Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Samarqand – O‘zbekiston SSR poytaxti (1925-1930 y.)


Download 45.1 Kb.
bet10/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Samarqand – O‘zbekiston SSR poytaxti (1925-1930 y.). 1924 yilining oxirida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston SSR tashkil topdi. O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi qilib Fayzulla Xo‘jayev, O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi raisi qilib Yo‘ldosh Oxunboboyev saylandi.
O‘zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. Biroq tez orada poytaxt Samarqand shahriga ko‘chirilgan. 1925-1930 yillarda Samarqand shahri O‘zbekiston SSR poytaxti bo‘lgan. O‘zbekiston poytaxtining Buxorodan Samarqandga ko‘chirilishi munosabati bilan 1925 yil 3 aprelda Registon maydonida o‘tkazilgan mitingda respublika hukumati rahbari Fayzulla Xo‘jayev nutq so‘zlab, bu holatning mohiyatini va asl sabablarini asoslab bergan.
1925 yil 29 yanvarda O‘zbekiston SSRda ma’muriy bo‘linish joriy qilindi. Samarqand viloyati O‘zSSRda tuzilgan dastlabki 7 ta viloyatning bittasi bo‘lib qoldi. 1926 yil 29 sentabrda ma’muriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilib, viloyatlar tugatildi. 1927 yil 1 noyabrda ularning o‘rniga 10 ta okrug, jumladan, Samarqand okrugi, bir avtonom respublika (Tojikiston ASSR), 87 tuman va 1746 qishloq sho‘rosi tashkil etildi. Markazi Samarqand shahri bo‘lgan Samarqand okrugiga 10 ta rayon (tuman) kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilar edi: Miton (tuman markazi – Miton qishlog‘i), Payariq (Chelak), Oqdaryo (Loyish), Pastdarg‘om (Juma stansiyasi), Bulung‘ur (Rostovsevo stansiyasi), Yuqori Darg‘om (Samarqand shahri), Yangi Qozonariq (Urgut), Jizzax (Jizzax), Yangiqo‘rg‘on (Yangiqo‘rg‘on), Zomin (Zomin). 1930 yilda Samarqand okrugining hududi 19.091 km2 bo‘lib, unda 166 ta qishloq sho‘rosi tuzilgan. Okrug hududidagi 1542 ta aholi manzili (qishloq)da 102.782 xonadon istiqomat qilgan. 1930 yil yanvarda Samarqand okrugida uchta shahar bo‘lib, Samarqand (aholisi – 119736 kishi), Jizzax (15379 kishi), Urgut (15659 kishi) shaharlarida hammasi bo‘lib 150.774 kishi yashagan. Darvoqe, bu yillarda Samarqand shahri Yuqori Darg‘om tumanining ham markazi hisoblangan. 1930 yilda Samarqand okrugida hammasi bo‘lib 563.900 kishi yashagan bo‘lib, ularning 81,4 foizi o‘zbeklar bo‘lgan.
1925-1926 yillarda Samarqand viloyatida yer-suv islohoti amalga oshirilib, sovet hukumati tomonidan o‘ziga to‘q dehqonlarni «quloq» sifatida badarg‘a qilish uchun zamin tayyorlangan. Hokimiyatining bunday qattol siyosatiga jadid taraqqiyparvarlari, ulamolar va ziyolilardan tashqari hatto sovet idoralarida mas’ul lavozimlarda ishlayotgan milliy rahbar xodimlar (milliy kommunistlar) ham qarshi chiqishdi.
Shaharda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Kompartiyasining Markaziy Komiteti, O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti, O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komiteti, respublika xalq komissarliklari va boshqa boshqaruv muassasalari tashkil qilindi.
1928 yilda Samarqand shahrida 30 ta hukumat va jamoat binolari qurilib, ularga 1378000 rubl mablag‘ sarflandi. Kommunal qurilishi bo‘yicha 743000 rubllik 41 ta qurilish ishlari olib borildi. Uy-joy qurilishi bo‘yicha uy-joy kooperatsiyasi liniyasida 664800 rubllik 64 ta qurilish ishlari olib borildi va 75 % ga bajarildi. Xususiy uy-joy qurilishida 200000 rubllik 42 ta turar joylar qurildi.
Xullas, Samarqand shahri O‘zbekiston SSRning muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi sifatida XX asr 20-yillaridan boshlab xo‘jalik yuritishning sotsialistik uslubi, rejali tizim hamda qattiq markazlashtirilgan xalq xo‘jaligi boshqaruvi negizida rivojlandi. Sovet hokimiyati yillarida Samarqand respublikaning Toshkentda keyingi eng yirik sanoat markaziga aylandi.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling