Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniqlash
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
10. Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniqlash
uchun statistika bir qancha usullardan foydalanadi… A. Davr oralig‘ini (intervalni) kengaytirish (kattalash-tirish) usuli; B. O‘rtacha sirg‘anma usuli; C. Analitik tekislash usuli; D. Barcha usullardan. 147 IX BOB. IQTISODIY INDEKSLAR 9.1. Indekslarning mohiyati, vazifalari va turlari Indeks so‘zi lotincha «index» atamasidan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich, belgi ma’nosida ishlatiladi. O‘zining mohiyati jihatidan indekslar ham statistikada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jumlasiga kiradi. Statistik indekslar bizga ma’lum bo‘lgan boshqa umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan farq qiladi. Chunki indekslar hodisa va jarayonlarning nafaqat nisbiy jihatdan o‘zgarishini, balki bu o‘zgarishga ta’sir qiluvchi asosiy omillari ta’sirini ham mutloq jihatdan aniqlash imkonini beradi. Indekslar yordamida umum o’lchovga ega bo‘lmagan turli xildagi masalalar, jumladan, murakkab to‘plamlarning ikki va undan ortiq davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarish, shartnoma va davlat buyurtmalarining o‘rtacha bajarilish darajasi, turli ob’ekt yoki hududlar miqyosidagi o‘zaro nisbatlari shuningdek murakkab to‘plamlar orasidagi bog‘lanish kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi. Statistik indekslar deb o‘zaro qo‘shib bo‘lmaydigan elementlardan tashkil topgan ikkita to‘plamni o‘zaro solishtirish natijasida hosil bo‘ladigan umumlashtiruvchi ko’rsatkichga aytiladi. Indekslar quyidagi belgilarga qarab tasniflanadi: - o‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab; - to‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab; - hisoblash uslubiga qarab; O‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab, indekslar hajm va sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi. Birinchi guruh indekslariga sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari fizik hajm indekslari, chakana tovar oboroti, milliy daromad, iste’mol va shu singari indekslar kiradi. Bu indekslarning hammasida miqdor bir xil taqqoslama narxlarda bo‘ladi. Ikkinchi guruh indekslarga narx indekslari, tannarx indekslari, mehnat unumdorligi, hosildorlik indekslari kiradi. To‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab, indekslar yakka (individual) va umumiy indekslarga bo‘linadi. Umumiy indekslar hisoblanish uslubiga qarab, agregat indekslariga va o‘rtacha indekslariga bo‘linadi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling