Samarqand rossiya mustamlakasi davrida
O‘zbekistonning muhim iqtisodiy markazi (1945-1991 y.)
Download 45.1 Kb.
|
3-seminar (копия)
O‘zbekistonning muhim iqtisodiy markazi (1945-1991 y.). Urushdan keyingi yillarda va tinch qurilish davrida Samarqand shahri hayotida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Kommunistik mafkuraning tazyiqiga qaramay bu yillarda samarqandliklar o‘zlarining jonajon shaharlari qiyofasini o‘zgartirish va yaxshilash uchun intildilar. O‘sha yillarda shahar aholisining uy-joy bilan ta’minlanishi past darajada bo‘lgan. Eski mahallalar va yangi qurilgan uylarda ichimlik suvi muammosi borligi, shahar infratuzilmasining deyarli mavjud emasligi bu sohadagi muammolarni yanada keskinlashtirar va chuqurlashtirardi.
1946 yilda Samarqandda ittifoq qaramog‘ida turgan 7 ta, respublika qaramog‘ida 31 ta korona, sanoat kooperatsiyasining 27 ta arteli va mahalliy sanoatning 3 ta korxonasi mavjud bo‘lib, bu korxonalarda 20,7 ming ishchi va xizmatchi ishladi. Krasniy dvigatel», «Kinap», motoremont zavodi, avtoremont ustaxonalari singari korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarning shuhrati O‘zbekiston doirasidan ham chetga yoyildi. «Krasniy dvigatel» zavodi tomonidan traktor, kombayn va avtomobillar uchun ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlar, «Kinap» zavodi ishlab chiqarayotgan kinoapparaturalar ittifoqning hamma respublikalariga, shuningdek, Sharqiy Yevropa davlatlariga ham yuborilgan. 1955 yilda rejada har yili 200 ming tonna o‘g‘it ishlab chiqaradigan Samarqand superfosfat zavodi ishga tushiriladi. 1950 yilda Samarqandda yirik sanoat korxonalari yiliga 1 milliard rubldan ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, 4 ta mahalliy sanoat korxonalari va 20 ta hunarmandchilik-kooperativ artellari 61,4 million rubllik iste’mol mollarini ishlab chiqaradi. Shunday qilib, 1950 yilda Samarqandning davlat sanoati va mahalliy sanoati yangi mahsulot ishlab chiqarishni 1945 yildagiga nisbatan ikki baravar ko‘paytiradi. Urushdan keyingi yillarda Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu davrda Samarqand asosan sanoati rivojlangan qishloq xo‘jalik viloyati edi. Viloyat qishloq xo‘jaligining asosini sug‘oriladigan yerlarda paxtachilik, lalmikor yerlarda g‘allachilik va yaylovlarda chorvachilik tashkil etadi. Viloyat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning bu uch asosiy yo‘nalishi bir xil tumanlarda ozmi-ko‘pmi aniq belgilangan va ayrimlarida turli xildagi birga olib borishlarda namoyon bo‘ladi. Samarqand viloyati qadimiy pillachilik hududi hamdir. Viloyatda qo‘ychilikdan tashqari chorvachilikning boshqa sohalari ham rivoj topadi. Samarqand viloyati qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada sovet davrida quyidagi o‘rinlarni egallagan: don ekinlari, uzum, tamaki, go‘sht, tuxum, mayiz, yetishtirish bo‘yicha birinchi; kartoshka, sabzavot, sut, qarako‘l, terisi va jun bo‘yicha uchinchi; paxta, yetishtirish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan. Samarqand atrofidagi qishloq tumanlarining xo‘jaliklarida asosan sabzavot, kartoshka, uzum va turli xil mevalar yetishtirilgan. Urgut tumanidagi 14 xo‘jalikning hammasi tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, har yili ular tomonidan 13-14 ming tonna tamaki bargi yetishtirgan. Viloyatda 13 ta ixtisoslashgan bog‘dorchilik – uzumchilik xo‘jaliklari bo‘lib, bu xo‘jaliklar yiliga 8 ming tonna mayiz yoki ittifoq miqyosida yetishtirilgan uzumning 75 foizini bergan. Viloyatning dasht, tog‘oldi va tog‘li tumanlarida qorako‘lchilik rivojlangan. Chorvachilikning bu sohasi bilan ixtisoslashgan 15 sovxoz va bir kolxoz shug‘ullanadi. 1968 yili viloyatning kolxoz va sovxozlari 25 tonna go‘sht, 50,5 ming tonna sut, 2,9 ming tonna jun, 13,6 million dona tuxum, shuningdek, 2 ming tonnadan ziyod pilla yetishtiradilar. XX asr 70-80-yillarida Samarqand shahrida yangi xiyobonlar, bog‘lar va istirohat bog‘lari vujudga keladi. Bu davrda shaharda o‘ndan ortiq hiyobon mavjud bo‘lib, xususan, Samarqand Davlat universiteti joylashgan shahar markazidagi Abramov bulvari nafaqat shaharliklar, balki butun o‘zbekistonliklar o‘rtasida juda mashhur bo‘lgan. Samarqandliklarning ko‘ngilli hordiq chiqaradigan M.Gorkiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i tobora obod bo‘lib, kengayib borgan. Samarqand shahri unda yashaydigan aholi soni bo‘yicha sovet davrida O‘zbekistonda Toshkentdan keyingi ikkinchi o‘rinda turgan. Aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqandda 1865 yili 26 ming, 1897 yil 55 ming, 1920 yili 82316, 1930 yili 119736,1939 yili 138 ming, 1959 yili 196 ming, 1970 yili 267 ming, 1975 yili 299 ming, 1979 yil 477 ming, 1990 yili 462 ming, 2000 yili 361 ming, 2005 yili 361200 kishi yashagan. Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, XX asr 70-yillarida Samarqand shahri aholisi 10 yil muddat ichida 178 ming kishiga ko‘paygan. Biroq, XX asr 90-yillarida shaharda aholi tezlik bilan kamaya boshlagan. XX asr 80-yillarida Samarqand viloyati tarkibida 14 tuman, 6 shahar, 11 shahar posyolkasi bo‘lgan. Bu paytda Samarqand shahri Bog‘ishamol, Temiryo‘l va Siyob tumanlariga bo‘lingan. Shuningdek, Samarqand shahar kengashiga qarashli bo‘lgan Kimyogarlar, Xishrav (ikkalasi ham 1952 yilda tashkil topgan). Farhod (1981 yil tuzilgan) shaharchalari ham mavjud bo‘lgan. Download 45.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling