Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Tanlama to‘plam hosil qilinishining asosiy usullari


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206
Bog'liq
sss111

 
6.3. Tanlama to‘plam hosil qilinishining asosiy usullari 
Tanlab olingan to‘plam harakteristikalarining ishonchliligi ma’lum 
miqdorda tanlama to‘plamning reprezentativligi bilan belgilanadi, bu esa 
o‘z navbatida bosh to‘plamdan birliklarni tanlab olish usuliga bog‘liqdir. 
Aniq sharoitdan kelib chiqqan holda, jumladan o‘rganilayotgan 
hodisaning 
mohiyati, to‘plam hajmi, kuzatilayotgan belgilar 
o‘zgaruvchanligi va ularning taqsimoti, moddiy va mehnat resurslari 
singarilar e’tiborga olingan holda tanlash usulidan foydalaniladi. 
Tanlash turiga qarab, individual, guruhli va aralash tanlash turlari 
farq qilinadi. Individual tanlash usuliga muvofiq bosh to‘plamning 
alohida birliklari, guruhli tanlashda birliklar guruhlari tanlab olinadi
aralash tanlashda esa guruhli va individual tanlash usullaridan birgalikda 
foydalaniladi. 
Tanlash usuli tanlab olingan birliklarning tanlash jarayonida 
ishtirokini davom etkazish imkonini belgilab beradi, bunga muvofiq 
tanlash ikki usulda amalga oshiriladi: 
1. Qaytarilmagan usulda 
2. Qaytarilgan usulda. 


93 
Qaytarilmagan usulda o‘tkaziladigan tanlash deb, tanlab olingan 
to‘plam birliklarining keyinchalik to‘plamga qaytarilmaydigan tanlash 
usuliga aytiladi. 
Qaytarilgan usulda o‘tkazilgan tanlash deb, tanlab olingan to‘plam 
birliklarining qayd qilingandan keyin yana bosh to‘plamga qaytarilishiga 
aytiladi. 
Tanlab kuzatish amaliyotida eng ko‘p tarqalgan tanlash turlariga 
quyidagilar kiradi: 
- tasodifiy tanlash; 
- mexanik tanlash; 
- tipik tanlash; 
- uya (seriya)li tanlash; 
6.3.1. Tasodifiy tanlash usuli 
Tasodifiy tanlash bosh to‘plamdan birliklarni hech qanday tizimga 
solinmasdan tasodifiy holda tanlanishiga aytiladi. Tasodifiy tanlash 
usulining eng muhim sharti har bir birlikning tanlab olingan to‘plamga 
tushish ehtimoli teng bo‘lishi ya’ni bosh to‘plamdan tanlab olingan 
birliklar tasodifiy holda tanlab olinishi kerak. 
Tanlama to‘plam natijalarini bosh to‘plamga yoyganda qandaydir 
xato bo‘ladi. Misol, bir telejka paxta – 2600 kg. Paxta zavodi laboranti 
ushbu telejkadan paxtaning namligini aniqlash maqsadida 6 kg paxtani 
(tanlama to‘plam) tasoddifiy tarzda har xil joydan tanlab oldi. Tanlama 
to‘plam – 6 kg paxtaning namligi 1,0 % ekanligi aniqlandi. Shu bir foiz 
namlikni 2600 kg paxtaga (bosh to‘plam - N ga) yoyib shuncha 
paxtaning namligi bir foiz deb qabul qilamiz. Haqiqatdan esa, 2600 kg 
paxtaning o‘rtacha namligi 1 % dan ko‘proq (1,1; 1,2 va h.k.) ham, 
kamroq ham (0,8; 0,9 va h.k.) bo‘lishi mumkin. Ushbu tanlama to‘plam 
natijasi va bosh to‘plam o‘rtasidagi farqni reprezentativlik (vakillik) 
xatosi deyiladi.
Demak, tasodifiy tanlash o‘rtacha xato quyidagi formula asosida 
aniqlanadi: 
qaytarilgan usulda,
n
n
2



=
=
 
qaytarilmagan usulda esa, 





 −
=
N
n
n
1
2


 


94 
O‘rtacha va chegaralangan xatoning hisoblanishi bosh to‘plam 
harakteristikalarining chegaralarini aniqlash imkonini beradi. Masalan, 
tanlangan o‘rtacha uchun bunday chegaralar, quyidagicha aniqlanadi: 
X
~
- ∆x ≤ 
Х
≤ +
X
~
+ ∆x 
X
va
X
~
- mos holda bosh va tanlab olingan to‘plam o‘rtachasi. 
Qarab chiqilgan usullarning amaliy jihatdan qo‘llanilishini 
quyidagi misollarda qarab chiqaylik. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling