Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Vazirlik tomonidan kelgan 2023-yil 1-chorak bo‘yicha Hayʼat Kengashi va videoselektor yig‘ilishi bayonlarida yuklatilgan topshiriqlar


Ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo‘yicha prorektor Aslanova D


Download 172.76 Kb.
bet12/19
Sana18.06.2023
Hajmi172.76 Kb.
#1580818
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Yangilangan variant 2023 yilda kelgan Bayonlar I chorak hisoboti

Ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo‘yicha prorektor Aslanova D


Bir hafta muddatda

Institut xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida 35 dan ortiq davlatlar bilan 65 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolanib, ular bilan o‘quv-ilmiy faoliyat doirasida hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
O‘qitish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash va ilmiy tadqiqot sohasida tajriba almashish maqsadida professor-o‘qituvchilarning institutga tashriflari: 2018 yilda 5 nafar, 2019 yilda 10 nafar, 2020 yilda 7 nafar, 2021 yilda 30 nafar, 2022 yilda esa 49 nafarni tashkil etdi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti quyidagi 2 ta xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda:

  • Erasmus+ dasturi 598661-EPP-1-2018-1-RO-EPPKA2-CBHE-JP (2018-3492/001-001) DECIDE: Developing services for Individuals with Disabilities (Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish) loyihasi. Loyihaning umumiy qiymati 48 349 yevroni tashkil etadi. 2021 yilda institut hisobiga 14 468 yevro mablag‘ kelib tushgan. Loyiha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan.

  • Koreya Respublikasining Sejong universiteti fondi tomonidan moliyalashtiriladigan “Samarqand Qirol Sejong instituti” loyihasi. Loyiha doirasida viloyat yoshlariga koreys tili kurslari o‘rgatilinib kelinadi. Loyihaning barcha harajatlari Sejong universiteti fondi orqali qoplanadi. Loyihaning dastlabki bosqichi 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan.

Institutda jami 6 ta ikki tomonlama diplom dasturlari joriy etilgan va o‘quv jarayonlari amalga oshirilmoqda. Jumladan:
Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat bosqichining quyidagi 3 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:

  • Mintaqaviy iqtisodiyot”;

  • Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”;

  • Buxgalteriya hisobi va audit”.

Vladimir davlat universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat bosqichining quyidagi 1 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Savdo ishi”.

G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat bosqichining quyidagi 2 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:

  • Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)”;

  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar”.

Shuningdek, Latviya Respublikasining Rezekne Texnologiyalar akademiyasi bilan imzolangan shartnoma doirasida “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, Belorus Respublikasining Polosk davlat universiteti bilan imzolanganmemorandum doirasida “Logistika (yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Biznesni boshqarish (Master of business administration MBA)” va “Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha, Rossiya Federasiyasining Tomsk davlat universiteti bilan imzolanganmemorandum doirasida “Inson resurslarini boshqarish” va “Biznes-tahlil” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha, Rossiya Federasiyasining Qozon federal universiteti bilan imzolanganmemorandum doirasida “Davlat moliyasi va xalqaro moliya” va “Loyihalarni boshqarish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yichaikki tomonlama diplom dasturlari ishlab chiqilgan va kelgusida qabul jarayonlari amalga oshirilishi kutilmoqda.
Institutning professor-o‘qituvchilari 2021 yilda dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida 51 marotaba o‘quv mashg‘ulotlar (ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar) o‘tkazgan. Bu muassasalar qatorida Qozon federal universiteti, Tomsk Davlat universiteti va M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetlari bor. 2022 yilda esa institutning professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida 56 marotaba o‘quv mashg‘ulotlar (ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar) o‘tkazdi.
Institutning professor-o‘qituvchilari 2022 yilda xorijiy stajirovka va malaka oshirish kurslarida faol qatnashmoqda. 4 nafar professor o‘qituvchi Rossiya Federasiyasining Qozon federal universitetida 1 oy mobaynida, 2 nafar professor o‘qituvchi Rossiya Federasiyasining Vladimir davlat universitetida 1 oy mobaynida, 2 nafar professor o‘qituvchi Rossiya Federasiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida 1 oy mobaynida, 1 nafar professor o‘qituvchi Amerika Qo‘shma Shtatlarida stajirovka oshirgan. 48 nafar professor-o‘qituvchilar Tambov davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan, 15 nafar professor-o‘qituvchilar Don davlat texnika universiteti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursida faol qatnashib, tegishli sertifikatga ega bo‘lishdi.
Institutda hozirgi kunda 4 nafar xorijlik talabalar tahsil olib kelmoqdalar. Ular Rossiya Federasiyasi, Ukraina va Tojikiston Respublikalari fuqarolari hisoblanadi.
Institut xalqaro aloqalarini rivojlantirish maqsadida 2023 yilda nufuzli, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turuvchi 15 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolab, ular bilan o‘quv-ilmiy faoliyat doirasida hamkorlik ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
O‘qitish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash va ilmiy tadqiqot sohasida tajriba almashish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilarning institutga tashriflari 2023 yilda 50 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 2023 yilda 1 ta xalqaro loyihada ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Institutda 2023-2024 o‘quv yilida umumiy 5 ta ikki tomonlama diplom dasturlari joriy etib, o‘quv jarayonlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.





Download 172.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling