Samarqand veterenariya meditsina instituti «Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
bet19/38
Sana11.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1766509
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
Radiobiologiya laborato

9-LABORATORIYA MASHG’ULOTINING
PASPORTI


MAVZU: O`SIMLIK OKSALAT USLUBI BILAN STRONSIY-90 ANIQLASH UCHUN NAMUNA TANLAB OLISH.


Darsning maqsadi: Talabalarga titrlangan stabil strontsiy eritmasini tayorlash va strontsiy sulfati bo’yicha titrni aniqlashni o’rganish.
Kerakli jixozlar:
Radiobiologiya hodimlariga chegaralangan nurlanish dozasi, Stend: Nurlanishdan himoyalanish vositalari. Rentgen kabinetidagi: himoya ekranlari, shaxsiy muxofaza jixozlari. Qo’rg’oshin toshbloklar. reaktivlar va asbob-uskunalar: Azot saqlovchi ittriy eritmasi, azot kislotasi, distillangan suv, o’lchov kolbalar (rezina probkali). mufel pechi. radionuklidlar: strontsiy-90, seziy-137, yod-131, poloniy-210.
Adabiyotlar:

  1. Belov A.D., Kirshin V.A. Veterinarnaya radiobiologiya. Uchebnik. M.: Agropromizdat, 1987.

  2. Belov A.D., Kosenko A.S., Pak V.V. i dr., Praktikum po veterinarnoy radiobiologii. Uchebnik. M.: Agropromizdat, 1988.

  3. Radiobioloy for the Radioloist Eric J., Hall, D. Phil., New York, 2011.

Tuzuvchilar:
Katta o’qituvchi, v.f.n. Ibragimov B.X.
Assistent, v.f.n. Nurmuxamedov B.M.
Assistent Abdumajitov V.B.
9. Mavzu: O`simlik oksalat uslubi bilan stronsiy-90 aniqlash uchun namuna tanlab olish.
Reja:

  1. O’simliklarda oksalat uslubi bilan stronsiy - 90 aniqlash usullarini o’rganish.

  2. Namunalarni tekshirishga tayyorlash.



O’simlik namunasida stronsiy-90 ni oksalat usulida aniqlash.
Tekshirilayotgan o’simlik namunasidan stronsiy-90 ni bu usulda ajratib olish quyidagilarga asoslanadi ya’ni: stronsiy-90 ni, 2- va3- analitik guruhidagi elementlarni shavel kislotasi bilan o’zaro ta’siri natijasida, suvda erimaydigan oksalat tuzlarini hosil bo’lishiga asoslangan.
Ximiyaviy reyaksiya quyidagi ko’rinishda boradi.
2YCl+3H2C2O4= Y2(C2O4)3+6HCl
SrCl2+H2C2O4=SrC2O4+2HCl
CaCl+H2C2O4=CaC2O4+2HCl
Shunday qilib yuqorida keltirilgan yo’l bilan namuna quyidagi oksalatlarni (tuzlarni) kislotali eritmada cho’ktirish yo’li bilan 2-3- analitik guruh qatoriga kiradigan stronsiy-90 va uning birlamchi elementi ittiriy-90ni boshqa guruh elementlaridan ajratib olish mumkin.
Stronsiy va ittiriy oksalat tuzlarini yanada to’laroq cho’ktirish uchun RN-1.5-2 muhitda amalga oshadi.
Keyin 3- analitik guruhga kiruvchi ittiriy va lanton, ko’mirsiz ammiakda cho’ktirish yo’li orqali stronsiy, kalsiy va boshqa 2- guruh elementlaridan suvda erimaydigan gidroks, ittiriy va lanton ko’rinishida ajraladi. Gidrooks ittiriy va lantonni to’liq cho’kishi RN-7 va yuqori muhitda amalga oshadi.
Tekshirishni bu etapida ittiriy va lanton gidrooksidlarini cho’ktirish uchun tarkibida SO2 saqlaydigan ammiak sotuvdagi ammiakni qayta haydash va tarkibida SO2 bo’lmagan distirlangan suv bilan to’yintirish orqali bajariladi. Agar ammiakda SO2 bo’lsa, ittiriy va lanton gidrooksidlari hamda ikkinchi guruh elementlari (Sr, Ca, Ka) ni cho’kishi vaqtida karbonat kislota bilan ta’siri natijasida karbonat tuzlari hosil bo’ladi, Sr3CO3, CaCO3 , BaCO3 ular ham suvda erimaydi. Natijada ular oz miqdorda ittiriy va lanton gidrooksidi bilan birgalikda cho’kmaga tushadi. Bu ittiriy va lanton gidrooksidlarini stronsiy, kalsiy, bariy va boshqa karbonatlar bilan ifloslanishiga olib keladi.
Keyingi etap analizda ittriy lantondan ajraladi, kaliy va lanton sulfatni ikki sirama cho’ktirish orqali Keyin tarkibida ittiriy bo’lgan eritmadan oksalat ittiriy cho’ktiriladi. Cho’kma kuydirish pechkasida 900-1000 0Sda kudirilib ittriy oksidi olinadi, uni idishga olinib og’irligi o’lchanadi. Keyin radiometriya qilinadi va namunani radioaktivligi formula yordamida hisoblanib, stronsiy-90 miqdori aniqlanadi.
Analizlar yakunida ittiriy-90 chiqishidan nima uchun formula hisobidan so’ng stronsiy-90 ni radioaktivligi haqida fikr yuritiladi degan savol to’g’iladi.
Hisoblarga ko’ra stronsiy-90 ni radioaktivligi uning boshlang’ich elementi ittriy-90 bilan teng.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling