Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   206
Bog'liq
sss111

 
 
Talab 
 
Taklif 
kolleji 
bitiruvchilari 
 
 
 
 
 

Transport va 
aloqa 
tashkilotlari 
 
 
Talab 
 
Taklif 
Hunar 
o‘rganuvchi 
shogirdlar 
 
 
 
 
 

Savdo, 
ovqatlanish va 
tayyorlov 
korxonalari 
 
Talab 
 
Taklif 
Armiya 
xizmatidan 
bo‘shab 
kelganlar 
 
 
 
 
 

Fan, ta’lim va 
madaniyat 
muassasalari 
 
Talab 
 
Taklif 
Boshqa 
hududlardan 
kelgan xodimlar 
 
 
 
 
 
 

Sog‘liqni 
saqlash va 
boshqa 
muassasalar 
 
Talab 
 
 
Taklif 
Boshqa 
manbalardan 
kelganlar 
(qamoq-dan ozod 
etilgan-lar va shu 
kabilar) 
11.1-chizma. Mehnat bozori ishtirokchilarining tarkibi 


204 
Aholi yashashi uchun mehnat qilib, moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarishi va iste’mol qilishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida 
moddiy ne’matlarni turli mulk shakliga asoslangan faoliyat yurituvchi 
subyektlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, savdo va 
ovqatlanish hamda sh.k. tarmoq korxonalari) ishlab chiqaradi. Statistik 
ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yil 1-yanvar holatiga 278.5 mingta 
korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ularning 239.4 
mingtasi, ya’ni 86%i nodavlat mulk shakliga asoslangandir.
Aholi 
bandligini 
ta’minlashda 
Respublika 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 6 maydagi “Aholi bandligini ta’minlash 
bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini 
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy 
organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega. Ushbu qarorga ko‘ra aholi 
bandligi o‘sishining prognoz ko‘rsatkichlarini qanday bajarganligiga 
qarab, mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari (lavozim maoshining 15 foizi 
miqdorida), hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari hamda iqtisodiy 
kompleksning hududiy organlari rahbarlariga (lavozim maoshining 20 
foizi miqdorida) rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki jarima solish 
choralari qo‘llanadi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2020 yilda 13239 ming kishi 
ish bilan band bo’lgan. Ularning katta qismi yani 81% ko’prog’i 
nodavlat sektorida foliyat yurituvchi subyektlarda ishlaydi. Ish bilan 
band bo’lganlardan sanoat tarmoqlarida, qurilish va transportda- 
erkaklar ko’p ishlaydi; ta’lim, madaniyat, sanat, sog’liqni saqlash, savdo 
va umumiy ovqatlanishda- ayollar ko’proq ishlar ekan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish 
haqqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida 
ro‘yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta 
tayyorlanishga tayyor bo‘lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to 
nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. 
Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi 
turlarga bo‘ladi: 
• Friksion ishsizlik; 
• Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik; 
• Davriy ishsizlik. 


205 
Ishsizlik turlari 
Friksion 
ishsizlik 
Tarkibiy 
ishsizlik 
Davriy 
ishsizlik 
Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o‘zgartiruvchi, 
mavsumiy ishlar tugallanganligi sababli, o‘quv yurtlarini birtirganligi 
sababli ish qidirib yurgan ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) 
ishsizlar ishlab chiqarish tarkibi yoki uning texnologiyasi tubdan 
o‘zgarib, kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli kelib 
chiqadi. Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika 
va texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O‘z nabatida Fan va 
texnikaning juda tez taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab 
qiladi. Demak, yangi texnikalarda yoki yangi texnologiya bo‘yicha 
ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa birmuncha vaqtni 
talab qiladi. 
Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning 
inqiroz siklida paydo bo‘ladi va yuksalish davrida yo‘qoladi. Shuning 
uchun bunday ishsizlikni davriy (siklik) ishsizlik deyiladi. 
Ma’lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko‘pgina 
korxonalar yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko‘chaga haydaladi. Ishsizlar 
sonini hisobga olish joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan 
amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish, zarur 
bo‘lsa yangi kasbga qayta o‘qitish, statistikada aholining bandlik va 
ishsizlik koeffitsientlari o‘rganiladi. Mehnat resurslarining bandlik 
koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo‘lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy 
faol aholi soniga (IFA) bo‘lib topiladi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling