Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


  9.2. Yakka iqtisodiy indekslar


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   206
Bog'liq
sss111

 


148 
9.2. Yakka iqtisodiy indekslar 
Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, biri - joriy 
(hisobot), ikkinchisi - o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr 
deyilganda indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan darajasi 
tushuniladi. U “1” satr osti ishorachasi bilan ifodalanadi. Bazis davr 
deyilganda taqqoslash asosi qilib olingan daraja tushuniladi, uni “0” satr 
osti ishorachasi orqali ifodalash qabul qilingan. i va I lar esa mos 
ravishda yakka (individual) va umumiy indekslarni ifodalaydi.
Yakka 
iqtisodiy 
indekslarni 
hisoblash 
uchun 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni quyidagicha belgilash qabul qilingan. 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Belgisi 
O‘tgan davr 
(bazis) 
Joriy davr 
1. 
Mahsulot fizik hajmi 
(miqdori) 

q
0
q
1
2. Mahsulot narxi (bahosi) 

p
0
p
1
3. 
Mahsulot bir birligining 
tannarxi 

Z
0
Z
1
4. 
Mahsulotga sarflangan 
harajatlar 
С 
С
0
С
1
5. 
Mahsulot bir birligiga 
sarflangan vaqt 

t
0
t
1
6. 
Mehnat unumdorligi 

v
0
v
1
7. 
Tovar aylanmasi 
Qp 
q
0
p
0
q
1
p
1
Yakka iqtisodiy indekslar yakka (alohida) voqea-hodisalarning 
davr (vaqt) mobaynida o‘zgarishini ifodalaydi. Yakka iqtisodiy indekslar 
bu voqea-hodisalarning joriy davri ko‘rsatkichini o‘tgan davr bilan 
taqqoslab (bo‘lib) uning o‘zgarishini indeksda ko‘rsatadi.
Mahsulot fizik hajmi (miqdori) indeksi aniq biror mahsulotning 
(xizmatning) joriy davrdagi miqdorini (q
1
) o‘tgan (bazis) davrdagi ishlab 
chiqarilgan miqdoriga (q
0
) bo‘lish bilan aniqlanib, ushbu davrda bu 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi indeksda qanday o‘zgarganligini 
bildiradi.
Misol: sement zavodi joriy oyda 800 t mahsulot ishlab chiqardi. 
O‘tgan yili shu oyda zavod 600 tonna sement ishlab chiqargan edi. 
Demak, mahsulot fizik hajmi yakka indeksi i=q
1
:q
0
=800:600=1,33. Bu 


149 
zavod joriy oyda o‘tgan davrga nisbatan sement ishlab chiqarish hajmini 
33 foizga ko‘paytirganini bildiradi.
Bahoning (narxning) yakka indeksi joriy davrda biror-bir mahsulot 
(tovar, xizmat) turining narxi o‘tgan davrga nisbatan qanday 
o‘zgarganligini bildiradi. Shuning uchun ham biror mahsulot joriy 
davrdagi bahosini (p
1
) o‘tgan davrdagi bahosiga (p
1
) bo‘lib topiladi.
Misol: Samarqand Marmar bozorida 1 kg kartoshkaning narxi 
2018 yil aprel oyida 2800 so‘m bo‘lsa, shu yil may oyiga kelib 
kartoshkaning narxi 2500 so‘m bo‘lgan. Kartoshkaning narxi indeksi 
ip=p
1
:p
1
=2500:2800=0,893 ya’ni 1 kg kartoshkaning narxi ushbu davrda 
10,7 % ga (100,0-89,3%) pasaygan.
Mahsulot bir birligining yakka narxi indeksi ham aniq biror turdagi 
mahsulot (xizmat) joriy davrdagi tannarxining (Z
1
), shu mahsulotning 
o‘tgan davrdagi tannarxiga (Z
0
) bo‘lish bilan topiladi. Tannarx muhim 
iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri. Faoliyat yurituvchi sub’ektlar yakka 
tannarx indeksi orqali bu ko‘rsatkichning qanday o‘zgarayotganligini 
o‘rganib borishi lozim. Tannarx foyda ko‘rsatkichiga bevosita ta’sir 
qiluvchi omildir. Shuning uchun ham tannarxni pasaytirish (mahsulot 
sifatiga ta’sir qilmasdan) choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.
Xuddi shunday boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yakka 
indekslar hisoblonadi. Ularni quyidagicha yozish mumkin.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling