Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   206
Bog'liq
sss111

12.2.Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati 
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy 
mahsulot, yalpi milliy daromad va shu kabilar) ifodalaydi. 
Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot 
(bundan) keyin YaIM) ko‘rsatkichidir. YaIM – mamlakat ichida ma’lum 


218 
davrda (ko‘pincha bir yil) pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan 
tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir. 
YaIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: birinchidan 
barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar) 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi 
tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu 
jumladan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaligi va yakka tartibdagi 
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi. 
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va 
shu kabi xizmat turlari kiradi. 
Ikkinchidan, YaIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) 
iste’mol uchun sarflanadigan mahsulot va xizmatlar qiymati bilan 
hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom ashyo, materiallar, 
elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar 
qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun 
sarflangan qiymatlar YaIMga qo‘shilmaydi. Demak YaIM da qaytadan – 
ya’ni takroriy sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat 
ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar faqat bir marta hisobga olinadi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot hajmi

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling