Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206
Bog'liq
sss111

 
 
 
 
 
 
4.1-chizma. Mutloq miqdorlarning ifodalanish shakllari 
4.3. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning 
ifodalanishi 
Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi 
o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim. 
Ushbu davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzilgan shartnoma 
shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar 
bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning bir-biriga 
nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi. Demak nisbiy 
miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga 
taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor,
mahrajda - esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.Nisbiy miqdorlardan 
xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi. 
Shuning uchun ham nisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati 
va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi 
mumkin: 
Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini, 
to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun, joriy yil (ushbu 
davrdagi) ma’lumotlar taqqoslanadi. 
Hodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish 
Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalarning mohiyatiga qarab mutloq 
miqdorlarning ifodalanish shakllari 
O’g’irlik 
o’lchovida 
gramm, kg, 
tonna 
Uzunlik 
o’lchovida 
sm, metr, 
km 
Maydon 
o’lchovida 
kv.sm. (sm
2
), 
kv.m.(m
2
), 
kv.km. (km
2


Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling