Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Arifmetik o‘rtacha miqdorlar va ularni hisoblash tartibi


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206
Bog'liq
sss111

5.2. Arifmetik o‘rtacha miqdorlar va ularni hisoblash tartibi 
Oddiy arifmetik o‘rtacha miqdorlar iqtisodda juda ko‘p qo‘llanadi. 
Oddiy arifmetik o‘rtacha miqdorda o‘rtalashtirilayotgan alohida 
miqdorlar (x) yig‘indisi, ularning soni (n) ga bo‘lib topiladi. 
Lekin shuni ham aytib o‘tish lozimki, ko‘rsatgichlarni belgilashda 
statistikaga oid adabiyotlarda bir xillik qo‘llanilmagan. 
Yo.Abdullayevning "Statistika nazariyasi" (T.: Mehnat, 2000y. 117 bet) 
kitobida o‘rtalashtirilayotgan miqdorlar - x bilan, ularning soni (vazni) f
bilan belgilangan. "Statistika nazariyasi" (M.: Infra-m darslik, 2000y, 
59 bet) va boshqa kitoblarda miqdorlar soni - n bilan belgilangan. 
Shuning uchun ham biz adabiyotlarda ko‘p qo‘llanilgan 
belgilardan foydalanib: o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni - x (x
1
,x
2
hokazo) miqdorlar sonini -n; o‘rtacha miqdorlarni – 
𝑥̅
miqdorlar 
yig‘indisini - Σ bilan belgilasak, oddiy arifmetik o’rtacha miqdor 
formulasini quyidagicha:


69 
𝑋̅ =
𝑥
1
+𝑥
2
+𝑥
3
+⋯+𝑥
𝑛
𝑛
yoki
∑ 𝑥
𝑛
yozsak bo‘ladi. 
Misol: Kichik korxona xodimlarining bir oyda olgan mehnat haqi 
bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud.1- ishchi – 2,40 mln so‘m, 2- 
ishchi 3,86 mln so‘m, 3- ishchi – 4,88 mln so‘m, 4- ishchi – 7,20 mln 
so‘m, 5- ishchi – 8,20 mln so‘m, 6- ishchi – 5,92 mln so‘m, 7- ishchi – 
6,20 mln so‘m, 8- ishchi – 6,00 mln so‘m, 9- ishchi 5,40 mln so‘m, 10- 
ishchi – 6,40 mln so‘m. 
Kichik korxona xodimlarining o‘rtacha ish haqini hisoblash talab 
etilsin. Buning uchun har bir xodimlarning ish haqi (x) qo‘shilib, 
xodimlar soniga (n) bo‘linadi. Bunda o‘rtacha ish haqini topish uchun 
oddiy arifmetik o‘rtacha formulasidan foydalanamiz. 
Har bir xodimning individual ish haqini x bilan, kichik korxona 
bo‘yicha o‘rtacha ish haqini 
X
bilan, xodimlar sonini n bilan belgilasak.
𝑋̅ =
∑ 𝑥
𝑛
=
2,40+3,86+4,88+7,20+8,20+5,92+6,20+6,00+5,40+6,40
10
=
56,46
10
=
5,646 mln so‘m. 
Demak, kichik korxona xodimlarining o‘rtacha bir oylik mehnat 
haqi 5,646 mln so‘mni tashkil qilgan ekan. 
Yuqorida 
aytilganidek, 
o‘rtacha miqdorlar katta sonlar 
qonuniyatiga amal qiladi. To‘plam birligi qancha katta, ko‘p bo‘lsa 
o‘rtacha miqdorlar shunchalik mohiyatli, ahamiyatli bo‘ladi. Shuning 
uchun ham iqtisodiyotda o‘rtacha miqdorlar tarmoqlar, uyushmalar, 
tashkilotlar, xo‘jaliklar bo‘yicha hosildorlik, mehnat unumdorligi va shu 
kabi iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni tavsiflashda ko‘p qo‘llanadi. 
To‘plamdagi birliklar soni (variantlar) ko‘p bo‘ladi va bir xil miqdordagi 
variantlar bir necha marta takrorlanishi mumkin. O‘rganilayotgan 
to‘plamda o‘rtalashtirilayotgan miqdor (variant) bir martadan uchrasa 
yoki tortqichlar o‘zaro teng bo‘lgan hollarda oddiy arifmetik o‘rtacha 
qo‘llaniladi. Lekin to‘plamdagi birliklar ko‘p bo‘lganidan, ko‘p hollarda 
o‘rtalashtirilayotgan miqdor (variant) bir necha marta takrorlanishi 
mumkin. Ayniqsa, statistik ma’lumotlar hisobotlardan olinganda, 
ma’lumotlar guruhlangan holda berilishi mumkin. 
Agarda oddiy arifmetik o’rtacha usulini qo’llaganimizda, 
o’rtachalashtirilayotgan yakka miqdorni, takrorlanish soniga qo’shib 
chiqishimiz zarur bo’lar edi. Bu noqulaylikka, qo’shish amalini juda 
ko’p bajarishga olib kelar edi. Bunday hollarda o‘rtacha miqdorlar 
tortqichli arifmetik o‘rtacha usulida quyidagi amallar ketma-ketlikda 


70 
bajariladi: 
1. O’rtachalashtirilayotgan har bir yakka miqdorlar (x), 
takrorlanish soniga (tortqichiga, vazniga, f) ko’paytiriladi = xf. 
2. Yakka miqdor (belgi) va tortqich (vazn – f) ko’paytmasi 
qo’shilib, yig’indisi aniqlanadi =∑ xf. 
3. Tortqichlar (vaznlar – f) yig’indisi ham aniqlanadi =∑f. 
4. So’ngra miqdorlar yig’indisi (∑xf), tortqichlar yig’indisiga 
bo’linadi: Х 
̅ =
∑ 𝒙𝒇
∑ 𝒇

Shunday qilib, tortqichli (vaznli) arifmetik o’rtacha formulasini 
quyidagicha yozamiz. 
Х 
̅ =
х
1
𝑓
1
+ х
2
𝑓
2
+ х
3
𝑓
3
+. . . + х
n
𝑓
n
𝑓
1
+ 𝑓
2
+. . . + 𝑓
n
=
∑ 𝑥𝑓
∑ 𝑓
Demak, bunda o‘rtacha miqdorlar yakka (individual) 
miqdorlarni (x) ularning takrorlanish soni (vazni) ga (f) ko‘paytirilib, 
ularning yig‘indisi (Σxf ) variantlar yig‘indisi umumiy soniga (Σf) ga 
bo‘lish bilan topiladi. 
Bizning misolimizda; 3 ta ishchi bir xil – 2,36 mln so‘mdan 
mehnat haqi olgan, ya’ni variant 3 marta takrorlanayapti, 2,48 mln 
so‘mdan ish haqi olgan xodimlar soni 2-ta, ya’ni variant 2 marta 
takrorlanayapti. Bu misolni jadval shakliga keltirsak quyidagi ko‘rnishni 
oladi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling