirib tashlanganiga tengdir. Mahsulot ishlab chiqarish uchun 3ta element mehnat qurollari, mehnat predmeti va inson mehnati birgalikda faoliyat yuritishi lozim. Shuning uchun ham har qanday mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyo materiallar, asosiy vositalarning eskirishi va xodimlarga to‘lanadigan ish haqi harajatlari bo‘ladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling