Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


«Pul muomalasi va kredit statistikasi» mavzusi bo‘yicha


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


«Pul muomalasi va kredit statistikasi» mavzusi bo‘yicha  
tayanch iboralar 
 
 
Pul muomalasi, pul massasi, pul miqdori standartlari, kredit mohiyati, kredit 
turlari,  kredit  vazifasi,  ta’minlangan  va  ta’minlanmagan  kreditlar,  kreditning 
o‘rtacha hajmi.  
 
«Pul muomalasi va kredit statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini 
 
nazorat va muhokama uchun savollar» 
 
1.
 
Pul muomalasining iqtisodiy mohiyati nima? 
2.
 
Bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari. 
3.
 
Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari 
4.
 
Kredit mohiyati va manbalari 
5.
 
Kredit turlari va ularning mazmuni 
6.
 
Kreditning o‘rtacha hajmini aniqlash usullari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
93 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  №133  (1994  yil  14  iyun) 
qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish 
to‘g‘risida davlat dasturi». 
3.
 
Karimov  I.A.  O‘zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev  Yo.  Makroiqtisodiy  statistika:  100  savol  va  javob.  T:  Mehnat, 
1998. 
5.
 
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
 
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
 
Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
10.
 
Shodiyev H. Hamroyev M. Moliya statistikasi. T.: A.Sino nomidagi tibbiyot 
nashriyoti, 2002. 
11.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005.              
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
94 
Mavzu XIV. TO‘LOV BALANSI VA UNING    
 
KO‘RSATKICHLARI 
 
 
Reja: 
 
1.
 
To‘lov balansining paydo bo‘lishi va ahamiyati. 
2.
 
To‘lov balansida operatsiyalarning aks ettirilishi. 
 
 
       1. To‘lov balansining paydo bo‘lishi va ahamiyati 
 
XX asrga kelib, jahon mamlakatlari iqtisodiy notekis rivojlandi. Natijada bir 
nechta  rivojlangan  mamlakatlar  paydo  bo‘ldi.  (Fransiya,  Angliya,  Gollandiya, 
Italiya  va  boshqalar).  Ular  mustamlaka  mamlakatlardan  arzon  xom  ashyo,  tabiiy 
boyliklar  va  ish  kuchi  keltirib,  sanoatni  tez  sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Natijada 
ishlab  chiqargan  mahsulotlarini  chet  mamlakatlarga  sotish  zaruriyati  tug‘ildi. 
Shunday  qilib,  jahon  hamjamiyatida  turli  xil  iqtisodiy  munosabatlar  rivojlandi. 
Mamlakatlar  o‘rtasidagi      iqtisodiy  munosabatlarni  hisob-kitob  qilib  borish  lozim 
bo‘lgan.  Buning  natijasida  to‘lov  balansi  paydo  bo‘ldi.  To‘lov  balansi  terminini 
birinchi  marta 1767 yilda ingliz iqtisodchisi D. Styuard o‘zining «Siyosiy iqtisod 
tamoyillari  tadqiqoti»  risolasida  ishlatgan.  Dastlab,  to‘lov  balansi  tashqi  savdoda 
to‘lovlarning  harakati  va  qoldig‘ini  belgilash uchun  qo‘llangan.  Xalqaro  iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanishi va kengayishi tashqi savdo operatsiyalarning davlat 
tomonidan  tartibga  solishga  va  nazorat  qilishga  olib  keldi.  1923  yilda  Amerika 
savdo  vazirligi  birinchi    bor  to‘lov  balansini  chop  ettiradi.  1924  yilda  Millatlar 
Ligasi  bir  necha  mamlakatlar  to‘lov  balansini  chop  ettiradi.  Natijada  Millatlar 
Ligasi  bir  necha  mamlakatlar  to‘lov  balanslarini  taqqoslab,  ularni  tuzish  uslubini 
takomillashtirishga  katta  hissa  qo‘shdi.  1947  yilda  BMT  bo‘limi  to‘lov  balansi 
shaklini  chop  etib,  barcha  mamlakatlarga  qo‘llashga  tavsiya  etdi.  Hozirgi  paytda 
o‘sha  shaklning  xalqaro  valyuta  fondi  (XVF)  takomillashtirgan  shakli  va  uni 
to‘lg‘azish bo‘yicha tavsiyasi qo‘llanilmoqda. 
 
2. To‘lov balansida operatsiyalarning aks ettirilishi 
 
To‘lov  balansi  –  bu  statistik  tizim  bo‘lib,  mamlakatning  ma’lum  davrdagi 
(oy,  chorak,  yil)  boshqa  mamlakatlar  bilan  barcha  iqtisodiy  operatsiyalari  qayd 
qilinadi.  To‘lov  balansi  buxgalteriya  va  statistik  balanslardan  farq  qiladi. 
Ma’lumki,  buxgalteriya  balansida  korxona  mablag‘larining  turlari  va  ularning 
tashkil  topish  manbalari  ma’lum  sanaga  pul  ifodasida  ko‘rsatiladi.  To‘lov  balansi 
esa,  iqtisodiy  operatsiyalar  natijasida  aktivlar  va  majburiyatlar  hajmidagi 
bo‘ladigan  o‘zgarishlarni  aks  ettiradi.    To‘lov  balansida  ham  xuddi  bo‘xgalteriya 
hisobidek,  schetlarda  ikki  yoqlama  yozuv  qo‘llaniladi.  To‘lov  balansida 
operatsiyalarni  qayd  qilish  uchun  ko‘rsatkichlar  debet,  kredit  va  saldoni 
ko‘rsatadigan  katakchalar  bo‘ladi.  Chet  mamlakatlarga  tayyor  mahsulotlar  va 
tovarlar  sotiladi,  uning  qiymati  esa,  to‘lanishi  lozim.  Shuning  uchun  ham  bu 
operatsiya  bir  schyotning  debetiga,  ikkinchisining  esa,  kreditiga  yoziladi.  Ya’ni 

 
 
 
95 
sotilgan  tayyor  mahsulotlar,  tovarlar  summasi  kreditlanadi.  Olinadigan  chet  el 
valyutasidagi  qiymati  debetlanadi.  Umuman,  to‘lov  balansidan  joriy  operatsiyalar 
bo‘yicha,  kapital  operatsiyalar  bo‘yicha  va  mamlakat  schetlari  bo‘yicha 
guruhlanadi.  Joriy  operatsiyalar  tovarlar  va  xizmatlar  ko‘rsatish  va  ulardan 
olinadigan  daromadlar  bo‘yicha  bo‘ladi.  Kapital  operatsiyalarga  investitsiya 
faoliyati  bilan  bog‘liq  operatsiyalar  kiradi.  To‘lov  balanslaridagi  asosan  bozor 
naxlari  qo‘llaniladi.  Bu  degan  so‘z  xalqaro  oldi-sotdi  operatsiyalarida 
qo‘llaniladigan  narxlardir.  Lekin  ayrim  operatsiyalar  bo‘yicha  ularni  bozor 
narxlarida baholash qiyinchilik to‘g‘diradi. Masalan barter operatsiyalari. Albatta, 
bunda  shu  xildagi  tovarlarning  sotilish  bahosi  hisobga  olinadi,  lekin  barterda 
berilgan tovar, mahsulot ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati olingan tovar mahsulot 
ko‘rsatilgan qiymatiga teng bo‘lish kerak. 
 
To‘lov balansida operatsiyalar qo‘yidagicha aks ettiriladi: 
 

 
Operatsiya mazmuni 
Debit 
Kredit 

tovar va xizmatlar 
tovar  va  xizmatlar 
importi 
tovar  va  xizmatlar 
eksporti 

daromadlar  (mehnat  haqi  va 
boshqa har xil daromadlar) 
norezidentlarga 
to‘lovlar 
norezidentlardan 
tushumlar 

transfertlar 
berilgan mablag‘lar  olingan mablag‘lar 

moliyaviy 
aktivlar 
bo‘yicha 
operatsiyalar 
bunday 
aktivlarni 
sotib olish 
bunday  aktivlarni 
sotish 

moliyaviy 
aktivlar 
va 
majburiyatlar 
bo‘yicha 
operatsiyalar 
talabnomaning 
ko‘payishi 
yoki 
majburiyatlarning 
kamayishi 
aks 
ettiriladi 
moliyaviy  aktivlar 
bo‘yicha 
talabnomalarning 
kamayishi 
yoki 
majburiyatlarning 
ko‘payishi 
     
«To‘lov balansi va uning ko‘rsatkichlari» mavzusi 
 bo‘yicha tayanch iboralar 
 
 
To‘lov  balansi,  joriy  operatsiyalar,  kapital  harakati,  eksport  operatsiyalari, 
import  operatsiyalari,  rasmiy  rezervlar  operatsiyalari,  xalqaro  savdo  siyosati,  ish 
kuchi migratsiyasi. 
 
 
«To‘lov balansi va uning ko‘rsatkichlari» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat 
va muhokama uchun savollar» 
 
7.
 
To‘lov balansi mohiyati 
8.
 
To‘lov balansining tarkibiy qismlari 
9.
 
To‘lov balansida joriy operatsiyalarning aks ettirilishi. 

 
 
 
96 
10.
 
To‘lov  balansida  kapital  harakati  bilan  bog‘liq  operatsiyalarning  aks 
ettirilishi. 
11.
 
To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash yo‘llari. 
12.
 
O‘zbekistonda to‘lov balansining qo‘llanilishi. 
13.
 
 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  №133  (1994  yil  14  iyun) 
qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish 
to‘g‘risida davlat dasturi». 
3.
 
Karimov  I.A.  O‘zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev  Yo.  Makroiqtisodiy  statistika:  100  savol  va  javob.  T:  Mehnat, 
1998. 
5.
 
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
 
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
 
Maxmudov B. Milliy hisobchilik asoslari.T.: “Akademiya” nashriyoti, 2003. 
10.
 
Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
11.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
97 
Mavzu XV. MILLIY IQTISODIYOTNING 
 SAMARADORLIK STATISTIKASI 
 
 
 
Reja: 
 
1.  Milliy  iqtisodiyotning  samaradorligi  haqida  tushuncha  va  bozor  munosabatlari 
sharoitida statistikaning bu sohadagi vazifalari 
2. Milliy iqtisodiyotning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
 
1. Milliy iqtisodiyotning samaradorligi haqida 
 tushuncha va bozor munosabatlari sharoitida  
statistikaning bu sohadagi vazifalari 
 
Har  bir  mamlakat  mavjud  moddiy,  moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan 
oqilona foydalangan holda iqtisodiy  samaradorlikka  erishib, ijtimoiy  va  aholining 
shaxsiy  ehtiyojlarini  yanada  to‘laroq  qondirishni  asosiy  maqsad  qilib  qo‘yadi. 
Umuman  olganda,  iqtisodiy  samaradorlik  olingan  daromadning  shu  daromadni 
olish uchun sarflangan resurslar miqdori bilan o‘lchanadi. Bundan kelib chiqadiki, 
foydalanishda bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali 
foydalanish  zarur.  Mavjud  resurslardan  tejamli  foydalanib,  ko‘proq  mahsulot 
(xizmat  ko‘rsatish)  ishlab  chiqarish,  pirovard  natijada  aholining  moddiy  va 
ma’naviy  ehtiyojlarini  ko‘proq  qondirishdir.  Olingan  Samara  (daromad)  mahsulot 
ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu 
mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanishiga  va  xalq  farovonligining  yaxshilanishiga 
olib keladi.  
Bozor  munosabatlari  sharoitida  milliy  iqtisodiyotning  samaradorlik 
statistikasiga quyidagi vazifalar belgilangan: 

 
milliy  iqtisodiyotning  samaradorlik  ko‘rsatkichlar  tizimini  aniqlash 
va ularni hisoblash uslublarini yaratish; 

 
milliy iqtisodiyot samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimini 
aniqlash; 

 
ijtimoiy  ishlab  chiqarish  samaradorligining  haqiqiy  darajasini 
aniqlash; 

 
milliy  iqtisodiyot  samaradorligiga  ta’sir  etuvchi  omillarni  o‘rganish 
va samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash. 
Albatta  milliy  iqtisodiyotni  samaradorligi  murakkab  bo‘lib,  juda  ko‘p 
omillarga  bog‘liq.  Bularga  mamlakatning  tabiiy  sharoiti,  tabbiy  boyliklari, 
tarmoqlar  va  sektorlarning  rivojlanish  darajasi,  ishlab  chiqarish  vositalarining 
ta’minoti  va  texnik  darajasi,  xodimlarning  bilim  va  tarbiya    saviyasi,  boshqaruv 
tizimining mukammlligi va shu kabilar ta’sir qiladi.  
 
 
 
 
 

 
 
 
98 
2. Milliy iqtisodiyotning samaradorligini ifodalovchi  
ko‘rsatkichlar tizimi 
 
Milliy  iqtisodiyotning  samaradorligi  murakkab  kategoriya  bo‘lganligi 
sababli  ko‘rsatkichlar    tizimi  bilan  baholanadi.  Iqtisodchi  olim,  professor 
Yo.Abdullayev  samaradorlik  ko‘rsatkichlarini  3  guruhga  bo‘lib  o‘rganishni  taklif 
etadi.  (Yo.Abdullayev  Makroiqtisodiy  statistika.  T.,  Mehnat,  1998  y.  –  213-bet). 
Ularga integral, umumlashtiruvchi va xususiy ko‘rsatkichlar guruhi kiradi.  
Integral  ko‘rsatkich  –  makro  darajada  samaradorlikni  yaxlit  ifodalab, 
hududlar  samaradorligini  va  samaradorlik  darajasi  bo‘yicha  reytinglarini 
aniqlashga  xizmat  qiladi.  Prof.  Yo.Abdullayev  makroiqtisodiy  samaradorlikning 
integral ko‘rsatkichi aholi jon boshiga yaratilgan sof milliy daromad (SMD) hajmi 
va uning ortib borishi bilan ulchanadi, deb ko‘rsatadi.  
 
 
 
 
IK = 

A
SMD
;  
Bu yerda: IK – samaradorlikni integral ko‘rsatkich darajasi;  
 
             

A
- aholining o‘rtacha soni
 
Sof milliy  daromadning hajmi xalq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchilar soni 
va mehnat unumdorligiga bog‘liq. Bu ikki ko‘rsatkich ham o‘z navbatida juda ko‘p 
omillar  ta’siriga  boqliq.  Xodimlar  soni  mamlakatdagi  aholi  soniga,  uning  ishga 
layoqatli  qismiga,  ishsizlik  darajasiga,xodimlar  ishlagan  vaqtga  va  shu  kabi 
omillarga bog‘liq. 
Xodimlarning  mehnat  unumdorligining  mehnat  unumdorligi  eng  muhim 
sifat  ko‘rsatkich  bo‘lib,  qayerda  va  qanday  ma’lumotlar  asosida  hisoblanishiga 
qarab:  natural,  shartli  natural,  mehnat  va  qiymat  usullarida  aniqlanishi  mumkin. 
Mehnat  unumdorligi  umuman  ma’lum  vaqtda  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  hajmi 
yoki  ma’lum  hajmdagi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun  ketgan  vaqt  bilan 
o‘lchanadi. 
Bir  xil  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda  mahsulot  unumdorligi 
bevosita  natural  usulda,  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  hajmini  (q  yoki  Q  ni  tonna, 
m., dona va shu kabi) shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtga (t) 
yoki ishlagan xodimlar soniga (S) bo‘lib topiladi. 
V = 
S
Q
yoki
t
Q
 
Bu yerda: V = mehnat unumdorligi. 
Ko‘pincha qazib oluvchi korxonalarda (ko‘mir, temir va boshqa rudalarni) 
va  qishloq  xo‘jaligida  (terilgan  paxta,  yetishtirilgan  don  va  boshqa  mahsulotlar) 
natural ko‘rsatkichdagi mehnat unumdorligi ko‘p qo‘llaniladi. 
Ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  bir  xil  bo‘lib,  lekin  har  xil  hajmda 
tayyorlansa  (qadoqlansa,  taraga  joylashtirilsa)  yoki  har  xil  sifatli  bo‘lsa,  unda 
ularni  bir  xil  hajm  yoki  sifatga  keltirib,  shartli  natural  hajmini  aniqlaydi  va  bu 
asosda mehnat unumdorligi topiladi. 

 
 
 
99 
Mehnat  unumdorligining  asosiy  umumiy  ko‘rsatkichi  qiymat  (pul 
ifodasiga)  ko‘rsatkichidir.  Bu  asosda  korxonalar,  tashkilotlar  hududlar  va 
mamlakat  miqyosida  mehnat  unumdorligini  aniqlash,  taqqoslash,  dinamika 
o‘zgarishni  o‘rganish  hamda  unga  ta’sir  qilgan  omillarni  aniqlash  imkoniyati 
to‘g‘iladi. 
Mehnat  unumdorligidan  tashqari  iqtisodiy  samaradorlikning  juda  ko‘p 
xususiy  ko‘rsatkichlari  hisoblanishi  mumkin.  Ularni  qaysi  resurslardan 
foydalanishni ifodalashiga qarab, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

 
mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

 
asosiy vositalardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

 
moddiy sarflardan samrali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

 
moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

 
investitsion faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. 
 
Resurslarni  ifodalovchi  ko‘rsatkichlar  ham,  resurslarning  turlari  ko‘p 
bo‘lganligi  sababli  ko‘pdir.  Masalan,  barcha  asosiy  vositalarning  foydalanish 
samaradorligini, ularning qaytimi, daromadliligi, foydaliligi (rentabilligi) ifodalasa, 
asosiy  vositalarning  ayrim  turlarini  ifodalovchi  ko‘rsatkichlar  ham  mavjud.  Yuk 
tashuvchi  mashinaning  (transportning)  samaradorligi  qancha  yukni  necha  km.  ga 
tashiganligi ya’ni tonna – km. bilan o‘lchanadi. 
Lekin,  shuni  ham  takidlash  kerakki,  samaradorlikning  hususiy,  umumiy 
ko‘rsatkichlari,  resurslar  bo‘yicha  ko‘rsatkichlari  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq. 
Iqtisodiy  samaradorlikni  oshirishning  ekstensiv  va  intensiv  usullari  mavjud. 
Ekstensiv  usulda  qo‘shimcha  resurslar  sarflanadi,  yangi  yerlar  ochiladi 
(mirzacho‘l,  jizzax  cho‘llari  kabi),  yangi  konlar  foydalanishga  topshiriladi,  yangi 
zavod,  fabrikalar  ishga  tushiriladi,  yangi  ish  joylari  tashkil  etiladi  va  shu  kabilar. 
Lekin  bu  usul  chegaralangan,  chunki  resurslar  hajmi  chegaralangandir.  Ekstensiv 
usulda  mehnat  unumdorligi  darajasi  o‘zgarmaydi,  oshmaydi,  demak  mahsulot 
birligiga harajatlar ham kamaymaydi. Shuning uchun ham ekstensiv usuldan ko‘ra 
intensiv  usul  foydaliroq.  Intensiv  usulda  qo‘shimcha  resurslar  sarflanmasdan, 
mavjud  resurslardan  tejab-tergab,  yangi  texnika  va  texnologiyalarni  qo‘llab, 
ko‘proq  mahsulot  ishlab  chiqarishdir  (xizmat  ko‘rsatishdir).  Binobarin  bu 
mamlakat  miqyosida  yalpi  ichki  mahsulotning  ko‘payishiga  va  aholi  turmush 
darajasining yaxshilanishiga olib keladi. 
 
«Milliy iqtisodiyotning samaradorligi haqida tushuncha va bozor 
munosabatlari sharoitida statistikaning bu sohadagi vazifalari» mavzusi 
bo‘yicha tayanch iboralar 
Iqtisodiy  samaradorlik,  moddiy  resurslar,  mehnat  resurslari,  milliy 
iqtisodiyot  samaradorligi,  integral  ko‘rsatkich,  xususiy  ko‘rsatkich,  mehnat 
unumdorligi, intensiv usul, ekstensiv usul.  
 
 

 
 
 
100 
«Milliy iqtisodiyotning samaradorligi haqida tushuncha va bozor 
munosabatlari sharoitida statistikaning bu sohadagi vazifalari» mavzusi 
bo‘yicha o‘z – o‘zini nazorat va muhokama savollari 
 
1. Milliy iqtisodiyotning samaradorligi haqida tushuncha. 
2.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  milliy  iqtisodiyot  samaradorligi 
statistikasi vazifalari. 
3. Milliy iqtisodiyot samaradorligining integral va umumiy ko‘rsatkichlari. 
4. Iqtisodiy samaradorlikning xususiy ko‘rsatkichlari. 
5. Makroiqtisodiy samaradorlikni oshirish usullari. 
6.  Makroiqtisodiy  samaradorlik  darajasiga  ta’sir  etuvchi  omillar  va  ularni 
statistik o‘rganish. 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  №133  (1994  yil  14  iyun) 
qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish 
to‘g‘risida davlat dasturi». 
3.
 
Karimov  I.A.  O‘zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev  Yo.  Makroiqtisodiy  statistika:  100  savol  va  javob.  T:  Mehnat, 
1998. 
5.
 
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
 
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
 
Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
10.
 
Shodiyev X., Hamroyev M. Moliya statistikasi.T.: A. Sino nomidagi tibbiyot 
nashriyoti., 2002. 
11.
 
Yaqubov  N.O.  va  boshqalar.  Balans  muammolari.  T.:  O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004 
12.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
101 
     Mavzu XVI. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT 
                                   STATISTIKASI  
Reja: 
 
1.
 
Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi. 
2.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari. 
 
         1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi 
 
 
Jahon hamjamiyatidagi mamlakatlar turli xil iqtisodiy rivojlanishda. Barcha 
mamlakatlar  o‘zaro  iqtisodiy  aloqada  bo‘ladi.  Bunday  aloqalar  tovarlar  va 
xizmatlar muomalasi, tushum va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari bo‘lishi mumkin. 
Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni egallaydi. 
Tashqi  savdo  eksport  va  importdan  iborat.  Tashqi  savdoga  mamlakatda 
tayyorlangan  tovarlarni  sotish,  olib  kelingan  xom  ashyo  yoki  tovarlarni  qayta 
ishlab,  eksportga  chiqarish  kiradi.  Importga  esa,  shu  mamlakat  ichida  iste’mol 
qilinadigan tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim 
tayyor mahsulot sifatida sotib olish kiradi. Umuman, tovarlarni tashqari savdoda 2 
xil hisobda olib boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob. 
 
Maxsus  hisobda  tovarlar  qayta  ishlanib,  sotilishi  lozim  bo‘lganlar  hisobga 
olib  boriladi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  savdodan  tashqari,  turli  xil  xizmat 
ko‘rsatishlar  ham  kiradi.  Bu  xizmatlarning  asosiylari  transport  xizmati,  sug‘urta 
xizmati  va  ma’lumotlar  xizmatidir.  Transport  xizmatlariga  transportning  barcha 
turlari  bo‘yicha,  temir  yo‘l,  dengiz-havo  yo‘llari  bo‘yicha  bo‘ladigan  xizmatlar 
kiradi.  Sug‘urta  xizmatiga  mamlakatlarning  sug‘urta  kompaniyalarining  chet  el 
hamkorlariga  savdo  bo‘yicha  yuklarni,  odamlarning  hayotini,  turli  xil  tabiiy 
ofatlardan  yo‘qotishlardan  sug‘urtalash  kiradi.  Ma’lumotlar  xizmatiga  yuklar 
bo‘yicha, passajirlar bo‘yicha va turli xil axborotlar bo‘yicha hamda gazeta, jurnal, 
televideniye  kabi  axborotlarni  yetkazib  turish  kiradi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda 
bundan tashqari moliyaviy xizmatlar va davlat boshqaruv xizmatlari ham bo‘ladi. 
 
                    2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling