Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy o’zgarishi
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
14.3. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy o’zgarishi
Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan iborat. Tashqi 270 savdoga mamlakatda tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab, eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu mamlakat ichida iste’mol qilinadigan tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida sotib olish kiradi. Umuman, tovarlarni tashqi savdoda 2 xil hisobda olib boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob. Maxsus hisobda tovarlar qayta ishlanib, sotilishi lozim bo‘lganlar hisobga olib boriladi. O’zbekistoning mustaqillik yilarida tashqi savdo aylamasi yuqori suratlar bilan o’sdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 42,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 5,8 mlrd. AQSH dollariga yoki 16,0 % ga koʻpaydi. Tashqi savdo aylamasida eksport hajmi 16 610,6 mln. AQSH dollariga (10,0 % ga ko‘paydi) va import hajmi 25 461,0 mln. AQSH dollariga (20,4 % ga koʻpaydi) yetdi. 2021 yilda -8 850,4 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021- yil noyabr oyida qayd etilib, 5 283,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2020- yilning shu oyiga nisbatan 2 403,7 mln. AQSH dollariga koʻpaydi. 2021- yil dekabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 131,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 2020- yilning shu davriga nisbatan 26,3 foizga koʻpaydi9. 1994-yilgi 5299,4 mln AQSh dollaridan 2017-yilga 26962,1 mln AQSh dollariga yetdi yani 5,1 barabaridan ko’proq o’sdi. Bunda eksport hajmi import hajmidan yuqoriroq suratlar bilan o’sdi.1994-yil eksport hajmi 2689,9 mli AQSh dollari bolgan bo’lsa, 2017-yil 13953,8 mli AQSh dollari yetdi yaniy 5,2 barobarga o’sdi. Tashqi savda aylanmasining tarkibi ijobiy o’zgardi va geografik hududlari kengaydi. Mustaqillikning dastlabki yillarida asosan paxta homashyosi va boshqa materiallar eksport qilgan bo’lsa, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish natijasida iqtisodiyotning rivojlanish taminlanib eksport tarkibida tayor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar hissasi ortib bormoqda. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 84,7 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (26,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,3 %) va kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (6,8 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 25 461,0 mln. AQSH dollarini va 2020- yilga nisbatan 120,4 % ni tashkil 9 https://stat.uz/images/uploads/reliz2021/tashqi-savdo_dekabr_210122uz.pdf 271 etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob- uskunalari (32,4 %), sanoat tovarlari (18,5 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (14,3 %) hisobiga toʻgʻri keldi 10 . Mamlakatimiz 2021- yil yanvar-dekabr oylarida 157 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, XXR, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Turkiya, Germaniya va Turkmaniston) jami importning 70,8 % ulushini tashkil etdi. Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 49,6 % ulush bilan 12 632,4 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8 % ulush bilan 207,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling