Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


bir qancha ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Bular qaysi ?


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   206
Bog'liq
sss111

bir qancha ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Bular qaysi ? 
A. 
Fexner koeffitsiyenti; 
B. 
Ranglar korrelyatsiya ko‘rsatkichi; 
C. 
Korrelyatsiya koeffitsiyenti; 
D. 
Barcha javoblar to’g’ri. 
 
6. Korrelyatsiya nazariyasida eng mukammal hisoblangan 
zichlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib qaysi hisoblanadi ? 
A. 
Fexner koeffitsiyenti; 
B. 
Ranglar korrelyatsiya ko‘rsatkichi; 
C. 
Korrelyatsiya koeffitsiyenti; 
D. 
Barcha javoblar to’g’ri. 
7. Y
i
 = U (x
i
)  bu yerda: Y
i
 –nimani anglatadi ? 
A. 
Natijaviy belgi; 
B. 
Omil belgisi; 
C. 
Belgilarning ma’lum funksional bog‘lanishi. 
D. 
Korrelyatsiya koeffitsiyenti. 
 
8. Funksional bog‘lanishlarni - ……….bog‘lanishlar deyiladi. 
A. 
To‘liq. 
B. 
Aniq. 
C. 
Qattiq. 
D. 
Barchasi to’g’ri.
9. Уx = a
0
 + a
1
x + a
2
x
2
 , qanday tenglama ? 
A. 
Regressiya tenglamasi . 
B. 
Giperbola tenglmasi . 
C. 
Ko‘p omilli (chiziqli) regressiya tenglmasi . 


130 
D. 
Korrelyatsiya regressiya tenglmasi . 
10. Funksional bog‘lanishlarni sxematik tarzda quyidagi 
tenglama bilan ifodalash mumkin: 
A. 
Y
i
 = U (x
i

B. 
Y
i
 = U(x
i
) + E
i
 
C. 
У
x
 = a
0
 + a
1
x + a
2
x
2
 
D. 
У
x
 = a
0
 + a
1

 
 
 


131 
VIII BOB. DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI 
8.1. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar dinamikasi to‘g‘risida tushuncha. 
Dinamika qatorlari, ularning ahamiyati va turlari 
Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar dialektika nuqtai-nazaridan doimo 
o‘zgarishda, rivojlanishda va taraqqiyotda hisoblanadi. Shuning uchun 
ham statistikada ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarning vaqt ichida (ma’lum 
muddat, davr ichida) o‘zgarishini, hamda bu o‘zgarishlarning umumiy 
qonuniyatlarini aniqlashmaqsadida, statistikaning o‘ziga xos usuli 
bo‘lgan dinamika qatorlaridan foydalanadi. Dinamika qatorlari deb 
ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni ma’lum davr (vaqt) ichida 
tavsiflovchi raqamlardan tashkil topgan qatorlarga aytiladi. Har qanday 
dinamika qatorlarida ikki element: vaqtni bildiruvchi payt sanalar yoki 
davrlar (yillar, oylar va shu kabilar); o‘rganilayotgan hodisani 
ifodalovchi miqdorlar (soni, hajmi va hokazo) bo‘lishi shart. 
Dinamika qatorlarni ifodalovchi raqam miqdorlar daraja (D) 
deyiladi. Ularda boshlang‘ich daraja (bazis davr darajasi-D
o
), oxirgi 
daraja yoki joriy davr (-D
1
) va rejalashtirilgan davr (D
r
) mavjuddir. 
Dinamika qatorlarini tuzishda eng avvalo miqdorlarning 
taqqoslama bo‘lishiga e’tibor berish lozim. 
Dinamika qatorlari taqqoslama bo‘lishi uchun, ular darajasi 
hududiy jihatdan, vaqt birligi bo‘yicha, hisoblash usuli, narx - navo va 
aniqlik jihatdan bir xil bo‘lishi lozim. Agarda dinamika qatorlari darajasi 
qaysi bir jihatidan taqqoslab bo‘lmaydigan bo‘lsa, ularni tegishli 
usullarni qo‘llab taqqoslama holatga keltirish lozim. Shundagina bu 
ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar dinamika qatorlarini statistik o‘rganishdan 
to‘g‘ri xulosalar chiqarish mumkin. 
Dinamika qatorlar darajalari mutloq, nisbiy va o‘rtacha 
miqdorlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Dinamika qatorlarida keltirilgan 
darajalar o‘rganilayotgan xodisaning ma’lum bir davr oralig‘idagi 
holatini yoki ma’lum bir paytdagi holatini aks ettirishi mumkin. Hodisa, 
jarayonlarning ma’lum davr ichidagi holatini ifodalovchi darajalardan 
tuzilgan dinamika qatorlar davriy dinamika qatorlar deyiladi. Ma’lum 
davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, tayyorlangan paxta, g‘alla va 
boshqa mahsulotlar hosili, qazib olingan oltin, ko‘mir va boshqa tabiiy 
boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qatori davriy dinamika qatorlarga 
misol bo‘lishi mumkin. Davriy dinamik qatorlar miqdorlarini qo‘shib, 
davrlar mudati uzaytirilgan holdagi (oylar ma’lumotlarini qo‘shib yil, 


132 
yillarni qo‘shib-besh yillik va hokazo) ma’lumotlarni olish mumkin. 
Hodisalarning ma’lum bir sanadagi, paytdagi holatini ifodalovchi 
darajalardan tashkil topgan dinamika qatorlari payt (momentli) 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling