Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206
Bog'liq
sss111

10.5-jadval 
O‘zbekiston Respublikasida aholi yalpi xarajatlarining tarkibi, 
foizda 
Ko‘rsatkichlar 
1990 

2000 

2010 

2016 

2020 
1. Jami xarajatlar tarkibi 
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 
ulardan: 
iste’mol xarajatlari 
81,1 
84,3 
78,4 
83,2 
87,0 
Iste’moldan tashqari xarajatlar 
(soliqlar, a’zolik badallari va 
boshqa majburiy to‘lovlar) 
7,1 
6,9 
6,2 
16,8 
13 
pul omonatlari va jamg‘armalar 
11,8 
8,8 
15,4 
2. Jami iste’mol xarajatlari 
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 
shu jumladan: 
oziq-ovqat mahsulotlari uchun 
58,3 
59,8 
49,8 
47,6 
40,3 
nooziq-ovqat mahsulotlari 
uchun 
31,5 
26,8 
33,7 
32,0 
28,9 
xizmatlar uchun to‘lovlar 
10,2 
13,4 
16,5 
20,4 
17,8 
Jadval malumolaridan ko‘rinib turibdiki, aholi xarajatlarining katta 
qismini iste’mol xarajatlarini tashkil etadi. Agarda 1990 yilda aholi 
xarajatlarining 81 %ni iste’mol xarajatlari, 11,8 %ni pul omonatlari va 
jamg‘armalari tashkil qilgan bo‘lsa, 2016- yilga kelib iste’mol 
xarajatlarining hissasi 83,2% ga ko`payib, pul omonatlari va 
jamg‘armalari hissasi deyarli 16,8%gacha ko‘tarilgan. Bu ko‘rsatkichlar 
aholi xarajatlarining mutloq summadagi hajmi oshib borishi bilan bir 
vaqtda, ularning daromadlari xarajatlaridan ortib qolayotganligini 
natijada daromadlarining ko‘proq qismini banklarga omonatlarga 
quyayotganligini ifodalaydi.
 
10.6. Daromadlar tengsizligi va kambag‘allik chegarasi 
Dunyo mamlakatlari aholisi turmush darajasi bilan farq qiladi. 
Bunga turli sabablar bilan (ko‘p yillar mustamlaka bo‘lganligi, tabiiy 
sharoiti, ko‘p yillik urushlar va shu kabilar) mamlakatlar 
iqtisodiyotining turlicha rivojlanishi asosdir. Lekin bir mamlakat ichida 
ham aholining turli qatlamlari daromadlari har xildir. Aholining aql-
idroki, jismoniy sog‘lomligi, bilimi, malakasi, oila tarkibi, tadbirkorlik 
omadi har xil. Shu sababli oilalar turlicha daromad topadilar va natijada 


187 
turmush darajalari har xil bo‘ladi. Nazariy jihatdan daromadlarning 
haqiqiy taqsimoti egri chiziq bilan ifodalanadi va Lorens chizig‘i 
deyiladi. 
50 -
40 -
30 - 
20 - 
10-
10 20 30 40 50 % oilalar foizi 
Mutloq tenglikni ifodalovchi to‘g‘ri chiziq bilan Lorens egri 
chizig‘i o‘rtasidagi tafovut daromadlar tengsizlik darajasini ifodalaydi. 
Bozor munosabatlari aholi daromadlarining mutloq tengligini inkor 
etadi. Shu bilan birga 10 % aholi daromadlarining 100 % ini o‘zlashtirib 
olishi mumkin ham emas. Chunki bunday holda 90 % aholi daromadsiz 
qolib, qashshoqlikga mahkum etilgan bulur edi. 
Bozor munosabatlari sharoitida aholining bir qismi daromadlari 
kam bo‘lganligi sababli moddiy va manaviy ehtiyojlarini to‘liq qondira 
olmaydi. Aholining bunday qatlamini kambag‘allar deyiladi. Aholi 
daromadlari va kambag‘allik darajasini oilalarni tanlab kuzatish yo‘li va 
normativ usul bilan aniqlash mumkin. Tanlab ko‘zatish usulida oila 
daromadlari mamlakat o‘rtacha daromadidan bir necha baravar past 
bo‘lsa, bu oila kambag‘al hisoblanadi. Ko‘pincha, shu jumladan 
O‘zbekistonda ham normativ usulda kambag‘allik aniqlanadi. Bu usulda 
eng zaruriy oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlar va xizmatlar to‘plami 
(iste’mol savati) qiymati asosida aniqlanadi. Bu qiymat iste’mol 
budjetini tashkil etadi. Eng kam iste’mol budjetiga yoki uning bir 
qismiga (misol 50 % foizi) to‘g‘ri keladigan daromad kambag‘allik 
chegarasi (kch) deyiladi. Hukumatimiz kambag‘allik chegarasidan past 
darajada yashovchi aholiga turli yordam ko‘rsatib, o‘zining ijtimoiy 
himoyasiga olgan. 
Mamlakat yoki hudud bo‘yicha kambag‘allikning vaqt (davr) 
mobaynida o‘zgarishi statistikada kambag‘allik indeksida ifodalanadi. 
Kambag‘allik indeksi (Jk) ushbu davrdagi kambag‘allik koeffitsientini 
(KK
1
) taqqoslanayotgan bazis davr kambag‘allik koeffitsientiga (KKo) 
bo‘lib topiladi. Ya’ni Jk = KK
1
: KKo: 


188 
O‘z navbatida kambag‘allik koeffitsientlari esa joriy davr yoki 
bazis davrlarda kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan 
aholi (KCHPA) sonini barcha aholining tegishli davrdagi o‘rtacha 
soniga bo‘lib topamiz. 
KK
1

1
1
А
КCHPА
; KK
0

Ао
КCHPАо

Bu ko‘rsatkichlarni statistik o‘rganish natijasida davr mobaynida 
kambag‘allik 
darajasining 
chuqurlashib 
borayotganligini 
yoki 
sayozlashayotganligini aniqlash mumkin. Bu yerda Jk >1 bo‘lsa, 
kambag‘allik darajasi chuqurlashayotganini bildiradi. Kambag‘allik 
darajasining sayozlashuvi umuman aholi turmush darajasining 
yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. 
Kishilarning yashash minumimi – eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat
mahsulotlari, nooziq-ovqat iste’mol buyumlari va xizmatlar to‘plami 
qiymatlarining yig‘indisidir. U «istemol savati» nomi bilan ataladi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling