Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Asosiy vositalar (av) samaradorligini


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206
Bog'liq
sss111

Asosiy vositalar (av) samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash yo‘llari. 
Ko‘rsatkichlar tizimi 
AV.ning qaytimi 
(AV.Q) 
AV.ning 
daromadliligi (AV.D) 
AV.ning 
rentabelligi (AV.R)
A.V.Q =
V
A
Q

A.V.D 
=
V
A
Daromadlar
.
100

A.V.R =
V
A
foyda
.
100

1 so‘m asosiy 
vositalar qiymatiga 
qancha natija 
(mahsulot, tovar 
oboroti va h.k.) 
to‘g‘ri kelishini
1 so‘m asosiy 
vositalar qiymatiga 
to‘g‘ri keladigan 
daromadlar 
summasi
1 so‘m asosiy 
vositalar qiymatiga 
qancha foyda 
to‘g‘ri kelishi
 
12.6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar statistikasi 
ahamiyati 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarish tizimi, 
xo‘jalik yuritish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Turli mulk shakliga 
asoslangan korxonalar erkin raqobat sharoitida faoliyatlarini moliyaviy 
ahvolini mustahkamlash uchun tahlil qilishlari lozim. Chunki rejali 
iqtisodiyotda boshqarishni asosiy masala rejani bajarishga qaratiladi, 
bozorli iqtisodiyotda esa raqobatda yengib chiqish uchun hamma e’tibor, 
foydani ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. 


233 
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashda mavjud aylanma 
mablag‘lardan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning uchun 
ularni doimo tahlil qilib turish lozim. Korxona aylanma mablag‘larini 
statistik o‘rganganda ularning hajmini hisobot davrida qanday 
o‘zgarganligini, korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini, 
ulardan samarali foydalanish darajalarini aniqlash lozim. 
Aylanma mablag‘larni tahlil qilish uchun asosiy manba, korxona 
balansi aktiv qismining II “Joriy aktivlar” bo‘limi hisoblanadi. Bu 
bo‘limda hisobot yili boshiga va oxiriga quyidagi aylanma mablag‘lar 
qoldig‘i ko‘rsatiladi: 
ishlab chiqarish zahiralari, chorva mollar, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi 
debitorlardagi mablag‘lar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan tashqari, buxgalteriya 
hisoboti boshqa shakllari, statistik hisobot, auditor tekshiruvi 
ma’lumotlari, inventarizatsiya va boshqa ma’lumotlardan ham 
foydalanish zarur. 
Korxona aylanma mablag‘larini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni 
aniqlab, unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib, xulosa va takliflar 
qilish lozim. 
Bu takliflar amalda qo‘llansa korxonalar moliyaviy ahvoli 
mustahkamlanib, raqobatga bardoshli bo‘ladi. 
Umuman aylanma mablag‘larni o‘rganganda, ularning holati, 
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni, hamda aylanma 
mablag‘lardan samarali foydalanganlikni o‘rganish lozim. 
Aylanma mablag‘lar holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi: 
- aylanma mablag‘larning ma’lum sanaga umumiy summasi
- aylanma mablag‘larning umumiy mablag‘lardagi hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibida pul mablag‘lari hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi zahiralar va xarajatlar hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibida debitorlik qarzlar hissasi. 
Korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini: 
- aylanma mablag‘lar belgilangan me’yorlarining haqqiqiy miqdori
bilan ta’minlanganlik koeffitsienti; 
- korxona asosiy vositalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar; 
- korxona xodimlariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar kabi 
ko‘rsatkichlar ifodalaydi.. 
Korxona aylanma mablag‘larining foydalanish samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 


234 
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik tezligi (kunlarda); 
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsienti yoki har bir so‘m 
aylanma mablag‘lar korxona faoliyati davomida necha marta 
aylanganligi; 
- aylanma mablag‘lar rentabelligi; 
- aylanma mablag‘lar daromadliligi; 
- debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘z mabalag‘lar hissasi. 
Korxona aylanma mablag‘lar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar 
tizimi quyidagi sxemada berilgan. 


235 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling