Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.5. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi
Milliy boylik
225 moddiy, nomoddiy va moliyaviy resurslardan tashkil topadi. Korxona, firmalar aktivlari balansning aktiv tomonida ko‘rsatiladi. Passivlar deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining qarzlari yoki qarzlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlariga aytiladi. Passivlar ham turli-tuman: banklardan qarzdorlik, kreditorlardan qarzdorlik, xodimlardan mehnat haqqi va boshqalardan qarzdorlik va hokazolar kiradi. Korxona, firmalar aktivlaridan majburiyatlarini ayirib tashlasak, korxona firmaning sof kapitali, ya’ni korxonaning o‘z ixtiyoridagi xususiy kapitali kelib chiqadi. Aktiv – majburiyatlar = xususiy (o‘z) kapitali. 12.5. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi Korxonalar faoliyat yuritishlari uchun ma’lum miqdorda asosiy vositalarga ega bo‘ladilar. Asosiy vositalar deb korxonada ko‘p yil foydalanadigan mehnat qurollari: ya’ni binolar, inshootlar, asbob- uskunalar, mashinalar kabilarga aytiladi. Ular milliy boylikning asosiy qismini tashkil etadi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida eskiradi va o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga o‘tkazadi. Shuning uchun ham asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) va qoldiq qiymatlarda baholanadi. Asosiy vositalar juda turli-tuman, ular statistikada quyidagi 12 guruhga bo‘linadi: 1. binolar 2. inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hakozalar). 3. uzatuvchi qurilmalar (transportyorlar, elektr liniyalar va hakozolar). 4. mashina va uskunalar (matorlar, dizellar va shu kabilar). 5. transport vositalari (avtomobil, samolyot va shu kabilar). 6. uskunalar (elektr parmalagichlar, turli kalitlar va shu kabilar) 7. ishlab chiqarish jihozlari (ish stollari va shu kabilar) 8. xo‘jalik anjomlari (shkaflar, seyflar, muzlatgichlar va shu kabilar). 9. hayvonlar (ishchi va mahsulot) (otlar, tuyalar, ona sigirlar va shu kabilar). 10. ko‘p yillik daraxtlar (mevali bog‘lar, manzarali daraxtlar va shu kabilar) 11. Yerning holatini yaxshilash va foydali qazilmalar topish uchun qilingan xarajatlar. 12. Boshqa asosiy vositalar (adabiyot, san’atning nodir asarlari). 226 Asosiy vositalar quyidagi baholarda ifodalanadi: 1. dastlabki (boshlang‘ich) bahosi 2. qayta tiklash bahosi 3. qoldiq bahosi Asosiy vositalar eskiradi. Ularning yillik eskirish summasi va normasi hisoblanadi: A = Т L М Кr V P − + + ) ( yillik eskirish summasi. Bu yerda P(V) – asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) qiymati; Kr – kapital ta’mirlashga sarflanadigan xarajat; M – modernizatsiya, L – likvidatsiyada olinadigan daromad T – asosiy vosita xizmat muddati. N A = ) ( 100 v p а + Asosiy vositalarning eskirish normasi. Korxonalar asosiy vositalarining holati va foydalanish samaradorligini o‘rganishda ko‘pgina ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar tizimini 3 guruhga : - asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga bo‘lish mumkin. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. - asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi; - asosiy vositalar faol qismining asosiy vositalarning umumiy summasidagi ulushi; - asosiy vositalar eskirish koeffitsienti; - asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti; - asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti; - asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti. Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin: - korxonaning fond bilan qurollanganlik darajasi; - faoliyat natijalarining fondlardagi sig‘imi; - korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi; - korxona xodimlarining (ishchilarning) texnika bilan 227 ta’minlanganligi va boshqa ko‘rsatkichlar. Korxonaning asosiy vositalardan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. - asosiy vositalarning qaytimi ya’ni har bir so‘m asosiy vositalarga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligi; - asosiy vositalarning daromadliligi; - asosiy vositalarning rentabelligi (foydaliligi). Korxonaning asosiy vositalarini o‘rganishda buxgalteriya hisobi va hisoboti, biznes- reja, statistik hisobot ma’lumotlari, hamda audit, soliq idoralari, tekshiruv ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalaridan foydalaniladi. Ayniqsa buxgalteriya hisoboti ma’lumotlaridan: shakl № 1 “Buxgalteriya balansi”, shakl № 2 “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”, juda zarur hisoblanadi. Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblashda analitik hisob ma’lumotlaridan ham foydalanish lozim. Korxona asosiy vositalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini qo‘yidagi sxemada berilgan. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling