Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish
Download 2.33 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va
12.3. O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish
Hozirgi vaktda ekoturistlik mahsulotga xorijiy va mahalliy turistlar orasida ehtiyoj katta. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohatchilar uchun o‘ziga xos «Makka» bo‘lib qolishi mumkin. Ekologik sayyohat – bizning mamlakatimizda yangi va kelajagi porloq yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunga kelib, u ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlab turolmaydi. Bu ekoturlarning ko‘pi tabiat resurslaridan bir taraflanma foydalanish bo‘lib, unga qaytarishni uylamaydi. Masalan, shaharliklar tabiat qo‘yniga sayyohatlarining 90% bu bir kunlik, yaqin oradagi hududni ko‘rish bilan bog‘liq. Dam oluvchilar sanitar qoidalarga rioya qilmaydilar. Bu o‘z navbatida suvni, artof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Bu kabi «ekoturistlar» daraxtlarni sindiradilar, qushlarni inini buzadilar, qo‘riqlanadigan hayvonlarni otishdan lazzat oladilar, o‘rmon va bo‘tazorlarni kuydirish xavfi tug‘iladi. Shu kabi hollarni hisobga olib, bizning ekoturlarimizni ba’zan «qozon-turizmi» deb atash mumkin, chunki bunda ekologik tafakkurdan ko‘ra, iste’molchilik tuyg‘usi ustun turadi. Mahalliy aholi turizmga kamdan-kam holda jalb qilinadi, vohalanki bu ikki tamonga ham foyda keltirishi mumkin turistlar qator servisga ega bo‘lar edilar (joylashtirish, ovqatlantirish, gidning xizmati) mahalliy aholiga esa qo‘shimcha moliyaviy daromad bo‘ladi. Muhimi natijada ikkala taraf ham atrof-muhitni va tabiatni saqlashga manfaatdor bo‘ladilar. Hisoblarga qaraganda, O‘zbekistondagi turistlik tashkilotlarning atigi 15 % ekologik turizm bilan shug‘ullanadi. Ko‘p hollarda bu ixtisoslashgan firmalar, tor ekotur bozor segmentlarida faoliyat ko‘rsatadilar (saffari, ov, baliq ovida). Bundan tashqari ayrim kompaniyalar o‘z turlarida tabiat bilan bog‘liq har xil yo‘nalishlarni taqdim etadi (oromgohlar, tarixiy obidalar, diniy turizm, daryo va ko‘llar, tog‘larga sayohat qilish) O‘zbekistonda ekosayyohatchi bu shaharda yashovchi aholi bo‘lib, o‘z vaqtini tabiat bag‘rida, ya’ni shahardan tashqarida o‘tkazishni nazarda tutadi. Bunday sayyohatning davomiyligi odatda 5-7 kundan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa bu bir kunlik tur bo‘lib, shanba va yakshanba kunlariga mo‘ljallanadi. Bu turning tarkibi oilalilar 60%, korxona jamoalari 30%, har xil tashkilotlar 10% ni tashkil qiladi. Harajatlar bir sutkada bir kishiga 20mingdan 40ming sumgacha to‘g‘ri keladi bu servis turlarinig talabiga ko‘ra (transport, ovqatlanish, joylashishga qarab) belgilanadi. O‘zbekistonda ekologik sayyohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb qilish loyihalari ishlab chikilmokda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari davlatlararo G‘arbiy Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‘yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat etilgan jonivorlarni ov qilish faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‘payishini va tiklashga yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling