Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati 2 848,0 14 233,3 69 473,0 201 204,0 557 831,5
- YaIM = (MR+XR) - OI.
8
(mlrd.so`mda) Ko‘rsatkichlar 2000 2005 2010 2015 2020 2021 I. YAIM, jami 3 255,6 15 923,4 78 936,6 221 350,9 602 193,0 734 587,7 Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati 2 848,0 14 233,3 69 473,0 201 204,0 557 831,5 681 423,7 Mahsulotlarga sof soliqlar 407,6 1 690,1 9 463,6 20 146,9 44 361,5 53 164,0 II. Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati 2 848,0 14 233,3 69 473,0 201 204,0 557 831,5 681 423,7 Qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi 978,5 4 192,8 21 251,3 64 680,3 151 279,6 183 518,5 Sanoat (qurilishni qo`shgan holda) 658,6 4 142,0 16 757,9 49 849,2 190 736,4 235 408,9 sanoat 462,4 3 370,9 12 997,3 38 466,6 153 187,9 189 606,8 qurilish 196,2 771,1 3 760,5 11 382,6 37 548,5 45 802,1 Xizmatlar 1 210,9 5 898,5 31 463,8 86 674,5 215 815,5 262 496,3 8 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2 219 savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar 351,6 1 400,2 5 982,7 16 145,3 37 341,3 47 577,5 tashish va saqlash, axborot va aloqa 250,6 1 676,7 7 337,8 19 158,2 39 125,8 48 851,3 boshqa xizmat tarmoqlari 608,7 2 821,6 18 143,3 51 371,0 139 348,4 166 067,5 12.3. YaIM ni hisoblash usullari YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblanganda mamlakat miqyosida barcha rezidentlari tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar summasini tarmoqlar va sektorlarda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilingan mahsulotlar va xizmatlar ya’ni oraliq iste’mol (OI) qiymatini ayirib tashlab topiladi. Ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ya’ni ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (JIM) tarkibiga: • o‘z iste’moli yoki boshqa rezidentlarga sotilgan mahsulotlar; • boshqa rezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar; • davlat boshqaruv idoralari va notijorat nodavlat tashkilotlariga ko‘rsatilgan xizmatlar; • uy xo‘jaligiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va shu kabilar kiradi. Haq to‘lanadigan uy xo‘jaligi xizmatlari ya’ni o‘z uyidagi ovqat tayyorlash, Kir yuvish va shu kabilar MHT tasnifi bo‘yicha JIM tarkibiga kiritiladi. YaIM ishlab chiqarish usulida barcha yaratilgan mahsulotlar (m) va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat. YaIM = (MR+XR) - OI. Misol: ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor bahosidagi qiymati MR = 1092,6 birlik. Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan xom ashyo va boshqa oraliq iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4 YaIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4 =972,1 YaIM ni taqsimlash usulini hisoblashda mamlakatdagi barcha rezidentlarga taqsimlangan va ular olgan daromadlarning umumiy yig‘indisi hamda ishlab chiqarish va importga qilingan sof soliq sifatida 220 hisoblanadi. Mamlakatdagi rezidentlar daromadlariga xodimlar (yollanma ishchilar) olgan mehnat haqqi (MH), ishlab chiqarishga va importga sof soliq (s), hamda moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan olingan yalpi daromadlar (Yad) kiradi. Xodimlarga to‘langan mehnat haqqiga natural va pul ifodasida berilgan vaqtbay yoki ishbay ish haqqi, ish haqqiga qo‘shimcha va ustamalar, turli xil mukofotlar va rag‘batlantirishlar, har yilgi ta’til uchun va malaka oshirish uchun yo‘lovchilar va shu kabilar. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalar ham mehnat haqqi guruhiga kiritiladi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari rezidentlar tomonidan amalga oshiriladi va kelgusida xodimlarning nafaqa olishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar summasidan xodimlar kasal bo‘lib qolgan paytlari yoki kasal bo‘lgan oila a’zolariga qarash uchun ishga chiqmagan paytlari nafaqa to‘lash, nogironlarga nafaqa, ayollarning dekret ta’tiliga chiqqan va yosh bolalarni tarbiyalash paytida to‘lanadigan nafaqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar belgilangan stavkalarda xodimlarga hisoblangan ish haqqi jami summasidan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga ajratma qiladi. Xodimlarning ishsizlik davrida himoya qilish uchun aholining bandlik jamg‘armasi tuzilgan va bu jamg‘armani mehnat birjasi boshqaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aholi bandlik jamg‘armasiga ham ajratma qiladi va bu summa ham daromadlar taqsimoti hisoblanadi. Mahsulotlar ishlab chiqarish va import solig‘iga mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat budjetiga to‘lanadigan solig‘lar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, reklama solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar) hamda turli xil litsenziyalar olish uchun to‘lovlar kiradi. Bu soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan majburiy ravishda to‘lanadi va qaytarib berilmaydi. Umuman iqtisodiy mohiyati jihatdan yangidan yaratilgan qiymatning bir qismidir.. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlarni sotish, xizmat ko‘rsatishdan olgan sof tushumlaridan va boshqa daromadlaridan sotilgan mahsulot tannarxini (ish haqqi ham birgalikda) va boshqa moliyaviy xarajatlarini ayirib tashlasa, to‘langan soliqlarni ham chiqarib tashlasa yalpi foydasi qoladi. Qishloq xo‘jaligida shug‘ullanuvchi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi sub’ektlarda mahsulot sotishdan tushgan tushumdan xarajatlar va soliqlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan summa yalpi aralash daromadlar deyiladi. Chunki bu daromadlar ichida o‘zining mehnatiga tegishli haq (daromad) ham bor. 221 Shunday qilib, YaIM ni taqsimlash usulida xodimlarga hisoblangan mehnat haqqi (MH), davlat budjetiga to‘langan soliqlar (S) va sub’ektlarning yalpi foydalari (YAF) yig‘indisi ko‘rinishida ifodalasa bo‘ladi. YaIM = MH +S+YAF Agarda juda keng ma’noda yozadigan bo‘lsak, bu formulani quyidagicha yozish mumkin. YaIM = MH+ISA+ABFA+ST+YAF. Bu yerda ISA – ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; ABFA – aholining bandlik fonidiga ajratmalar; ST – soliq va to‘lovlar. YaIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan xarajatlar, (TXI) xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda tovar va xizmatlar eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIM = TXI+YAJ+EIS. Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: • iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan summalar (TXX); • natura shaklida olingan (mehnat haqqi yoki boshqa tarzda) iste’mol tovarlari va xizmatlar (NTX); • uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan tovarlar va xizmatlar (UITX); • davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy is’temol xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan xarajatlar (DBNTJIX). Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash mumkin: TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining o‘zgarishi (AMZO‘), sof Xarid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi. Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli daromad keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va asbob uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, 222 xo‘jalik investorlari kabilar kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad olish uchun asosiy vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan sarflar mablag‘larga aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda olingan (Xarid qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi. AVYAJ = AVS – AVX; Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati: AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi. Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Lekin bunda moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish (TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi. Demak moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralar o‘zgarishini (AMZO‘) ularning o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST; Sof Xarid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling