Samarqand rossiya mustamlakasi davrida


Samarqand Ikkinchi jahon urushi yillarida


Download 45.1 Kb.
bet12/14
Sana21.04.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1372908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-seminar (копия)

Samarqand Ikkinchi jahon urushi yillarida. Ikkinchi jahon urushi yillarida samarqandliklar fashizmga qarshi olib borilgan janglarda mardlik va shijoat namunalarini ko‘rsatdilar. Samarqandda ham milliy qo‘shin birlashmalari tashkil qilinib, frontga jo‘natildi. 1941 yil noyabrda alohida milliy o‘qchi brigada va 1943 yil iyulda 17-alohida Samarqand batalyoni tuzildi. A.Matrosov shijoatini takrorlab, mardlarcha xalok bo‘lgan samarqandlik Sovet Ittifoqi Qahramoni Qudrat Suyunovning, Brest qal’asi himoyachilaridan M.Hamroyev, K.Mixaylov va boshqalarning jasorati g`alaba uchun munosib hissa qo`shdi.
Samarqand korxonalarida urush yillarida 150 dan ortiq yangi sex bunyod qilindi, 200 xildan ko‘proq yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, ishlab chiqarishning umumiy darajasi ikki baravar oshirildi. Front uchun oziq-ovqat maxsulotlaridan tashqari ko‘p miqdorda harbiy qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib berildi.
Urush yillarida Samarqanddagi korxonalarning hammasi o‘z ishlarini urush davri talabiga muvofiq qayta ko‘rib chiqadi Bu vatanparvarlik tashabbusi qatnashchilari bir smenada ikki-uch normani bajaradilar. Samarqanddagi fabrika, zavodlarga ayollar ham kelib ishlay boshladi. 1941 yilning oxiriga kelib ikki yarim mingdan ortiq ayol zavod va fabrikalarda ishlaydi. Ular erkaklarning o‘rinlarini bildirmay mehnat qiladilar.
Qisqa vaqt davomida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo‘yi Respublikalaridan ko‘chirib keltirilgan bir milliondan ko‘proq kishilar va 200 mingdan ziyod yetim bolalarni O‘zbekiston xalqi o‘z bag‘riga oladi. Samarqandlik Niyoz Fuzaylov frontdan og‘ir yarador bo‘lib qaytgandan keyin turmush o‘rtog‘i bilan birga o‘qituvchilik qilib, farzandlari qatori yetti nafar yetim bolani ham tarbiyalashdi. Viloyatning Kattaqo‘rg‘on shahridan bo‘lgan urush nogironi Abduhamid Samadovning insonparvarligi va baynalmilalligi butun dunyoga ovoza bo‘ldi. U urushdan nogiron bo‘lib qaytgach, urushning oxirlari va urush tamom bo‘lgandan keyingi yillarda o‘zi hali bo‘ydoq bo‘lishiga qaramay, bolalarning kimligi – tili, irqi va millatidan qat’i nazar, 16 bolani olib tarbiyalaydi.
Samarqandning qishloq tumanlari Jomboy, Bulung‘ur, Forish, Narpay, Pastdarg‘om va viloyatning boshqa tumanlarida 8 ta bolalar uyi tashkil etilib, ular 4270 bolani tarbiyalashni o‘z zimmalariga oladilar. Samarqand shahridagi 11 ta bolalar uyiga qo‘shimcha ravishda 660 bola joylashtiriladi. Bolalar uyida tarbiyalanuvchilar oy sayin ko‘payib, 1943 yil yoz oylarida 1810 kishiga yetdi. Bundan tashqari, Samarqand shahrida polyak bolalari uchun bolalar uylari ochildi. Moskvadan ko‘chirib keltirilgan 120 ispan yoshlari uchun internat ishga tushirildi.
Samarqand viloyati mehnatkashlari frontga yaqin tumanlardan ko‘chirib keltirilgan 165 ming kishini joylashtirdilar va ularga mehribonliklar ko‘rsatdilar. Faqat 1942 yilning 20 fevraliga qadar ko‘chirib keltirilganlardan 8 ming kishi Bog‘ishamol tumaniga joylashtiriladi. Temir yo‘l tumaniga nemislar bosib olgan hududlardan 1663 oila ko‘chirtirib kelindi. Samarqandliklar ota-onasiz qolgan 20 mingdan ziyod bolani o‘z bag‘riga oldilar.
Samarqand viloyati mehnatkashlari ozod qilingan hududlarning qishloq xo‘jaligini qayta tiklash ishiga ham yaqindan yordam beradi. Viloyatning mashina, traktor stansiyalari 180 ta g‘ildirakli traktor va 40 ta o‘rmalovchi traktor, 165 ta seyalka, 66 ta traktor plugi bergan va yana Ukrainaga 95 ta traktor va 95 ta plug, Krasnodar o‘lkasining tumanlariga 60 ta avtomashina jo‘natadi. 1943 yilning oxirida Samarqand viloyati ozod qilingan tumanlarga 13500 bosh qoraqo‘l qo‘y, 11600 bosh dumbali va boshqa zotdagi qo‘y, 2 ming boshdan ortiq echki va qo‘zi, 1200 bosh yilqi, 800 bosh ho‘kiz, ko‘pgina sigir va boshqa chorva mollari yubordi.
Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan 1433230 kishi qatnashgan bo‘lsa, Samarqand viloyati bo‘yicha 152 mingdan ziyodroq kishi dushmanga qarshi kurash olib bordi. Samarqandning jasur va mard o‘g‘lonlari Moskva ostonalaridagi hayot-mamot janglarida, Stalingrad uchun bo‘lgan dahshatli to‘qnashuvlarda, Neva bo‘ylari va Kiyev yaqinida, Xarkov uchun bo‘lgan janglarda, Brest qal’asi va Odessa portlarida, Leningrad janglarida, Yevropa xalqlarini ozod etishda faol qatnashdilar.
Samarqandliklarning 73 ming nafariga yurtiga qaytib kelish nasib etmaydi. Urushda mardlik va shijoat ko‘rsatgan samarqandliklardan 49573 kishi orden va medallar bilan mukofotlandi, ulardan 52 kishiga Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvon berildi, 8 kishi «Shuhrat» ordenining uchala darajasiga ham musharraf bo‘ldi.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling