Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   206
Bog'liq
sss111

8
 
(mlrd.so`mda) 
Ko‘rsatkichlar 
2000 
2005 
2010 
2015 
2020 
2021 
I. YAIM, jami 
3 255,6 15 923,4 
78 936,6 
221 350,9 
602 193,0 
734 587,7 
Tarmoqlarning yalpi 
qo`shilgan qiymati 
2 848,0 14 233,3 
69 473,0 
201 204,0 
557 831,5 
681 423,7 
Mahsulotlarga sof 
soliqlar 
407,6 
1 690,1 
9 463,6 
20 146,9 
44 361,5 
53 164,0 
II. Tarmoqlarning 
yalpi qo`shilgan 
qiymati 
2 848,0 14 233,3 
69 473,0 
201 204,0 
557 831,5 
681 423,7 
Qishloq, o`rmon va 
baliqchilik xo`jaligi 
978,5 
4 192,8 
21 251,3 
64 680,3 
151 279,6 
183 518,5 
Sanoat (qurilishni 
qo`shgan holda) 
658,6 
4 142,0 
16 757,9 
49 849,2 
190 736,4 
235 408,9 
sanoat 
462,4 
3 370,9 
12 997,3 
38 466,6 
153 187,9 
189 606,8 
qurilish 
196,2 
771,1 
3 760,5 
11 382,6 
37 548,5 
45 802,1 
Xizmatlar 
1 210,9 
5 898,5 
31 463,8 
86 674,5 
215 815,5 
262 496,3 
8
 
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2
  


219 
savdo, yashash va 
ovqatlanish bo`yicha 
xizmatlar 
351,6 
1 400,2 
5 982,7 
16 145,3 
37 341,3 
47 577,5 
tashish va saqlash, 
axborot va aloqa 
250,6 
1 676,7 
7 337,8 
19 158,2 
39 125,8 
48 851,3 
boshqa xizmat 
tarmoqlari 
608,7 
2 821,6 
18 143,3 
51 371,0 
139 348,4 
166 067,5 
 
12.3. YaIM ni hisoblash usullari 
YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblanganda mamlakat 
miqyosida barcha rezidentlari tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar 
summasini tarmoqlar va sektorlarda ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatidan ishlab chiqarish 
jarayonida to‘liq iste’mol qilingan mahsulotlar va xizmatlar ya’ni oraliq 
iste’mol (OI) qiymatini ayirib tashlab topiladi. Ja’mi ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ya’ni ja’mi ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar (JIM) tarkibiga: 
• 
o‘z iste’moli yoki boshqa rezidentlarga sotilgan mahsulotlar; 
• 
boshqa rezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar
• 
davlat 
boshqaruv 
idoralari 
va 
notijorat 
nodavlat 
tashkilotlariga ko‘rsatilgan xizmatlar; 
• 
uy xo‘jaligiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va shu kabilar 
kiradi. 
Haq to‘lanadigan uy xo‘jaligi xizmatlari ya’ni o‘z uyidagi ovqat 
tayyorlash, Kir yuvish va shu kabilar MHT tasnifi bo‘yicha JIM 
tarkibiga kiritiladi. 
YaIM ishlab chiqarish usulida barcha yaratilgan mahsulotlar (m) va 
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat. 
YaIM = (MR+XR) - OI. 
Misol: ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor bahosidagi qiymati 
MR = 1092,6 birlik. 
Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br. 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan xom ashyo va boshqa 
oraliq iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br. 
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4 
YaIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4 =972,1 
YaIM ni taqsimlash usulini hisoblashda mamlakatdagi barcha 
rezidentlarga taqsimlangan va ular olgan daromadlarning umumiy 
yig‘indisi hamda ishlab chiqarish va importga qilingan sof soliq sifatida 


220 
hisoblanadi. 
Mamlakatdagi 
rezidentlar 
daromadlariga 
xodimlar 
(yollanma ishchilar) olgan mehnat haqqi (MH), ishlab chiqarishga va 
importga sof soliq (s), hamda moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan 
olingan yalpi daromadlar (Yad) kiradi. 
Xodimlarga to‘langan mehnat haqqiga natural va pul ifodasida 
berilgan vaqtbay yoki ishbay ish haqqi, ish haqqiga qo‘shimcha va 
ustamalar, turli xil mukofotlar va rag‘batlantirishlar, har yilgi ta’til 
uchun va malaka oshirish uchun yo‘lovchilar va shu kabilar. 
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalar ham mehnat haqqi guruhiga kiritiladi. 
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari rezidentlar tomonidan amalga oshiriladi va 
kelgusida xodimlarning nafaqa olishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari 
ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar summasidan xodimlar kasal bo‘lib qolgan 
paytlari yoki kasal bo‘lgan oila a’zolariga qarash uchun ishga 
chiqmagan paytlari nafaqa to‘lash, nogironlarga nafaqa, ayollarning 
dekret ta’tiliga chiqqan va yosh bolalarni tarbiyalash paytida 
to‘lanadigan nafaqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning barcha xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar belgilangan stavkalarda xodimlarga hisoblangan 
ish haqqi jami summasidan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga ajratma 
qiladi. Xodimlarning ishsizlik davrida himoya qilish uchun aholining 
bandlik jamg‘armasi tuzilgan va bu jamg‘armani mehnat birjasi 
boshqaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aholi bandlik jamg‘armasiga 
ham ajratma qiladi va bu summa ham daromadlar taqsimoti hisoblanadi. 
Mahsulotlar ishlab chiqarish va import solig‘iga mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan davlat budjetiga to‘lanadigan solig‘lar 
(qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, reklama solig‘i, yer solig‘i, suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar) hamda turli xil 
litsenziyalar olish uchun to‘lovlar kiradi. Bu soliqlar xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar tomonidan majburiy ravishda to‘lanadi va qaytarib 
berilmaydi. Umuman iqtisodiy mohiyati jihatdan yangidan yaratilgan 
qiymatning bir qismidir.. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlarni sotish, xizmat 
ko‘rsatishdan olgan sof tushumlaridan va boshqa daromadlaridan 
sotilgan mahsulot tannarxini (ish haqqi ham birgalikda) va boshqa 
moliyaviy xarajatlarini ayirib tashlasa, to‘langan soliqlarni ham chiqarib 
tashlasa yalpi foydasi qoladi. Qishloq xo‘jaligida shug‘ullanuvchi, yakka 
tartibda faoliyat yurituvchi sub’ektlarda mahsulot sotishdan tushgan 
tushumdan xarajatlar va soliqlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan 
summa yalpi aralash daromadlar deyiladi. Chunki bu daromadlar ichida 
o‘zining mehnatiga tegishli haq (daromad) ham bor. 


221 
Shunday qilib, YaIM ni taqsimlash usulida xodimlarga hisoblangan 
mehnat haqqi (MH), davlat budjetiga to‘langan soliqlar (S) va 
sub’ektlarning yalpi foydalari (YAF) yig‘indisi ko‘rinishida ifodalasa 
bo‘ladi. 
YaIM = MH +S+YAF 
Agarda juda keng ma’noda yozadigan bo‘lsak, bu formulani 
quyidagicha yozish mumkin. 
YaIM = MH+ISA+ABFA+ST+YAF. 
Bu yerda ISA – ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 
ABFA – aholining bandlik fonidiga ajratmalar
ST – soliq va to‘lovlar. 
YaIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. 
Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan 
xarajatlar, (TXI) xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda 
tovar va xizmatlar eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida 
aniqlanadi.
YaIM = TXI+YAJ+EIS. 
Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: 
• 
iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan 
summalar (TXX); 
• 
natura shaklida olingan (mehnat haqqi yoki boshqa tarzda) 
iste’mol tovarlari va xizmatlar (NTX); 
• 
uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol 
qilgan tovarlar va xizmatlar (UITX); 
• 
davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning 
joriy is’temol xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va 
madaniyat kabi sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan xarajatlar 
(DBNTJIX). 
Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX; 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy 
vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar 
zaxiralarining o‘zgarishi (AMZO‘), sof Xarid qilingan boyliklar 
(qiymatliklar) kiradi. 
Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish 
tufayli daromad keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, 
inshoatlar, mashina va asbob uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, 


222 
xo‘jalik investorlari kabilar kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi 
(AVYAJ) deganda kelgusida daromad olish uchun asosiy vositalarni 
ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan sarflar mablag‘larga 
aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda olingan (Xarid 
qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan 
chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi. 
AVYAJ = AVS – AVX; 
Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati: 
AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. 
MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini 
yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan 
sarflar patent, lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga 
kiritiladi. 
Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) 
ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar 
sotish uchun olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu 
ma’lumotlar asosan buxgalteriya balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil 
boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Lekin bunda 
moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx o‘zgarishlarini hisobga 
olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma mablag‘lar: ishlab 
chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish (TICH), 
tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi. Demak 
moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralar o‘zgarishini (AMZO‘) ularning 
o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. 
AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST;
Sof Xarid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki 
iste’mol qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun 
saqlanadigan qimmatbaho metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu 
kabilar kiradi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling