Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Milliy boylik mohiyati va turlari


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   206
Bog'liq
sss111

 
12.4. Milliy boylik mohiyati va turlari 
Milliy boylik kishilar mehnati tufayli to‘plangan moddiy, 
moliyaviy va ma’naviy boyliklar va tabiatdan yaratilgan tabiiy boyliklar 
yig‘indisidir. Milliy boylik hajmi ma’lum sanalarga aniqlanib, 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qudratini belgilaydi. Milliy boylikni 
hartomonlama chuqur o`rganish uchun, uni turli belgilari bo`yicha 
guruhlarga ajratib, o`rganish lozim.
1. Milliy boyliklar yaratilish manbai jihatdan 2 katta guruhga 
bo‘linadi: 


223 
a. 
Tabiiy boyliklar. 
b. 
Inson mehnati tufayli shu davrgacha yaratilgan barcha 
moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar. 
Tabiiy boyliklarga qazilma boyliklar zahiralari, gidroenergetika 
resurslari, hayvonot va o‘simlik dunyosi, o‘rmonlar va shu kabilar 
kiradi. Shunday qilib, milliy boylik, tabiiy boyliklar, hamda jami inson 
mehnati bilan yig‘ilgan moddiy boyliklar va moliyaviy boyliklarning 
yig‘indisidan iborat ekan.
Shunday qilib milliy boylik: MB=AF+AM+ASHM+TB yoki: 
MB=TB+IMTYMB+MR dan iborat. 
Bu yerda: 
IMTIMB-inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklar. MR-
moliyaviy resurslar.
MB-milliy boyliklar hajmi; 
AV – asosiy vositalar hajmi; 
AM – aylanma mablag‘lar hajmi; 
AshM – aholining shaxsiy mulki. 
Moddiy boyliklar tarkibiga turli xil asosiy vositalar va aylanma 
mablag‘lar kiradi. Moliyaviy resurslarga – naqd pullar, depozitlar, 
oltinlar, qimmatli qog‘ozlar kiradi. 
Ma’lumki O‘zbekiston tabiiy boyliklarga boy mamlakat. 
O‘zbekiston oltin, rangli metallar, tabiiy gaz, uran, zahiralari va ishlab 
chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Olmaliq va 
Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarida oltin va rangli metallar 
tayyorlanadi. Farg‘ona va Qarovulbozor neftni qayta ishlash zavodlarida 
neft mahsulotlari, Sho‘rtan va Kandim gaz-kimyo majmualarida tabiiy 
gaz qayta ishlanib gaz mahsulotlari ishlab chiqariladi. O‘zbekistondagi 
yovvoyi o‘ simliklarning ko‘plari dorivor. Shuning uchun ham 
Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 3 maydagi farmoniga 
asosan mamlakatimiz hududida dorivor o‘simliklarni qayta ishlab dori 
tayyorlaydigan erkin iqtisodiy zonalar (“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, 
“Koson-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonlik-farm”, 
“Parket-farm”) tashkil etildi.
Qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab Milliy boylik (MB) 2 
guruhga. 
a. 
Ishlab chiqarish sohasidagi MB: = sanoat.Qishloq xo’jaligi, 
transport, qurilish va shu kabilar kiradi.


224 
b. 
Noishlab chiqarish sohasidagi M.B. = sog‘liqni saqlash, 
ma’orif va madaniyat, mudofaa, fizkultura va sport kabilarga 
guruhlanadi. 
Tabiiy resurslar: tiklanadigan: o‘rmon, yer, suv, elektroenergiya 
tiklanmaydigan: temir, ko‘mir, oltin foydali qazilmalari. 
Milliy boyliklar yaratilish manbaiga qarab quyidagicha guruhlanadi: 
2. 
Tarmoqlar bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, 
qurilish, sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlaridagi boyliklar. 
3. 
Regionlar bo‘yicha: barcha viloyat, Qorag‘alpog‘iston 
Respublikasi, tumanlar boyliklari, uy xo’jaligi boyliklariga guruhlanadi. 
4. 
Mulk shakli bo‘yicha: davlat mulki boyliklari, aksionerlik 
jamiyati boyliklari, xususiy mulk va shu kabilar.
Milliy hisoblar tizimida aktivlar deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
mulki hisoblanib, ularga egalik qilish va foydalanish huquqiga ega 
bo‘lgan boyliklarga aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bu 
aktivlardan foydalanib, daromad olishlari lozim. Aktivlar turli 
ko‘rinishdagi boyliklardir. Ulardan daromad oluvchilar ham turlichadir. 
Masalan, yer egasi dehqonchilik qilib yoki yerni ijaraga berib daromad 
oladi. Kapital egasi esa undan tadbirkorlik bilan foydalanib, daromad 
oladi. Qimmatli qog‘ozlar egasi divident yoki foizlar oladi. Aktivlar 
Tabiiy boyliklar
Tabiiy qazilma 
boyliklar
Yer va o‘rmonlar
Suv resurslari
Va shu kabilar
Insoniyat tomonidan 
yaratilgan, jamg‘arilgan 
boyliklar
Asosiy vositalar
Aylanma mablag‘lar
Madaniy-ma’naviy 
boyliklar
Davlat va fuqoralarning 
xorijdagi mulki

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling