Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


 Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniqlash


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   206
Bog'liq
sss111

10. Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniqlash 
uchun statistika bir qancha usullardan foydalanadi… 
A. 
Davr oralig‘ini (intervalni) kengaytirish (kattalash-tirish) usuli; 
B. 
O‘rtacha sirg‘anma usuli; 
C. 
Analitik tekislash usuli
D. 
Barcha usullardan. 
 
 


147 
IX BOB. IQTISODIY INDEKSLAR 
 
9.1. Indekslarning mohiyati, vazifalari va turlari 
Indeks so‘zi lotincha «index» atamasidan olingan bo‘lib, 
ko‘rsatkich, belgi ma’nosida ishlatiladi. 
O‘zining mohiyati jihatidan indekslar ham statistikada 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jumlasiga kiradi. 
Statistik indekslar bizga ma’lum bo‘lgan boshqa umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlardan farq qiladi. Chunki indekslar hodisa va jarayonlarning 
nafaqat nisbiy jihatdan o‘zgarishini, balki bu o‘zgarishga ta’sir qiluvchi 
asosiy omillari ta’sirini ham mutloq jihatdan aniqlash imkonini beradi. 
Indekslar yordamida umum o’lchovga ega bo‘lmagan turli xildagi 
masalalar, jumladan, murakkab to‘plamlarning ikki va undan ortiq 
davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarish, shartnoma va davlat buyurtmalarining 
o‘rtacha bajarilish darajasi, turli ob’ekt yoki hududlar miqyosidagi 
o‘zaro nisbatlari shuningdek murakkab to‘plamlar orasidagi bog‘lanish 
kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi. 
Statistik indekslar deb o‘zaro qo‘shib bo‘lmaydigan elementlardan 
tashkil topgan ikkita to‘plamni o‘zaro solishtirish natijasida hosil 
bo‘ladigan umumlashtiruvchi ko’rsatkichga aytiladi. 
Indekslar quyidagi belgilarga qarab tasniflanadi: 
- o‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab; 
- to‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab; 
- hisoblash uslubiga qarab
O‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab, indekslar hajm va 
sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi. 
Birinchi guruh indekslariga sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
fizik hajm indekslari, chakana tovar oboroti, milliy daromad, iste’mol va 
shu singari indekslar kiradi. Bu indekslarning hammasida miqdor bir xil 
taqqoslama narxlarda bo‘ladi. 
Ikkinchi guruh indekslarga narx indekslari, tannarx indekslari,
mehnat unumdorligi, hosildorlik indekslari kiradi. 
To‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab, indekslar yakka 
(individual) va umumiy indekslarga bo‘linadi.
Umumiy indekslar hisoblanish uslubiga qarab, agregat indekslariga 
va o‘rtacha indekslariga bo‘linadi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling