Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi
Download 2.33 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va
12.2 Xorijiy ekoturizm bozori
Rivojlangan davlatlarda Yevropa va Amerika turistlari o‘z yurtlarida ham tez-tez sayohat qilib turadilar. AQSH ning milliy bog‘lari ekoturistlar bilan to‘la, ayrim milliy bog‘larda sayohat qilish uchun oldinroq buyurtma berish lozim. Oshib boruvchi talablar tufayli «Yovvoyi» hududlarda nozik ekologik muvozanatni saqlab turish qiyin. Yangi rekreatsion xudularni barpo etish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Ekoturistlar asosan tabiat aslicha saqlab qolingan joylarga borishni istaydilar, lekin bizning sayyoramizda bunaqa joylar kundan-kunga kamayib bormoqda. Sayohlarimizga inson tomonidan o‘zgartirilgan tabiatdan baxra olishga to‘g‘ri keladi, dam olish kunlari tabiat bag‘riga yoki yaqin dalalarga sayrga chiqqaningizda shu manzaraga duch kelasiz. Butunjahon turistlik tashkiloti mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ekoturizm bozori uzoq muddatli o‘sishga qaratiladi. Bu yuqori texnologik davlatlarining tashqi muhitga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq, ayniqsa industriyaning kam rivojlanganligi yoki uning yo‘qligi va umuman tabiati buzilgan davlatlarni tiklashga turistlarning qo‘shgan hissasini aytib o‘tish kerak. Xozirgi paytdagi ekoturist guruhining tarkibi qo‘yidagicha bo‘ladi: avvalombor, bu 35-40 yoshli kishilar, ya’ni bu yoshdagi odamlar «Yovvoyi» tabiatda sayyohat qilish uchun sog‘ligini va moliyaviy tomondan o‘zini ta’minlay oladilar. Tabiat hammani o‘z bag‘riga jalb etadi, sayohlardan 60% oilali odamlar, chunki ularni tabiatning ahvoli va oilaning kelajagi baravar ravishda qiziqtiradi. Ekspertlarning tahlil qilishicha, ekoturistlarning ko‘pchiligi-badavlat odamlar yoki ularning daromadlari o‘rtacha daromaddan ortiq. Turizmning ekoturlari qimmat turmahsulotga kiradi. Dunyoda inson oyog‘i tegmagan va tabiat o‘z aslini saqlab qolgan joylar kam qolgan, bunday joylarni sayohat qilish chegaralangan va u yerlarni sayohat qilish juda qimmat turadi. Ekoturizm katta harajatlar va vaqt bilan tasniflanadi, sayyohat vaqti bir hafta bilan chegaralanmaydi. Ko‘pincha u 8-12 kun davom etadi va bir necha bor takrorlanadi. Bunday sayyohatlarning sababi sayyohatchi o‘zini doimiy qulayliklardan uzoqroqda, tabiatning qo‘ynida his qilishni xohlaydi. Shunday qilib ekoturizmning bozori keng, uning asosiy segmentlari quyidagilardan iborat: aktiv turistlar, ularning 2/3 qismi dam olishning faol turlari bilan bog‘liq, shu jumladan tabiat qo‘ynida; yovvoyi tabiatni yoqtirganlar uni asl holatda saqlab qolishga o‘rinadilar. Tabiatshunoslik turizmning bir qismi bo‘lib, bu kategoriya umumiy ekoturistlarning sonidan 20% tashkil etadi; avtoturistlar transport vositasi bilan sayyohat qilishni yoqtirganlar, ko‘pincha bu sahrolararo sayyohat, saffari, tog‘li yoki toshli joylarda; sarguzashtli turizm, ular ham tabiiy turizmning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Chunki sayyohat davomida inson tabiat bilan birga bo‘lib uning yovvoyi va og‘ir sharoitlariga duch keladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling