276
XV BOB. XIZMATLAR KO’RSATISH SOHASI
STATISTIKASI.
15.1. Xizmat ko‘rsatish turlari
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotning
asosiy tarmoqlaridan bo‘lib, iqtisodiyotni
yanada rivojlantirishda
vositachi rolini o‘ynamoqda.
SHu bilan bir vaqtda, xizmat turlari ko‘payib, uning mamlakat
yalpi ichki mahsulotida
hissasi ortib bormoqda, xizmat sohasida yangi
ish o‘rinlari ochilib, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanib,
aholi turmush
faravonligi yaxshilanmoqda.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lib, BMTga a’zo (1992 yil 2 mart) bo‘lib,
xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygach, makro
iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni hisoblash va statistika ishlarini xalqaro hisob va
statistikada qo‘llanayotgan uslubiyotga moslashtirdi. Xalq xo‘jaligi
tarmoqlari
umumdavlat
tasniflagichi
(XXTUT),
korxona-
tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT);
iqtisodiy faoliyat
turlarining umumdavlat tasniflagichi (IFTUT) va faoliyat turlari
bo‘yicha xizmatlarning umumdavlat tasniflagichi (FTBXUT) ishlab
chiqildi.
Xizmat turlari juda ko‘p va turli-tuman bo‘lib, iqtisodiy
adabiyotlarda ular turli belgilari (moddiyligi, ishlab chiqarishga
yondoshishi, taqdim etish shakllari va shu kabilar) bo‘yicha
tasniflangan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat
Statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va «O‘zstandart»
agentligining 2006 yil 12 maydagi 05-15-sonli
qaroriga asosan
tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan, FTBXUT muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. FTBXUT tuzilishiga ko‘ra faoliyat turlari bo‘yicha
xizmatlar
tasniflagichi
identifikatsiyasi
(kodi)
va
nomlanishidan
iborat.
Identifikatsiyalash bloki tasniflashning bosqichma-bosqich tizimiga va
harfli-raqamli koddan foydalanilgan izchil kodlashtirish tizimiga ega.
Eng avvalo harflar bilan seksiyalar va qo‘shimcha seksiyalar
guruhlangan.
Seksiyalar
(qo‘shimcha
seksiyalar)
Do'stlaringiz bilan baham: