Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Nafaqa va stipendiyalar aholi daromadiga kiradimi


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206
Bog'liq
sss111

10. Nafaqa va stipendiyalar aholi daromadiga kiradimi: 
A. 
kiradi, aholi daromadlarining bir turi 
B. 
faqat stipendiya daromad hisoblanadi 
C. 
faqat nafaqa daromad hisoblanadi 
D. 
ikkalasiyam aholi daromadiga kirmaydi 


216 
XII BOB. MAKROIQTISODIY KO`RSATKICHLAR TIZIMI
12.1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. 
MHTdagi sektorlar hisoblari, hamda iqtisod tarmoqlaridagi hisob 
axborotlari quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash 
imkonini beradi. 
• 
yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
• 
sof ichki mahsulot (SIM) 
• 
yalpi milliy daromad (YaMD) 
• 
sof milliy daromad (SMD) 
• 
pirovard istemol (PI) 
• 
yalpi foyda (YaF) 
• 
sof foyda (SF) 
• 
milliy jamg‘arma (MJ) 
• 
milliy boylik (MB) va boshqalar. 
YaIM – milliy hisoblar tizimida eng asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich 
bo‘lib, mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum davrda (vaqt ichida) 
pirovard (oxirgi) iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar 
qiymatidir. YaIM pirovard iste’molni bozor baxolarida, ya’ni transport 
xarajatlari, soliqlar (aksiz, qqs) qo‘shilgan holda Xaridor to‘lagan 
baholarda hisoblanadi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot hajmining 
dinamikasi 
12.1-jadval
7
 
Yillar 
2000 
2005 
2010 
2015 
2020 
2021 
YAIM 
hajmi 
mlrd.so‘m 
3255,6 
15210,4 
78 936,6 221 350,9 602 193,0 734 587,7 
YaIM – ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish darajalarini 
belgilashda, mehnat unumdorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblashda 
foydalaniladi. 
7
 
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2
  


217 
Yalpi ichki mahsulot – bu mamlakat ichida barcha xo‘jalik birliklari 
bo‘yicha: (moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagi korxonalar, 
tashkilotlar, xizmat ko‘rsatuvchi sohani hamda aholining shaxsiy 
yordamchi xo‘jaliklarini, yakka tartibda mehnat faoliyati natijalari): 
yaratilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidir. 
SIM – YaIM qiymatidan asosiy kapital iste’moli chiqarib 
tashlanadi. Yalpi milliy daromad – mamlakat rezidentlarining ma’lum 
davr (vaqt) davomida olgan birlamchi daromadlari yig‘indisidir. 
YaMD – YaIMdan sifat jihatdan ham, miqdor jihatidan ham farq 
qiladi. 
YaMDning YaIM dan farqi shundaki, YaIM pirovard iste’mol 
uchun bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bo‘lsa (ya’ni yaratilgan qo‘shilgan 
qiymatni ifodalasa) YaMD mamlakat rezedentlari shu mamlakatda va 
chetda tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishdan oladigan birlamchi 
daromadlarining yig‘indisidir. 
Miqdor jihatdan YaMD bilan YaIM ning farqi chet davlatlardan 
olingan va chet davlatlarga to‘langan birlamchi daromadlar saldosidan 
iboratdir. 
MHT da birlamchi daromadlarga mehnat haqqi, sub’ektlar foydasi, 
xususiy mulkdan oladigan daromad, hamda soliqlar kiradi. 
Sof milliy daromad (SMD) yangidan yaratilgan mahsulot va 
xizmatlar qiymatining yig‘indisidir. 
SMD = YaMD – A. Asosiy vositalar iste’moli 
SMD = SIM + 

1
D. 
Sof 
milliy 
daromad 
daromadlarning shaklanishi bo‘yicha 
quyidagicha aniqlanadi: SMD = MX+ICHS+ YaF. 
MX – mehnat haqqi: ICHS - ishlab chiqarish sof soliqlari, YaF-
yalpi foyda. 
Demak sof milliy daromad uni yaratishda ishtirok etganlar o‘rtasida: 
xodimlarga – ish haqqi, kapital egasiga – foyda, yer egasiga – renta 
qimmatbaho qog‘oz egasiga – divident yoki foiz, tadbirkorga - foyda 
sifatida taqsimlanadi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling