Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
228 Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi Fond bilan qurol- langanlik darajasi Asosiy vositalar (AV) AV holatini ifoda- lovchi ko‘rsatkichlar Av.ning umumiy mablag‘laridagi hissasi AV bilan ta’minlan- ganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar AV samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar Av. faol qismi- ning umumiy Av.lardagi ulushi O‘z mablag‘- larining Av.lar bilan ta’min- langanligi Natijaning(mah- sulot, tovar oboroti va h.k.) fondlardagi sig‘imi Av.ning qaytimi Av. rentabelligi Av.ning daromadliligi Av.ning yangila- nish koeffitsienti Av. ning eskirish koeffitsienti Av.ning chiqa- rilish koeffitsienti Av.ning yaroq- lilik koeffitsienti 229 Korxonalarda asosiy vositalarning miqdorining yetarli bo‘lishi va holati faoliyat natijalariga juda katta ta’sir qiladi. Asosiy vositalar holatini aniqlaganda ularning korxonaning umumiy mablag‘lardagi hissasi, asosiy vositalar tarkibi, yaroqliylik va eskirish ko‘rsatkichlarini hisoblash lozim. Korxona asosiy vositalarning umumiy mablag‘laridagi hissasi (AV.u) asosiy vositalar dastlabki qiymatini balansning jami summasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar korxonalarning xalq xo‘jaligi tarmoqlariga bog‘liq. Asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi ulushi (Av.u) quyidagicha ifodalanadi: B Av 100 Av.u = Korxonalar asosiy vositalari ikki guruhga bo‘linadi. Asosiy vositalarning mashina, asbob - uskunalar kabi turlari ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Shuning uchun bunday asosiy vositalarni faol asosiy vositalar deyiladi. Asosiy vositalar faol qismining umumiy (Avf) asosiy vositalardagi hissasini asosiy vositalar faol qismini (Avf) asosiy vositalar umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti asosiy vositalar eskirish summasini (Av.Es) barcha asosiy vositalar dastlabki qiymatiga nisbatan topiladi va bu ko‘rsatkich korxonaning asosiy vositalari qanchalik eskirganligini ifodalaydi. Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti (Av.Yar) asosiy vositalar qoldiq qiymatining ularning dastlabki(qayta tiklash) qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi bu ko‘rsatkich, asosiy vositalar eskirish koeffitsienti ko‘rsatkichiga teskaridir. Asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti ushbu korxona asosiy vositalarining qanchasi yangilanganligini bildiradi. Bu ko‘rsatkich yil davomida qabul qilingan asosiy vositalar summasining asosiy vositalarning yil oxiridagi umumiy summasining nisbati bilan aniqlanadi. oxiriga yil Av. n tushirilga ishga Av. Av.yang = Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti vositalarning bir yil davomida hisobdan chiqarilgan summasining asosiy vositalar yil 230 boshidagi qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxonada hisobot davrida asosiy vositalarning qancha qismi hisobdan chiqarilganligini bildiradi. Bu ko‘rsatkichlarning birqancha tahlil qilinayotgan ob’ektda bir necha yillar bo‘yicha aniqlansa, korxonada asosiy vositalar holatini ifodalash va xulosalar chiqarish mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarni asosiy vositalarning ayrim turlari bo‘yicha ham chiqarish mumkin. Bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri-ikkinchisini to‘ldiradi va asosiy vositalar holatini to‘liq tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Korxonalarda faoliyatni rivojlantirish uchun asosiy vositalar yetarli darajada bo‘lish lozim. Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilganda, korxona xodimlarining asosiy vositalarning faol qismi bilan qanday ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega. Chunki ishchilar qanchalik mehnat qurollari bilan yaxshi va to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi. Xodimlarning fond bilan qurollanganlik darajasi (Fq) asosiy vositalarning faol qismi summasining xodimlar soniga nisbati bilan topiladi va har bir xodimga qanchalik asosiy vositalarning faol qismi summasi to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. soni Xodimlar 100 qismi faol Av. F = q Korxona faoliyati natijalarining miqdoriga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar sig‘imi asosiy vositalar summasining natija ko‘rsatkichlariga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich korxona faoliyat natijalariga (ishlab chiqarilgan mahsulot, tovaroborot, foyda va shu kabilar) qanchalik asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikada qanchalik kamayib borsa, shunchalik yaxshi. Q AV = − lik F Korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi asosiy vositalar summasini o‘z mablag‘lari summasiga nisbati bilan aniqlanadi va o‘z mablag‘larining har bir so‘miga qancha asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi. m O' AV zt O' = Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash yo‘llari quyidagi sxemada ko‘rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling