Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


 Aholi daromadlari va xarajatlari statistikasi


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206
Bog'liq
sss111

10.5. Aholi daromadlari va xarajatlari statistikasi 
Sobiq SSSRning rejali iqtisodiyot tizimida aholining asosiy 
daromadi ishlayotgan xodimlarning mehnat haqlaridan iborat edi. 
O‘zbekiston mustaqil bo‘lib bozor iqtisodiyotini tanladi. Bozor 
iqtisodiyoti aholining aql-zakovati, tadbirkorligini namoyon etish 
imkoniyatini 
tug‘dirib, 
qonunda 
ta’qiqlanmagan 
(qonunda 
ta’qiqlanganlari: qurol-yarog‘, narkotik moddalar ishlab chiqarish va 
sotish bilan shug‘ullanish va shu kabilar) barcha faoliyat turlari bilan 
shug‘ullanib, daromad olish mumkinligini yaratdi. Hozirgi paytda aholi 
ishlab mehnat haqqi (barcha ustamalari bilan), turli tadbirkorlik, 
hunarmandchilik qilib daromad, mulkini ijaraga berib – ijara haqqi
qimmatbaho qog‘ozlar sotib olib, ulardan dividend (foiz), dehqonchilik, 
chorvochilik bilan shug‘ullanib daromad olmoqdalar. Aholining 
daromad oladigan manbalari ko‘pligi sababli, iqtisodchi olimlar ularni 
guruhlashni – tasniflashni tavsiya etganlar.
Professor Yo.Abdullayev oila daromadini 3 guruhga: mehnat bilan 
olingan daromad, mulkdan kelgan daromad, davlatning birlamchi 
daromadi kabilarga bo‘ladi.

Professor M.K.Pardayev oila daromadlarini 5 guruhga bo‘lishni 
maqsadga muvofiq deb, quyidagilarni ko‘rsatadi
2

4
Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998 y. 182-183 betlar. 
1. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998 y. 
2. Pardayev M.K., Shodiyeva G.M. Oila xo‘jaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. Samarqand SamKI. 2001, 25 bet.


178 
1. Mehnat qilish yo‘li bilan olinadigan daromad; 
2. Tadbirkorlik yo‘li bilan olinadigan daromad; 
3. Mulkni ishlatish orqali olinadigan daromad
4. Davlat tomonidan beriladigan daromad; 
5. Huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan xayriyalar, 
sovg‘alar va boshqa muruvvatlar. 
Bizlar aholi daromadlari guruhlanishini keltirish bilan ularning 
turlari ko‘p ekanligini ta’kidlamoqchimiz xolos. 
Aholi daromadlarining asosiy turlaridan biri mehnat haqqidir. 
Xodimlar bajargan ishlarining miqdori va sifatiga qarab, vaqtbay yoki 
ishbay shakllarida ish haqqi oladilar. O‘zbekistonda yagona tarif setkasi 
(YATS) joriy qilingan bo‘lib, budjet qaramog‘idagi muassasalar 
xodimlari YATS asosida mehnat haqqi oladilar. Nodavlat sektorida 
faoliyat yurituvchi xodimlarga mehnat haqqi hisoblashda ham YATSga 
asoslaniladi, lekin korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lsa, YATSga 
nisbatan ko‘proq maosh to‘lashi ham mumkin. YATSda barcha ishlarga 
haq to‘lash 0 dan 22 razryadgacha bo‘lingan bo‘lib, har bir razryadga 
tegishli ta’rif koeffitsiyenti belgilangan. Vaqtbay shaklida oylik maosh 
oladigan xodimlarga ish haqqi razryadiga to‘g‘ri keladigan ta’rif 
koeffitsiyentni amaldagi minimal ish haqqi miqdoriga ko‘paytirib 
topiladi. Minimal ish haqqi miqdori Respublika Prezidenti farmoni 
bilan bir necha bor oshirib kelinmoqda. Quyida minimal ish haqqining 
keyingi yillarda qanchalik oshirilganligini jadvalda ko‘raylik. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling