218
davrda (ko‘pincha bir yil) pirovard iste’mol
uchun ishlab chiqarilgan
tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir.
YaIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: birinchidan
barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar)
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq
xo‘jaligi, transport,
qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi
tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu
jumladan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaligi
va yakka tartibdagi
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va
shu kabi xizmat turlari kiradi.
Ikkinchidan, YaIM – barcha ishlab
chiqarilgan mahsulotlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi)
iste’mol uchun sarflanadigan mahsulot va xizmatlar qiymati bilan
hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan
xom ashyo, materiallar,
elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar
qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot
ishlab chiqarish uchun
sarflangan qiymatlar YaIMga qo‘shilmaydi. Demak YaIM da qaytadan –
ya’ni takroriy sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat
ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar faqat bir marta hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: