Samarqand qishloq xo‘jalik instituti


Download 235.5 Kb.
bet7/8
Sana25.10.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1720215
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarqatma 2021-2022-yil (1)

Go‘shtni tovarliligi
Go‘sht korxonalarida va mollarni so‘yish qo‘rishxonalari va so‘yish punktlarida mollar tanasi bo‘linib, tozalangandan so‘ng bir nechta ko‘rsatkichlari bo‘yicha navlarga ajratiladi.
Tana go‘shti quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha:
A) Hayvon turiga qarab;
B) Hayvon jinsiga qarab;
D) Hayvon semizligiga qarab;
E) Hayvonlarning termik holatiga qarab;
Hayvon turiga qarab - qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, ot, tuya, tovuq va boshqa go‘shtlar.
Jinsiga qarab - sigir ho‘kiz, qo‘chqor, sovliq va boshqalar urg‘ochi hayvon, kastratsiya qilingan va qilinmagan erkak hayvon go‘shti.
Yoshiga qarab: qora mollarda katta yoshdagi mol go‘shti (3 yoshdan katta ho‘kiz vasigir go‘shti); bir to‘qqat xunojin go‘shi; yosh mol go‘shti (ho‘kizga va xunojinlarni 3 oydan 3 yoshgacha bo‘lgani)
Qo‘y va echkilarda- emish yoshidagilar- 14 kundan, 3 oygacha; yosh qo‘ylar- 8 oygacha bo‘lganlar; katta yoshdagi qo‘y echkilar- 8 oydan kattalar go‘shti.
Cho‘chqalarda – emish yoshidagilar - 14 kundan 3 oygacha bo‘lgani; yosh cho‘chqalar - 10 oygacha; katta yoshdagi cho‘chqalar - 10 oydan kattalar go‘shti.Cho‘chqalarda har xil yoshdagilarni go‘shti, ularni miqdori (kg) ga qarab ham bo‘linadi: emish yoshdagilar-1,3 dan 12 kg cha, yosh cho‘chqalarniki 12-34 kg cha katta cho‘chqalar 34 kg dan yuqorilar.
Otlarda - emish yoshdagilar 1 yoshgacha;yosh otlarniki -1 yoshdan 3 yoshgacha; katta yoshdagi otlar - 3 yoshdan katta otlar go‘shti.
Tuyyalar – emish yoshidagi 2 yoshgacha bo‘lgani; yosh -2 dan 3 yoshgacha bo‘lgani; katta yoshdagi -3 yoshdan katta tuyalar go‘shti.


Go‘shtni hayvonlarni semizligiga qarab tasniflash (klassifikatsiyalash)
Go‘shtni semizligiga qarab klassifikasiyalashda - go‘shtni rivojlanish darajasi, tanani shakli va tanada yog‘ to‘plangan joylarni tarqalishi inobatga olinadi.
Har bir hayvon turi go‘shti standart ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi semizlik toifalariga bo‘linadi: qoramol, qo‘y, echki va ot go‘shti birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi.
Misol uchun: katta yoshdagi qoramolni birinchi toifasida muksul yaxshi rivojlangan umurtqa pog‘onasini usimtasi bo‘rtig‘i unchalik bilinmaydi, yog‘ to‘planishi sakkizinchi qovurg‘adan to bo‘rtiqqacha shu bilan birgalikda yog‘ to‘planishi bo‘yin qopqoq atrofi oldingi qovurg‘alarda, bel, tos bo‘shlig‘i va boshqa joylarda to‘planadi.
Ikkinchi toifasida muskul unchalik rivojlanmagan, bel umurtqa usimtalari va o‘tirg‘ich bo‘rtig‘i aniq ko‘rinadi. Yog‘to‘planishi o‘tirg‘ich bo‘rtigi, belda va oxirgi qovurg‘alarda katta bo‘lmagan joylarda aniqlanadi.
Cho‘chqalarda go‘shtni semizigi davlat standartlari ko‘rsatkichlariga asosan, ularni yog‘ (shipch) ini qalinligini tanani umurtqa usimtasi ustida, va oltinchi va yettinchi qovurg‘alar o‘rtasidagi qalinligiga asosan toifalarga bo‘linadi.
Muzlatilgan cho‘chqa go‘shtida shpigni qalinligi 0,5 sm ga kamayishi etiborga olinishi kerak.
Cho‘chqa tanasi - yoshi, boqishi va yog‘i (shpig) ni qalinligiga qarab: yog‘li, bekon (6-10 oylik) va go‘shtli toifalarga bo‘linadi.
- Yog‘li cho‘chqa go‘shtida shpigni qalinligi 4 sm va undan ortiq bo‘lib, go‘sht savdoga teridan ajratilgan holda chiqariladi;
- Bekon go‘shtida shpig (yog‘) ni qalinligi 2 va 4 smgacha bo‘lib, bu go‘shtni maxsus boqilgan 6-10 oylik cho‘chqalardan olinadi. Bekon go‘shti savdoga terisi olinmasdan chiqariladi;
- Go‘sht uchun so‘yilgan cho‘chqa tanasi. Bularda butun tanada yog‘ini (shpig) qalinligi 1,5-4 sm gacha bo‘ladi. Bu go‘sht savdoga terisi olingan holda chiqariladi. Bu toifaga yosh cho‘chqalarni semizligi va og‘irligi 12-34 kgcha bo‘lgan tana go‘shti kiradi.
Otlarda go‘sht davlat standartiga asosan - semiz, o‘rtadan yuqori, o‘rta va o‘rtadan past bo‘lgan 4 ta toifaga bo‘linadi.
Tuyalarda esa katta yoshlaridaginiki 3 toifaga: yuqori, o‘rta va o‘rtadan past. Yosh tuya go‘shti esa 1 toifali bo‘ladi.
Parranda go‘shti - tovuq, induk, o‘rdak, g‘oz va boshqalar, yoshiga qarab juja va yosh parrandalar go‘shtiga semizligi bo‘yicha esa 2 toifaga 1 va 2-lariga bo‘linadi.Tovuq va induk go‘shti yengil hazm bo‘luvchi parxez go‘sht hisoblanadi.



Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling