Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206
Bog'liq
sss111

 
11.6. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari 
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi 
muhim iqtisodiy ko‘rsatkichdir. Korxonalarda mehnat unumdorligi 
ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Bunda 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini shu mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan vaqtga bo‘lib topiladi. Bu ko‘rsatkichning teskarisi 
bo‘lib ma’lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
vaqt (mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt) sifatida 
ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari har bir xodimga to‘g‘ri 
keladigan (yoki ishchiga) ishlab chiqarilgan mahsulot ham xodimning 
(ishchining) o‘rtacha mehnat unumdorligini bildiradi. 
Bu 
yerda 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
(ko‘rsatilgan 
xizmatlar)natural (kg, metr, kabi), shartli natura va qiymat o‘lchovdagi 
ko‘rsatkichlari qo‘llanishi mumkin. Natura ko‘rsatkichlarida mehnat 
unumdorligini aniqlash va o‘zgarishlarini o‘rganish yaxshi, ayniqsa 
narxning ta’siri bunda bo‘lmaydi, lekin chegaralangan chunki mehnat 
unumdorligini natura ko‘rsatkichda faqat bir xil (tur)dagi mahsulot 
ishlab chiqarishda aniqlash mumkin. 


209 
Mehnat unumdorligini (V) natura o‘lchovida ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdorini (G) ja’mi sarflangan vaqtiga (T) bo‘lib topamiz. 
V = 
Т
G



Mehnat unumdorligi qiymat o‘lchovida ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini (Σqp) sarflangan vaqtga bo‘lib topiladi. 
V =
Т
qp


; ularning indeksi 
Ularning davrlar bo‘yicha o‘zgarishi ya’ni dinamik indeksi. 
Jv = 
Vo
V1

1
1
1
Т
p
q


:
Тo
p
q





Mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt kishi-minut, kishi-
soat, kishi-kunlarda ifodalanishi mumkin. 
Mehnat unumdorligi o‘rganilganda yuqoridagi ko‘rsatkichlarga 
asosan: natural usulda: a) sarflangan vaqt birligida ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdori, misol 1 soatda terilgan paxta, tayyorlangan non 
mahsuloti; b) bir xodimga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot, 
misol bir terimchiga to‘g‘ri keladigan terilgan paxta, bir xodimga to‘g‘ri 
keladigan non mahsuloti (kg, tonna); v) bir ishchiga to‘g‘ri keladigan 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Shartli natural va qiymat 
o‘lchovlarida ham bu ko‘rsatkichlar aniqlanadi va o‘rganiladi. 
Statistikada bu ko‘rsatkichlar holati o‘rganilib qolmasdan, korxonalarda 
mehnat unumdorligi qanday o‘zgarayotganligi aniqlash uchun, ularning 
dinamikasi ya’ni ma’lum vaqt-davr mobaynida (oy, chorak, yil) 
o‘zgarishi ham aniqlanadi va o‘rganiladi. Mehnat unumdorligi 
dinamikasi iqtisodiy indekslar yordamida o‘rganiladi. Bunda 
o‘zgaruvchan va doimiy tarkibli indekslar, hamda tarkibiy o‘zgarishlar 
(siljishlar) indekslaridan foydalaniladi. Natijada mehnat unumdorligiga 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va uning tarkibi o‘zgarishning, 
hamda narx o‘zgarishining ta’siri aniqlanadi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling