Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   206
Bog'liq
sss111

Misollar: 1. Paxta hosildorligiga yerning unumdorligi, vaqtida 
shudgor bo‘lishi, chigitning navi va sifati, yaxshi sharoitda ekilganligi
o‘g‘itning berilganligi, suvning vaqtida berilagnligi va boshqa ko‘pgina 
omillar ta’sir qiladi.
2. Korxona foydasi hajmiga ishlab chiqarilagn mahsulotlar hajmi, 
xom ashyoning sifati, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, narx va 
shu kabi omillar ta’sir qiladi. 
Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining 
ham ko‘payishi (yoki kamayishiga) olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri 
bog‘lanish, aksincha natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil 
belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, bunday bog‘lanish teskari 
bog‘lanish deyiladi. 
Xodisalar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) o‘rtasidagi to‘g‘ri yo‘nalishli 
bog‘lanishlarga misollar: 
Xodimlar mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
hajmi: xodimlar mehnat unumdorligi oshsa, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot hajmi ham ko‘payadi. Uning teskarisi xodimlar mehnat 
unumdorligi pasaysa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham 
kamayadi. Demak, bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri 
bog‘lanishdir.
Sotilgan mahsulot hajmi bilan foyda o‘rtasidagi bog‘lanish; talab 
va mahsulot narxi (bahosi) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar to‘g‘ri 
bog‘lanishlardir.
Hodisalar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) o‘rtasidagi teskari yo‘nalishli 
bog‘lanishlarga misollar: 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi bilan tannarxi o‘rtasidagi 


115 
bog‘lanish. Mahsulot hajmi qanchalik ko‘p ishlab chiqarilsa, mahsulot 
bir birligining tannarxi shuncha pasayadi (Teskari, chunki doimiy 
harajatlar o‘zgarmaydi). Uning teskarisi, mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi kamaysa, tannarxi oshaveradi.
Mahsulot tannarxi va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘lanish,
Taklif va narx (baho) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar teskari 
yo‘nalishdagi bog‘lanishlarga misol bo‘la oladi.
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu 
usullardan eng asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling